06.05.2024 10:30
Tolibon Islom hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etdi
Tolibon Islom hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etdi
Tolibon rahbariyati Gambiya poytaxti Banjul shahrida boʻlib oʻtgan Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) sammitida ishtirok etdi. Bu haqda Afgʻoniston Muvaqqat hukumati Tashqi ishlar vazirligi X ijtimoiy tarmogʻida bayonot berdi.
Taʻʻkidlanishicha, TIV matbuot kotibi Abdulqahhor Balxiy boshchiligidagi delegatsiya Banjul shahrida boʻlib oʻtgan IHT 15-sammitida ishtirok etgan.
Hisobotga koʻra, IHT Tolibon maʻʻmuriyatiga sammitda ishtirok etish uchun rasmiy taklifnoma yuborgan hamda delegatsiya IHT va turli mamlakatlar vakillari bilan bir qator uchrashuvlar oʻtkazgan.
Avvalroq Tolibon mazkur sammitda qatnashish istagida ekani, Qobulda Afgʻoniston Muvaqqat hukumati rahbari oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi Abdul Salom Hanafiy IHTning Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Tariq Ali Baxit bilan uchrashgani haqida yozgan edik.
Uchrashuvda Hanafiy islom olamida azob-uqubatlar keng tarqalgani, musulmon davlatlari muammolarni hal qilish uchun hamkorlik qilishi kerakligini aytgandi.