Oliy sud 205 nafar qatagʻon qurbonlarini oqladi
Oliy sud jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʻʻati
tomonidan 1930−1938 yillarda sud hukmi bilan jazoga tortilgan 205 nafar shaxsga
doir 12 ta jinoyat ishi koʻrib chiqildi. Bu haqda Oliy sud axborot xizmati xabar
qildi.
Oliy sudga Oʻrta Osiyodagi Birlashgan davlat siyosiy
boshqarmasi qoshidagi Uchlik Kengashlarining maxsus yigʻilishining 1930−1938
yillardagi qarorlariga koʻra hozirgi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent
shahri, Xorazm, Buxoro, Jizzax va Namangan viloyatlari hududlarida aksilinqilobiy
maqsadlarda harakatlar va qurolli qoʻzgʻolonlar, terrorchilik, banditizm va
shpionaj sodir etish, Turkfront maxsus boʻlimi hayʻʻati hamda Butun Rossiya
favqulodda komissiyasi prezidiumining maxsus yigʻilishining 1920−1921 yillardagi
qarorlariga koʻra hozirgi Fargʻona viloyati hududida bosmachilik harakatida ishtirok
etish hamda OʻzSSR Oliy sudining 1938 yildagi hukmiga koʻra partiya tashkilotlarida
aksilshoʻro faoliyatini amalga oshirganlikda ayblangan 198 nafar shaxsga oid 11 ta
jinoyat ishi kelib tushib, ishchi guruh tomonidan oʻrganib chiqildi.
Bosh prokuror oʻrinbosari tomonidan yuqorida koʻrsatilgan
jinoyat ishlari yuzasidan Oliy sudning Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʻʻatiga
kassatsiya tartibida protestlar keltirildi.
2024 yil 6 may kuni Oliy sud raisining oʻrinbosari
Ikrom Muslimov raisligida oʻtkazilgan ochiq sud majlislarida ushbu protestlar
koʻrib chiqilib, qanoatlantirildi hamda Jinoyat-protsessual kodeksining
83-moddasiga asosan jami 11 ta jinoyat ishi boʻyicha 198 nafar shaxsga nisbatan Oliy
sud Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʻʻati kassatsiya instantsiyasining oqlov hukmlari
chiqarildi.
SSRI Oliy sudi jinoyat sudlov hayʻʻatining 1930 yil 21
iyundagi hukmi bilan Oʻzbekiston SSR Oliy sudi raisi lavozimida ishlagan Saʻʻdulla
Qosimov va boshqalar (jami 7 kishi) Oʻzbekiston SSR Jinoyat kodeksining
63-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib,
ularga mol-mulkini musodara qilgan holda oʻlim va ozodlikdan mahrum qilish
jazolari tayinlangan.
Oliy sud Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʻʻatining
bugungi sud majlisida Saʻʻdulla Qosimovning nabirasi F.Saʻʻdullaev tomonidan ushbu
hukm ustidan berilgan kassatsiya shikoyati hamda Bosh prokuror oʻrinbosari tomonidan
ushbu jinoyat ishi yuzasidan keltirilgan kassatsiya protesti ham koʻrib chiqildi.
Natijada S. Qosimov va boshqalarga nisbatan chiqarilgan ayblov hukmi bekor
qilinib, ularning harakatlarida jinoyat tarkibi mavjud emasligi hamda jinoiy
hodisa yuz bermaganligi sababli aybsiz deb topilib, oqlandi.
2024 yil 6 may kuni Oliy sud tomonidan reabilitatsiya
qilinib, oqlangan qatagʻon qurbonlari roʻyxati
Sovet Sotsialistik Respublikalar Ittifoqi Oliy sudi
jinoyat sudlov hayʻʻatining 1930 yil 21 iyundagi hukmiga koʻra:
1900 yilda Toshkent shahrida tugʻilgan, millati oʻzbek,
maʻʻlumoti oʻrta, oilali, 1 nafar farzandi bor, sudlanmagan, 1929 yil 3 martga
qadar Oʻzbekiston SSR Oliy sudining raisi lavozimida ishlagan, Toshkent shahri,
Egarchilik mahallasida istiqomat qilgan Kacymov Sagdulla Rashidovich Oʻzbekiston
SSR Jinot kodeksining (1926 yilgi) 63-moddasi bilan aybli deb topilib,
mol-mulki musodara qilinib, oʻlim jazosiga;
1897 yilda tugʻilgan, maʻʻlumoti oliy, Oʻzbekiston SSR
Oliy sudining sobiq prokurori lavozimida ishlagan, muqaddam sudlangan Sharipov
Badriddin Oʻzbekiston SSR JKning (1926 yilgi) 58-moddasi, 63-moddasi 1-qismi,
78-moddalari bilan aybli deb topilib, mol-mulki musodara qilinib, oʻlim
jazosiga;
1866 yilda tugʻilgan, maʻʻlumoti oʻrta, Toshkent
shahrining Eski shahar qismi sudʻyasi lavozimida ishlagan, muqaddam sudlanmagan
Mirsagat Mirzakirov Oʻzbekiston SSR JKning (1926 yilgi) 63-moddasi bilan aybli
deb topilib, mol-mulki musodara qilinib, 10 yil ozodlikdan mahrum qilish
jazosiga;
1884 yilda tugʻilgan, boshlangʻich maʻʻlumotga ega, xalq
sudʻyasi lavozimida ishlagan, muqaddam Toshkent okrug sudining 1926 yil 15
apreldagi hukmi bilan 10 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlangan Rustam
Xodja Ibragim Xodjaev Oʻzbekiston SSR JKning (1926 yilgi) 63-moddasi bilan aybli
deb topilib, mol-mulki musodara qilinib, 10 yil ozodlikdan mahrum qilish
jazosiga;
1890 yilda tugʻilgan, maʻʻlumoti oliy, advokatlar
kollegiyasi aʻʻzosi boʻlgan, muqaddam sudlanmagan Spirodonov Vyacheslav Petrovich
Oʻzbekiston SSR JKning (1926 yilgi) 63-moddasi bilan aybli deb topilib,
mol-mulki musodara qilinib, oʻlim jazosiga;
1889 yilda tugʻilgan, boshlangʻich maʻʻlumotga ega,
savdogar, muqaddam sudlangan, Toshkent okrug sudining 19.09.1929 yildagi hukmi
bilan 1 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlangan Alimov Nasriddin
Oʻzbekiston SSR JKning (1926 yilgi) 63-moddasi bilan aybli deb topilib,
mol-mulki musodara qilinib, oʻlim jazosiga;
1893 yilda tugʻilgan, maʻʻlumoti oʻrta, savdogar,
muqaddam sudlanmagan Samigjanov Akbar Oʻzbekiston SSR JKning (1926 yilgi)
63-moddasi bilan aybli deb topilib, mol-mulki musodara qilinib, 10 yil
ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanganlar.
Sudning hukmiga koʻra, S. Kacymov 1924 yildan 1925
yilga qadar Toshkent viloyat sudining raisi hamda 1925 yil 23 dekabrdan 1929 yil
3 martga qadar Oʻzbekiston SSR Oliy sudining raisi lavozimida ishlab kelib,
shaxsiy boylik orttirish maqsadida, talon-toroj, poraxoʻrlik, tizimli ravishda
tamagirlik jinoyatlarini sodir etganlikda;
B. Sharipov 1927 yilda Buxoro okrug sudi raisi
lavozimiga tayinlanib, milliy ozodlik harakatining («bosmachilik») faol ishtirokchisi
boʻlib, savdogarlar manfaatini koʻzlagan holda S.Kacymov bilan birgalikda sovet
sudlaridan foydalangan holda, shuningdek sudsiz va tergovsiz «bosmachilar» niqobi
ostida oʻn nafar aybsiz dehqonlarni otib tashlab, oʻzining harakatlari bilan
dehqonlar ommasini sovet idoralariga qarshi yoʻnaltirganlikda;
M. Mirzakirov 1922 yildan 1928 yilga qadar Toshkent
shahrining Eski shahar qismida xalq sudʻyasi lavozimida ishlagan davrda, turli
moddiy boyliklar evaziga firibgarlik va mansab soxtakorligi jinoyatlarini sodir
qilishda S.Kacymovga koʻmaklashib kelganlikda;
R. Ibragim Xodjaev 1922 yildan 1925 yil mart oyiga
qadar Mirzachoʻl shahrining xalq sudʻyasi lavozimida ishlab, S.Kacymovning
xabardorligida va S.Kacymov bilan til biriktirib, aholidan pora olish va
taʻʻmagirlik jinoyatlarini sodir etish, davlat va xususiy mulklarni oʻzlashtirish,
doimiy ravishda pora evaziga noqonuniy hukmlar chiqarish, oʻsha davrda Toshkent okrug
sudi rais oʻrinbosari lavozimida ishlagan S.Kacymovga doimiy ravishda pora berish
orqali sud tizimini inqirozga uchrashida koʻmaklashganlikda;
V. Spiridonov 1921 — 1923 yillarda Toshkent shahri xalq
sudʻyalari kengashi raisi oʻrinbosari lavozimida, 1923−1929 yillarda esa advokat
sifatida faoliyat koʻrsatib, soxta hujjatlar hamda guvohlarning yolgʻon
guvohligidan foydalanib, sudʻyalarga, shu jumladan Oliy sud raisi S.Kacymovga
pora berish orqali sud tizimini inqirozga uchrashida koʻmaklashganlikda;
N. Alimov «Milliy ittihod» aksilinqilobiy
tashkilotining faol aʻʻzosi sifatida tashkilotning barcha rahbarlari bilan qalin
munosabatda boʻlib, tuzilgan rejaga asosan, doimiy ravishda sovet tashkilotlarini,
xususan sud va moliya idoralari xodimlariga spirtli ichimliklar ichdirib hamda
ularga pora berib, S.Kacymov bilan doʻstona munosabatda boʻlib, maʻʻmuriy va sud
ishlarida oʻziga tanish boʻlgan savdogar hamda aksilinqilobchilarga nisbatan oqlov
hukmi yoki engil jazo tayinlanishiga erishganlikda;
A. Samigjanov «Milliy ittihod» aksilinqilobiy
tashkilotining faol aʻʻzosi va katta savdogar boʻlgan holda S.Kacymov va
M.Mirzakirovlarga spirtli ichimliklar ichdirib, ulardan oʻzining gʻarazli maqsadlari
yoʻlida foydalanib, jumladan Toshkent shahrining Eski shahar qismidan noqonuniy
erlarni olish va noqonuniy shartnoma rasmiylashtirishda M.Mirzakirov rahbar boʻlgan
xalq sudidan foydalanganlikda aybli deb topilgan.
Oʻrta Osiyodagi Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi
qoshidagi Uchlik Kengashining 1931 yil 21 noyabrdagi maxsus yigʻilish qaroriga koʻra:
1899 yilda Yangi Urganch tumanida tugʻilgan, millati
oʻzbek, Yangi Urganch tumani, Ala-Ulik qishlogʻida yashagan, 3 yilga kontslagerga
joʻnatilgan Djumaniyazov Irniyaz;
1886 yilda Yangi Urganch tumanida tugʻilgan, millati
oʻzbek, Yangi Urganch tumani, Ala-Ulik qishlogʻida yashagan, 3 yilga kontslagerga
joʻnatilgan Kurbanov Kosh;
1901 yilda Yangi Urganch tumanida tugʻilgan, millati
oʻzbek, Yangi Urganch tumani, Ala-Ulik qishlogʻida yashagan, 10 yilga kontslagerga
joʻnatilgan Kabulov Nazar;
1895 yilda Yangi Urganch tumanida tugʻilgan, millati
oʻzbek, Yangi Urganch tumani, Ala-Ulik qishlogʻida yashagan, 3 yilga kontslagerga
joʻnatilgan Avazmetov Abdulla;
1896 yilda Yangi Urganch tumanida tugʻilgan, millati
oʻzbek, Yangi Urganch tumani, Ala-Ulik qishlogʻida yashagan, 5 yilga kontslagerga
joʻnatilgan Matchanov Bekchan;
1886 yilda Yangi Urganch tumanida tugʻilgan, millati
oʻzbek, Yangi Urganch tumani, Ala-Ulik qishlogʻida yashagan, 3 yilga kontslagerga
joʻnatilgan Iskanderov Matchan;
1906 yilda Yangi Urganch tumanida tugʻilgan, millati
oʻzbek, Yangi Urganch tumani, Chandir-Kiyat qishlogʻida yashagan, 5 yilga kontslagerga
joʻnatilgan Kachkarov Igamberdy;
1903 yilda Yangi Urganch tumanida tugʻilgan, millati
oʻzbek, Yangi Urganch tumani, Chandir-Kiyat qishlogʻida yashagan, 5 yilga kontslagerga
joʻnatilgan Raximov Sharip;
1870 yilda Yangi Urganch tumanida tugʻilgan, millati
oʻzbek, Yangi Urganch tumani, Ala-Ulik qishlogʻida yashagan, 3 yilga kontslagerga
joʻnatishga shartli hukm qilingan Babadjan Irniyaz;
1902 yilda Yangi Urganch tumanida tugʻilgan, millati
oʻzbek, Yangi Urganch tumani, Ala-Ulik qishlogʻida yashagan, 5 yilga kontslagerga
joʻnatilgan Saurov Mayli OʻzSSR JKning 14−78-moddasi (aksilinqilobiy maqsadlarda
harakatlar sodir etish, yaʻʻni jinoiy qilmishlarni sodir etish kabi ogʻirlashtiruvchi
holatlarsiz tartibsizliklarda ishtirok etish) bilan aybli deb topilgan.
Oʻrta Osiyodagi Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi
qoshidagi Uchlik Kengashining maxsus yigʻilish qaroriga koʻra, Djumaniyazov Irniyaz va
boshqalar bosmachilik aksilinqilobiy harakati aʻʻzolari bilan doimiy aloqa
oʻrnatishib, ularni oʻzlarining uylarida qabul qilishib, bosmachilik guruhlarini
oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʻʻminlab, sovet hokimiyati tomonidan amalga
oshirilayotgan chora-tadbirlarga oʻzlarida saqlanib kelinayotgan qurollarni
topshirmaslik hamda kollektivlashtirishga qarshi targʻibotlarni amalga oshirish orqali
qarshilik koʻrsatib kelishganlikda ayblanishgan.
Oʻrta Osiyodagi Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi
qoshidagi Uchlik Kengashining 1932 yil 5 noyabrdagi maxsus yigʻilish qaroriga koʻra:
1881 yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Hazorasp tumani,
Otaliq qishloq sovetida yashagan, 5 yilga kontslagerga joʻnatilgan Matmuratov
Matchanbek;
1896 yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Hazorasp shahrida
yashagan, 5 yilga kontslagerga joʻnatilgan Saitniyazov Raimbergen;
1874 yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Hazorasp tumani,
Ashak Karvak qishloq sovetida yashagan, 3 yilga ahloq tuzatish-mehnat muassasasiga
joʻnatilgan Djumaniyazov Matyakub;
1869 yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Hazorasp tumani,
Yuqori Muxaman qishloq sovetida yashagan, 3 yilga ahloq tuzatish-mehnat muassasasiga
joʻnatilgan Sarybakalov Mamadjan;
1895 yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Hazorasp tumani,
Yuqori Muxaman qishloq sovetida yashagan, 5 yilga kontslagerga joʻnatilgan Bakalov
Masharip Sary;
1895 yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Hazorasp tumani,
Avshar qishloq sovetida yashagan, 3 yilga kontslagerga joʻnatilgan Pirmanov Kurambay;
1875 yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Hazorasp tumani,
Ashak Karvak qishloq sovetida yashagan, 5 yilga kontslagerga joʻnatilgan Adamov
Raxmankul;
1891 yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Hazorasp tumani,
Ashak Karvak qishloq sovetida yashagan, 5 yilga kontslagerga joʻnatilgan Babaniyazov
Nurulla;
1870 yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Hazorasp tumani,
Yuqori Muxaman qishloq sovetida yashagan, dastlabki qamoq muddati inobatga olinib,
qamoqdan ozod qilingan Masharipov Ibragim Yuzbashi;
1911 yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Hazorasp tumani,
Yuqori Muxaman qishloq sovetida yashagan, 5 yilga kontslagerga joʻnatilgan Masharipov
Pirdjan;
1881 yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Hazorasp tumani,
Avshar qishloq sovetida yashagan, 5 yilga kontslagerga joʻnatilgan Abdullaev Atadjan;
1872 yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Hazorasp tumani,
Ashak Karvak qishloq sovetida yashagan, 3 yilga ahloq tuzatish-mehnat muassasasiga
joʻnatilgan Vaisov Mulla Kuryaz;
1881 yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Xazarasp tumani,
Ashak Karvak qishloq sovetida yashagan, 3 yilga ahloq tuzatish-mehnat muassasasiga
joʻnatilgan Masharipov Madraim;
1871 yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Xiva tumani,
Pernauxas qishloq sovetida yashagan, 3 yilga ahloq tuzatish-mehnat muassasasiga
joʻnatilgan Sultanmuratov Djumaniyaz;
1870 yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Xiva tumani, Xiva
shahrida yashagan, 3 yilga ahloq tuzatish-mehnat muassasasiga joʻnatilgan Masharipov
Xudaybergen;
1870 yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Xiva tumani, Xiva
shahrida yashagan, 3 yilga ahloq tuzatish-mehnat muassasasiga joʻnatilgan Avezov
Matmurat;
1876 yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Xiva tumani, Xiva
shahrida yashagan, 3 yilga ahloq tuzatish-mehnat muassasasiga joʻnatilgan Aminov
Nazar Maxram;
1882 yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Xiva tumani, Xiva
shahrida yashagan, 5 yilga kontslagerga joʻnatilgan Abdalniyazov Madaminjan;
1887 yilda tugʻilgan, millati qozoq, Xiva tumani, Avez
Dunyak qishloq sovetida yashagan, 10 yilga kontslagerga joʻnatilgan Kosharov
Mustafa-Kazak;
1873 yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Xiva tumani, Xiva
shahrida yashagan, 5 yilga kontslagerga joʻnatilgan Masharipov Xudaybergen;
1891 yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Hazorasp tumani,
Muxaman qishloq sovetida yashagan, 5 yilga kontslagerga joʻnatilgan Allabergenov
Djumaniyaz;
1876 yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Xonqa tumani,
Durgadiq qishloq sovetida yashagan, 5 yilga kontslagerga joʻnatilgan Kalandarov
Saur;
1890 yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Xonqa tumani,
Xonqa qishloq sovetida yashagan, 5 yilga kontslagerga joʻnatilgan Ibragimov Yusup
Xodja;
1871 yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Xonqa tumani,
Xonqa shahrida yashagan, 3 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan
Axmetov Mulla Ibaydulla;
1871 yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Xonqa tumani,
Ohunboboev qishloq sovetida yashagan, 3 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi
tayinlangan Abdukadyrov Abdushukur;
1866 yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Xonqa tumani,
Polvon qishloq sovetida yashagan, dastlabki qamoq muddati inobatga olinib,
qamoqdan ozod qilingan Yusupov Nurmat;
1865 yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Xonqa tumani,
Tama-Durvadi qishloq sovetida yashagan, 3 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi
tayinlangan Masharipov Babadjan Maksum;
1893 yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Xonqa tumani,
Xonqa qishloq sovetida yashagan, 5 yilga kontslagerga joʻnatilgan Atadjanov Ibragim;
1896 yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Xonqa tumani,
Xonqa qishloq sovetida yashagan, 5 yilga kontslagerga joʻnatilgan Abdurasul Maxsum
Ibadula Xodji;
1876 yilda Xiva tumanida tugʻilgan, millati oʻzbek,
Shovot tumani, Manak qishloq sovetida yashagan, 5 yilga kontslagerga joʻnatilgan
Davletmuratov Yakshi Murat;
1910 yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Shovot tumani,
Arbek qishloq sovetida yashagan, 5 yilga kontslagerga joʻnatilgan Atadjanov Abdy
Ishan;
1895 yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Shovot tumani,
Arbek qishloq sovetida yashagan, 5 yilga kontslagerga joʻnatilgan Atadjanov Usman
Ishan;
1896 yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Shovot tumani,
Kurbak qishloq sovetida yashagan, 5 yilga kontslagerga joʻnatilgan Nurmetov
Ibadulla;
34). 1901 yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Urganch
tumani, Yuqori Bogʻ qishloq sovetida yashagan, 5 yilga kontslagerga joʻnatilgan
Artykov Vais;
1874 yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Urganch tumani,
Yuqori Bogʻ qishloq sovetida yashagan, dastlabki qamoq muddati hisobga olinib,
qamoqdan ozod qilingan Axmedov Usta Kalandar;
1891 yilda tugʻilgan, millati turkman, Porsin tumani,
Ildirshix qishloq sovetida yashagan, 5 yilga kontslagerga joʻnatilgan Shagalov Safar;
1886 yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Tashouz tumani,
Kukchagar qishloq sovetida yashagan, 5 yilga kontslagerga joʻnatilgan Durdyev
Safarbay;
1892 yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Ilyalinskiy
tumani, Kenges qishloq sovetida yashagan, dastlabki qamoq muddati hisobga olinib,
qamoqdan ozod qilingan Bekmuratov Berdy Klych;
1886 yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Xonqa tumani,
Xonqa shahrida yashagan, 5 yilga kontslagerga joʻnatilgan Nurullaev Saydulla
Oʻzbekiston SSR Jinoyat kodeksining 78-moddasi (aksilinqilobiy maqsadlarda
harakatlar sodir etish, yaʻʻni jinoiy qilmishlarni sodir etish kabi ogʻirlashtiruvchi
holatlarsiz tartibsizliklarda ishtirok etish) bilan aybli deb topilgan.
Oʻrta Osiyodagi Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi
Uchlik Kengashining maxsus yigʻilish qaroriga koʻra, Matmuratov Matchanbek va
boshqalar 1931 yil fevralʻ oyining boshlarida sovet hokimiyatini agʻdarish, unga
qarshi qurollangan bosmachilik-isyonchilik kurashini tashkil etish hamda oldingi
xonlik boshqaruvi tartibini tiklash maqsadida, Afgʻoniston hududidan Xiva hududiga
oʻtgan Junaidxonning oʻgʻli Eshimxonning qurollangan guruhlarini kuchaytirish uchun
yangi kadrlar bilan taʻʻminlash maqsadida ular bilan aloqa oʻrnatganlikda
ayblangan.
Oʻrta Osiyodagi Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi
qoshidagi Uchlik Kengashining 1932 yil 22 yanvardagi maxsus yigʻilish qaroriga koʻra:
1895 yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Gʻijduvon tumani,
Rubat Xodja qishlogʻida yashagan, 8 yilga kontslagerga joʻnatilgan Sattarov Shanazar;
1877 yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Bauman tumani,
Shuristan qishlogʻida yashagan, 8 yilga kontslagerga joʻnatilgan Baltaev Bazar;
1891 yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Vobkent tumani,
Peshku qishlogʻida yashagan, 8 yilga kontslagerga joʻnatilgan Kadyrov Yarykul;
1874 yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Vobkent tumani,
Mugulan qishlogʻida yashagan, 8 yilga kontslagerga joʻnatilgan Klychev Tursun Amin;
1874 yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Eski Buxoro
shahri, Tobxana guzarida yashagan, 8 yilga kontslagerga joʻnatilgan Mustafakulov
Muxamed Kul;
1892 yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Bauman tumani,
Chuprak qishlogʻida yashagan, 5 yilga kontslagerga joʻnatilgan Ruziev Xodji Murad
Amin;
1869 yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Vobkent shahri,
Poxsa guzarida yashagan, 5 yilga kontslagerga joʻnatilgan Radjabov Mirza Axmed;
1886 yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Eski Buxoro
shahri, Mirza Xamid guzarida yashagan, 5 yilga kontslagerga joʻnatilgan Adylov Kary
Daud;
1889 yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Eski Buxoro
shahri, Kari Mustakim guzarida yashagan, 5 yilga kontslagerga joʻnatilgan Xalikov
Sabir;
1883 yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Bauman tumani,
Qassoblar qishlogʻida yashagan, 3 yilga kontslagerga joʻnatilgan Saibov Niyaz;
1913 yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Gʻijduvon tumani,
Kuli-Djuybar qishlogʻida yashagan, 5 yilga kontslagerga joʻnatilgan Nurullaev Ruzi;
1886 yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Buxoro tumani,
Buyro qishlogʻida yashagan, 3 yilga kontslagerga joʻnatilgan Raxmanov Mulla Safar;
1897 yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Gʻijduvon tumani,
Djandikon qishlogʻida yashagan, dastlabki qamoq muddati hisobga olinib, qamoqdan
ozod qilingan Turdyev Bazar;
1903 yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Gʻijduvon tumani,
Djandikon qishlogʻida yashagan, dastlabki qamoq muddati hisobga olinib, qamoqdan
ozod qilingan Raxmatov Tyura;
1897 yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Gʻijduvon tumani,
Djandikon qishlogʻida yashagan, 5 yilga kontslagerga joʻnatilgan Katta Sheyxov Toksan;
1899 yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Gʻijduvon tumani,
Lyabirud qishlogʻida yashagan, dastlabki qamoq muddati hisobga olinib, qamoqdan ozod
qilingan Djalalov Xuseyn;
1871 yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Gʻijduvon tumani,
Chagdari qishlogʻida yashagan, dastlabki qamoq muddati hisobga olinib, qamoqdan ozod
qilingan Marufov Sharif;
1879 yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Gʻijduvon tumani,
Rubat Xodja qishlogʻida yashagan, 3 yilga kontslagerga joʻnatilgan Tursunov Murad;
1911 yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Gʻijduvon tumani,
Rubat Xodja qishlogʻida yashagan, 3 yilga kontslagerga joʻnatilgan Gadaev Nor;
1903 yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Bauman tumani,
Shuristan qishlogʻida yashagan, 5 yilga kontslagerga joʻnatilgan Xaitov Xalim;
1898 yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Gʻijduvon tumani,
Chagdari qishlogʻida yashagan, 3 yilga kontslagerga joʻnatilgan Tyuraev Talip;
1881 yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Vobkent tumani,
Maxallya Ashxan qishlogʻida yashagan, 5 yilga kontslagerga joʻnatilgan Sharipov Xamdam;
1895 yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Gʻijduvon tumani,
Karabag qishlogʻida yashagan, 3 yilga kontslagerga joʻnatilgan Nazarov Nor;
1889 yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Gʻijduvon tumani,
Saidon qishlogʻida yashagan, 3 yilga kontslagerga joʻnatilgan Xamraev Normurat;
1885 yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Gʻijduvon tumani,
Karabag qishlogʻida yashagan, 3 yilga kontslagerga joʻnatilgan Xaydarov Barat;
1883 yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Gʻijduvon tumani,
Chagdari qishlogʻida yashagan, 3 yilga kontslagerga joʻnatilgan Fayziev Djuma;
1908 yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Eski Buxoro
tumani, Sufi-Kargar qishlogʻida yashagan, 3 yilga kontslagerga joʻnatilgan Periev
Saidkul;
1883 yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Gʻijduvon tumani,
Vozirsha qishlogʻida yashagan, 3 yilga kontslagerga joʻnatishga shartli hukm qilinib,
jazodan ozod qilingan Xayriev Safar;
1899 yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Eski Buxoro
tumani, Sufi Kargar qishlogʻida yashagan, 3 yilga kontslagerga joʻnatishga shartli hukm
qilinib, qamoqdan ozod qilingan Norov Nigmat OʻzSSR JKning 78-moddasi
(aksilinqilobiy maqsadlarda harakatlar sodir etish, yaʻʻni jinoiy qilmishlarni
sodir etish kabi ogʻirlashtiruvchi holatlarsiz tartibsizliklarda ishtirok etish)
bilan aybli deb topilgan.
Oʻrta Osiyodagi Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi
Uchlik Kengashining maxsus yigʻilish qaroriga koʻra, Klychev Tursun Amin va boshqalar
1931 yilda Buxoro sektorining Gʻijduvon, Vobkent, Bauman va boshqa tumanlari
hududida sovet hokimiyatiga qarshi qurollangan kurash olib borish maqsadida
aksilinqilobiy bosmachilik guruhlarini tashkil etish, oʻz saflarini kengaytirib,
keyinchalik Tojikiston hududida sovet hokimiyatiga qarshi kurash olib borayotgan
Ibrohimbek laqayga borib qoʻshilish, aksilinqilobiy tashviqot olib borganlikda
ayblanishgan.
Oʻrta Osiyodagi Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi
qoshidagi Uchlik Kengashining 1932 yil 20 avgustdagi maxsus yigʻilish qaroriga koʻra:
1892 yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Jizzax tumani,
Yangi-qishloq qishloq sovetida yashagan, 10 yilga qonslagerga joʻnatilgan Tursunkulov
Mumin;
1902 yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Jizzax tumani,
Yangi-qishloq qishloq sovetida yashagan, 5 yilga kontslagerga joʻnatilgan Sayfullaev
Lutfulla;
1877 yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Jizzax tumani,
Yangi-qishloq qishloq sovetida yashagan, 5 yilga kontslagerga joʻnatilgan Berdyev
Kabyl Tangri;
1904 yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Jizzax tumani,
Yangi-qishloq qishloq sovetida yashagan, 5 yilga kontslagerga joʻnatilgan Xazratkulov
Xasan;
1906 yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Jizzax tumani,
Yangi-qishloq qishloq sovetida yashagan, 5 yilga kontslagerga joʻnatilgan Xafizov
Iskandar;
1902 yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Jizzax tumani,
Yangi-qishloq qishloq sovetida yashagan, 5 yilga kontslagerga joʻnatilgan Xafizov Ali;
1894 yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Jizzax tumani,
Asman-Say qishloq sovetida yashagan, 5 yilga kontslagerga joʻnatilgan Abduraxmanov
Bek-Ali;
1892 yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Jizzax tumani,
Yangi-qishloq qishloq sovetida yashagan, 5 yilga kontslagerga joʻnatilgan Abdullaev
Rashid;
1897 yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Jizzax tumani,
Yangi-qishloq qishloq sovetida yashagan, 5 yilga kontslagerga joʻnatilgan Abdullaev
Mukum;
1891 yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Jizzax tumani,
Yangi-qishloq qishloq sovetida yashagan, 5 yilga kontslagerga joʻnatilgan Xudoyarov
Tura;
1896 yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Jizzax tumani,
Yangi-qishloq qishloq sovetida yashagan, 5 yilga kontslagerga joʻnatilgan Xasanov
Savran;
1897 yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Jizzax tumani,
Yangi-qishloq qishloq sovetida yashagan, 5 yilga kontslagerga joʻnatilgan Abduraxmanov
Dastan;
1895 yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Jizzax tumani,
Yangi-qishloq qishloq sovetida yashagan, 5 yilga kontslagerga joʻnatilgan Berdyyarov
Davran;
1900 yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Jizzax tumani,
Yangi-qishloq qishloq sovetida yashagan, 5 yilga kontslagerga joʻnatilgan Alimov
Turgun;
1904 yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Jizzax tumani,
Yangi-qishloq qishloq sovetida yashagan, 5 yilga kontslagerga joʻnatilgan Niyazov
Karabek;
1886 yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Jizzax tumani,
Yangi-qishloq qishloq sovetida yashagan, 5 yilga kontslagerga joʻnatilgan Davranov
Sindar;
1886 yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Jizzax tumani,
Yangi-qishloq qishloq sovetida yashagan, 5 yilga kontslagerga joʻnatilgan Davranov
Djaldybay;
1907 yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Jizzax tumani,
Yangi-qishloq qishloq sovetida yashagan, 5 yilga kontslagerga joʻnatilgan Tursunkulov
Bazarbek;
1883 yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Jizzax tumani,
Yangi-qishloq qishloq sovetida yashagan, 5 yilga kontslagerga joʻnatilgan Igamberdiev
Raimkul;
1900 yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Jizzax tumani,
Uchli qishloq sovetida yashagan, 10 yilga kontslagerga joʻnatilgan Adylov Akilbek;
1892 yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Jizzax tumani,
Uchli qishloq sovetida yashagan, 10 yilga kontslagerga joʻnatilgan Adylov Bayzar;
1884 yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Jizzax tumani,
Yangi-qishloq qishloq sovetida yashagan, 5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan Abdullaev
Irgash;
1871 yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Jizzax tumani,
Yangi-qishloq qishloq sovetida yashagan, 5 yilga kontslagerga joʻnatilgan Berdyyarov
Ixlas;
1898 yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Jizzax tumani,
Asman-Say qishloq sovetida yashagan, 3 yilga kontslagerga joʻnatilgan Batyrov Aman;
1877 yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Jizzax tumani,
Yangi-qishloq qishloq sovetida yashagan, 3 yilga kontslagerga joʻnatilgan Abdullaev
Saxip;
1866 yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Jizzax tumani,
Yangi-qishloq qishloq sovetida yashagan, 3 yilga kontslagerga joʻnatilgan Mirzaev
Xafiz Maksum Mulla;
1872 yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Jizzax tumani,
Yangi-qishloq qishloq sovetida yashagan, 3 yilga surgun qilingan Keldybaev Aman;
1890 yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Jizzax tumani,
Osmonsoy qishloq sovetida yashagan, 3 yilga kontslagerga joʻnatilgan Kipchakov Barat;
1887 yilda tugʻilgan, millati oʻzbek, Jizzax tumani,
Yangi-qishloq qishloq sovetida yashagan, 10 yilga kontslagerga joʻnatilgan Abdullaev
Djura OʻzSSR Jinoyat kodeksining 66 (shpionaj), 67 (maxsus qoʻriqlanadigan davlat
sirini tashkil etmaydigan iqtisodiy maʻʻlumotlarni toʻplash) va 78-moddalari
(aksilinqilobiy maqsadlarda harakatlar sodir etish, yaʻʻni jinoiy qilmishlarni
sodir etish kabi ogʻirlashtiruvchi holatlarsiz tartibsizliklarda ishtirok etish)
bilan aybli deb topilgan.
Oʻrta Osiyodagi Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi
Uchlik Kengashining maxsus yigʻilish qaroriga koʻra, M.Tursunkulov va boshqalar kelib
chiqishiga koʻra boy, savdogar va urugʻ boshlari boʻlgani holda, Oktyabrʻ sotsialistik
inqilobidan soʻng Sovet hokimiyati tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga
ochiqdan-ochiq qarshilik koʻrsatish, Xamroqulbek, Mella Dehqon, Xudoyor va
boshqalarning bosmachilik toʻdalarida ishtirok etish, kolxozlardagi hokimiyatni
egallab olib, sovet hokimiyatiga qarshi faoliyat olib borish, ushbu maqsadlarda
yashirin yigʻinlar oʻtkazib, ularda qurolli qoʻzgʻolon koʻtarish, sobiq bosmachilar
bilan aloqa oʻrnatish, qurol-yarogʻ sotib olish uchun pul mablagʻlari yigʻish
masalalarini muhokama qilib kelganlikda ayblanishgan.
Oʻrta Osiyo birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi qoshidagi
Uchlik Kengashining 1930 yil 3 yanvardagi maxsus yigʻilish qaroriga koʻra:
1887 yilda Kosonsoy tumanida tugʻilgan, Kosonsoy
tumanida yashagan, otuvga hukm qilingan Umaraliev Dadaboy;
1905 yilda Namangan tumanida tugʻilgan, Namangan
tumanida yashagan, otuvga hukm qilingan Miryusupov Mirvali;
1896 yilda Namangan tumanida tugʻilgan, Namangan
tumanida yashagan, otuvga hukm qilingan Rasulbaev Mamadjan Qori;
1898 yilda Kosonsoy tumanida tugʻilgan, Kosonsoy
tumanida yashagan, otuvga hukm qilingan Azimbaev Mulla Axmed Ali;
1902 yilda Namangan tumanida tugʻilgan, Namangan
tumanida yashagan, otuvga hukm qilingan Miryusupov Abdugapar;
1902 yilda Namangan tumanida tugʻilgan, Namangan
tumanida yashagan, otuvga hukm qilingan Azimbaev Xadjimat;
1894 yilda Toʻraqoʻrgʻon tumanida tugʻilgan, Toʻraqoʻrgʻon
tumanida yashagan, otuvga hukm qilingan Zakirxodjaev Kamildjan;
1910 yilda Kosonsoy tumanida tugʻilgan, Kosonsoy
tumanida yashagan, otuvga hukm qilingan Alinazarov Gaipberdi;
1911 yilda Toʻraqoʻrgon tumanida tugʻilgan, Toʻraqoʻrgon
tumanida yashagan, otuvga hukm qilingan Xaqnazarov Abuladjan;
1898 yilda Namangan tumanida tugʻilgan, Namangan
tumanida yashagan, 3 yilga kontslagerga surgun qilingan Ishmatov Djaparlar OʻzSSR
Jinoyat kodeksining 58 va 78-moddalari (banditizm, sovet hududiga qurolli
qoʻzgʻolon yoki aksilinqilobiy maqsadlarda bostirib kelish) bilan aybli deb
topilgan.
Oʻrta Osiyo birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi qoshidagi
Uchlik Kengashining maxsus yigʻilish qaroriga koʻra, Umaraliev Dadaboy va boshqalar
1929−1930 yillarda Namangan tumanida eski mahalliy boylar hisoblanib, Nosirxon
toʻra Kamolxontoʻra ishiga aloqador shaxslar sifatida aksilinqilobiy harakati
aʻʻzolarini qoʻllab kelishib, sovet hududida qurolli qoʻzgʻolon yoki aksilinqilobiy
maqsadlarda harakatlarni amalga oshirganlikda ayblanishgan.
Oʻrta Osiyo birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi qoshidagi
Uchlik Kengashining 1938 yil 16 fevraldagi maxsus yigʻilish qaroriga koʻra:
1894 yilda Xiva tumanida tugʻilgan, Xiva tumanida
yashagan, millati oʻzbek, otuvga hukm qilingan Yusupov (Kazakov) Ismail;
1886 yilda Xiva tumanida tugʻilgan, Xiva tumanida
yashagan, millati oʻzbek, otuvga hukm qilingan Xudaybergenov Raxman;
1884 yilda Xiva tumanida tugʻilgan, Xiva tumanida
yashagan, millati oʻzbek, otuvga hukm qilingan Xaknazarov Artik;
1887 yilda Xiva tumanida tugʻilgan, Xiva tumanida
yashagan, millati oʻzbek, otuvga hukm qilingan Ibragimov Matriza;
1898 yilda Xiva tumanida tugʻilgan, Xiva tumanida
yashagan, millati oʻzbek, otuvga hukm qilingan Yusupov Qalandar;
1887 yilda Xiva tumanida tugʻilgan, Xiva tumanida
yashagan, millati oʻzbek, otuvga hukm qilingan Fazilov Abdulla;
1888 yilda Xiva tumanida tugʻilgan, Xiva tumanida
yashagan, millati oʻzbek, otuvga hukm qilingan Nakiev Babadjan;
1885 yilda Xiva tumanida tugʻilgan, Xiva tumanida
yashagan, millati oʻzbek, 10 yilga kontslagerga surgun qilingan Nakiev Saidjan;
1882 yilda Xiva tumanida tugʻilgan, Xiva tumanida yashagan,
millati oʻzbek, otuvga hukm qilingan Nakiev Askar;
1895 yilda Xiva tumanida tugʻilgan, Xiva tumanida
yashagan, millati oʻzbek, otuvga hukm qilingan Abduraxmanov Latip;
1881 yilda Xiva tumanida tugʻilgan, Xiva tumanida
yashagan, millati oʻzbek, otuvga hukm qilingan Tadjiev Abdalniyaz;
1893 yilda Xiva tumanida tugʻilgan, Xiva tumanida
yashagan, millati oʻzbek, otuvga hukm qilingan Kurambaev Madraim;
1908 yilda Xiva tumanida tugʻilgan, Xiva tumanida
yashagan, millati oʻzbek, otuvga hukm qilingan Karimov Matyakub;
1880 yilda Xiva tumanida tugʻilgan, Xiva tumanida
yashagan, millati oʻzbek, otuvga hukm qilingan Matchanov Bekchan;
1881 yilda Xiva tumanida tugʻilgan, Xiva tumanida
yashagan, millati oʻzbek, otuvga hukm qilingan Abdullaev Atadjan OʻzSSR Jinoyat
kodeksining 13, 58, 67-moddalari (sovet hududiga qurolli qoʻzgʻolon yoki
aksilinqilobiy maqsadlarda bostirib kelish, aksilinqilobiy harakatlar sodir
sodir etish) bilan aybli deb topilgan.
Oʻrta Osiyodagi Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi
Uchlik Kengashining maxsus yigʻilish qaroriga koʻra, Yusupov (Kazakov) Ismail va
boshqalar 1937 yilda Xiva tumani, Jundiyon qishlogʻida joylashgan «Xon Ismoil ota»
masjidida yigʻilishlar oʻtkazishib, aksilinqolibiy rejalarni tuzishgan hamda
«Junaidxon»ni tanigan eski boylar sifatida qurolli toʻda shakllantirib, sovet
hududida qurolli qoʻzgʻolon yoki aksilinqilobiy harakatlar sodir etish maqsadlarida
harakat amalga oshirishganlikda ayblanishgan.
Oʻrta Osiyo birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi qoshidagi
Uchlik Kengashining 1938 yil 4 fevraldagi maxsus yigʻilish qaroriga koʻra:
1913 yilda Hazorasp tumanida tugʻilgan, Hazorasp
tumanida yashagan, otuvga hukm qilingan Raximov Masharip;
1914 yilda Hazorasp tumanida tugʻilgan, Hazorasp
tumanida yashagan, otuvga hukm qilingan Kamalov Sabur;
1901 yilda Hazorasp tumanida tugʻilgan, Hazorasp
tumanida yashagan, otuvga hukm qilingan Kuryazov Baba;
1910 yilda Hazorasp tumanida tugʻilgan, Hazorasp
tumanida yashagan, otuvga hukm qilingan Matnazarov Safarbala;
1904 yilda Hazorasp tumanida tugʻilgan, Hazorasp
tumanida yashagan, 10 yilga mehnat tuzatish lageriga surgun qilingan Adambaev
Atadjan;
1901 yilda Hazorasp tumanida tugʻilgan, Hazorasp
tumanida yashagan, 10 yilga mehnat tuzatish lageriga surgun qilingan Babadjanov
Raim;
1901 yilda Hazorasp tumanida tugʻilgan, Hazorasp
tumanida yashagan, 10 yilga mehnat tuzatish lageriga surgun qilingan Abdukarimov
Matyakub;
1908 yilda Hazorasp tumanida tugʻilgan, Hazorasp
tumanida yashagan, 10 yilga mehnat tuzatish lageriga surgun qilingan Raximov
Jumaniyaz;
1898 yilda Hazorasp tumanida tugʻilgan, Hazorasp
tumanida yashagan, 10 yilga mehnat tuzatish lageriga surgun qilingan Raximov
Kurbanbaylar OʻzSSR JKning 78-moddasi (banditizm) bilan aybli deb topilgan.
Oʻrta Osiyo birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi qoshidagi
Uchlik Kengashining maxsus yigʻilish qaroriga koʻra, Raximov Masharip va boshqalar
1937 yilda Xorazm okrugi, Hazorasp tumanining Pichoqchi va Yuqori Muxomon
qishloqlarida «Shokirbola» qurolli toʻdasiga birlashib, sovet hududida qurolli
qoʻzgʻolon yoki banditizm maqsadlarda harakatlarni amalga oshirganlikda
ayblanishgan.
Turkfront maxsus boʻlimi hayʻʻatining 06.11.1920
yildagi hamda Butun Rossiya favkulodda komissiyasi Prezidumining 1921 yil 27
oktyabrdagi maxsus yigʻilish qarorlariga koʻra:
1896 yilda Orenburg shahrida tugʻilgan, Fargʻona
viloyatida yashagan, otuvga hukm qilingan Doriomedov Andrey Ivanovich;
1902 yilda Fargʻona viloyatida tugʻilgan, Skobelev
shahrida yashagan, millati oʻzbek, 2 yilga kontslagerga surgun qilingan Sadikbaev
Abdulladjan;
1887 yilda Pishpak shahrida tugʻilgan, Fargʻona shahrida
yashagan, 2 yilga kontslagerga surgun qilingan Roksikov Nikolay Alekseevich;
1900 yilda Fargʻona viloyatida tugʻilgan, 1 yilga
kontslagerga surgun qilingan Fedorov Mixail Dmitrievich;
1892 yilda Toshkent shahrida yashagan, 2 yilga
kontslagerga surgun qilingan Arseneva Vladimir Mixaylovich;
1901 yilda tugʻilgan, Skobelev shahrida yashagan, 2 yilga
kontslagerga surgun qilingan Nikolskiy Viktor Ivanovich;
1901 yilda Fargʻona viloyatida yashagan, Turkiston
oʻlkasidan surgun qilingan Babaev Mulla Abdulladjan;
1875 yilda tugʻilgan, Skobelev shahrida yashagan, 2 yilga
kontslagerga surgun qilingan Shepelev Semena Vasilekich;
1895 yilda tugʻilgan, Skobelev shahrida yashagan, 2 yilga
kontslagerga surgun qilingan Barxash Lev Lvovich;
1881 yilda tugʻilgan, Fargʻona shahrida yashagan, 2 yilga
kontslagerga surgun qilingan Gorodiskiy Konstantin Konstantinovich;
1878 yilda tugʻilgan, Glodosoxa shahrida yashagan, 2
yilga kontslagerga surgun qilingan Yakovenko Fedor Titovich;
1865 yilda tugʻilgan, Fargʻona shahrida yashagan, 2 yilga
kontslagerga surgun qilingan Nenzberg Vladimir Aleksandrovich;
1889 yilda Skobelev shahrida yashagan, 2 yilga
kontslagerga surgun qilingan Nikolskiy Andrey Ivanovich;
1885 yilda tugʻilgan, Skobelev shahrida yashagan, 2 yilga
kontslagerga surgun qilingan Vlasov Dmitriy Pavlovich;
1877 yilda tugʻilgan, Skobelev shahrida yashagan, 2 yilga
kontslagerga surgun qilingan Antipov Nikolay Danilovich;
1891 yilda tugʻilgan, Skobelev shahrida yashagan, 2 yilga
kontslagerga surgun qilingan Sologub Anatoliy Nikolaevich;
1874 yilda tugʻilgan, Toshkent shahrida yashagan, 2 yilga
kontslagerga surgun qilingan Muxanov Aleksandr Vladimirovich;
1874 yilda tugʻilgan, Jalolobod tumanida yashagan, 2
yilga kontslagerga surgun qilingan Monstrov Konstantin Ivanovich;
1897 yilda tugʻilgan, Toshkent shahrida yashagan, 1 yilga
kontslagerga surgun qilingan Lazarev Aleksandr Ilich;
1886 yilda tugʻilgan, Toshkent shahrida yashagan, 2 yilga
kontslagerga surgun qilingan Sitnyakovkiy Boris Nikonorovich;
1895 yilda tugʻilgan, Toshkent shahrida yashagan, 2 yilga
kontslagerga surgun qilingan Sitnayakovskiy Aleksey Nikonorovich;
1898 yilda tugʻilgan, Skobelev shahrida yashagan, 2 yilga
kontslagerga surgun qilingan Pokrovskaya-Spirodonova Olga Dmitrievna;
1888 yilda Eski Margʻilon shahrida yashagan, 2 yilga
kontslagerga surgun qilingan Rodzievskiy Dmitriy Grigorevich;
1875 yilda tugʻilgan, Skobelev shahrida yashagan,
Turkiston oʻlkasidan surgun qilingan Bezsonov Andrey;
1895 yilda Toshkent shahrida tugʻilgan, Toshkent shahrida
yashagan, Turkiston oʻlkasidan surgun qilingan Nikolkaya Lidiya;
1899 yilda tugʻilgan, Fargʻona shahrida yashagan,
Turkiston oʻlkasidan surgun qilingan Shakirov Ikrom;
1870 yilda Skobelev shahrida yashagan, Turkiston
oʻlkasidan surgun qilingan Lyali-Xodja-Turdi-Xodjaev;
1870 yilda tugʻilgan, Skobelev shahrida yashagan,
kontslagerga surgun qilingan Shmatbaev Madat;
1870 yilda tugʻilgan, Skobelev shahrida yashagan,
kontslagerga surgun qilingan Nishan-bibi Muxamed Saidov Turkiston hududida
Madaminbek boshchiligidagi bosmachilik harakatida ishtirok etishda aybli deb
topilgan.
Turkfront maxsus boʻlimi hayʻʻatining 1920 yil 16
noyabrdagi hamda Butun Rossiya favkulodda komissiyasi Prezidumining 1921 yil 27
oktyabrdagi maxsus yigʻilish qaroriga koʻra, A.Doriomedov va boshqalar 1919−1920
yillarda Fargʻona oʻlkasida aksilinqilobiy harakati aʻʻzolarini qoʻllab kelishib,
sovet hududida qurolli qoʻzgʻolon yoki aksilinqilobiy maqsadlarda harakat amalga
oshirish maqsadida «Madaminbek» boshchiligidagi bosmachilik harakati aʻʻzolariga
qoʻshilishib, ularni zaruriy razvedka maʻʻlumotlari hamda tovar taʻʻminotlari bilan
taʻʻminlab turishganlikda ayblanishgan.
Oʻzbekiston SSR Oliy sudining 1938 yil 13 fevraldagi
hukmiga koʻra:
1892 yilda Fargʻona viloyati, Qoʻqon shahrida tugʻilgan,
millati oʻzbek, OʻzSSR fuqarosi, xizmatchi, maʻʻlumotga ega emas, oilali, Yangiyoʻl
shahrida yashagan Ubaydulla Abdullaev;
1897 yilda Toshkent shahrida tugʻilgan, millati oʻzbek,
OʻzSSR fuqarosi, maʻʻlumotga ega emas, oilali, xizmatchi, Toshkent shahar, Oktyabrʻ
tumani, Qizilqoʻshin mahallasi 55-uyda yashagan Fatxulla Sagdullaev;
1905 yilda Fargʻona viloyat, Qoʻqon shahri, Ikkinchi
Beshariq mahallasida tugʻilgan, millati oʻzbek, OʻzSSR fuqarosi, maʻʻlumotli,
oilali, Toshkent shahar, Oktyabrʻ tumani, Hamza koʻchasi, 7-uyda yashagan Nabi Rabiev;
1886 yilda Yangiyoʻl tumani Nav qishlogʻida tugʻilgan,
millati oʻzbek, OʻzSSR fuqarosi, maʻʻlumotli, oilali, kolxozchi, Yangiyoʻl tumani Nav
qishlogʻida yashagan Muxiddin Muminxoʻjaev;
1903 yilda Fargʻona viloyati, Stalin (Shaxrixon) tumani,
Shaxrixon qishlogʻida tugʻilgan, millati oʻzbek, OʻzSSR fuqarosi, maʻʻlumotli, oilali,
Yangiyoʻl tumani Nav qishlogʻida yashagan Juma Alibaev;
1886 yilda Fargʻona viloyati, Lenin (Asaka) tumani, Ota
qishlogʻida tugʻilgan, millati oʻzbek, OʻzSSR fuqarosi, maʻʻlumotli, oilali, Yangiyoʻl
tumani Zangi-ota qishlogʻida yashagan Mamatalibek Qosimov;
1903 yilda Fargʻona viloyati, Stalin (Shaxrixon) tumani,
Oʻrta Shaxrixon qishlogʻida tugʻilgan, millati uygʻur, OʻzSSR fuqarosi, maʻʻlumotga ega
emas, oilali, Yangiyoʻl tumani Nav qishlogʻida yashagan Qambar Sodiqov Oʻzbekiston
OʻzSSR JKning 63-moddasi, 70-moddasi bilan aybdor deb topilib, mol-mulki
konfiskatsiya qilingan holda U.Abdullaev, J.Alibaev va M.Qosimovlarga otuv,
N.Rabiev, F.Sagdullaev, Q.Sodiqov, M.Moʻminxoʻjaevlar turli yillarga ozodlikdan
mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Sud hukmiga koʻra, yuqorida nomlari qayd etilgan
shaxslar Oʻzbekiston Markaziy partiya va sovetlar tashkilotlarida bir necha yildan
buyon niqob ostida yurib, eski kapitalizm tarafdorlari, xalq dushmanlari va burjua
millatchilari Akmal Ikromov, Boltaboy Shermuhamidov, Fayzulla Xoʻjaev va boshqalar
Oʻzbekistonning oʻsishiga chiday olmay, fashizm, kapitalizm davlatlariga koloniya
qilib berishni oʻzlariga maqsad qilib, Oʻzbekistonning koʻplab tumanlarida, tuman
partiya tashkilotlarida va sovet xoʻjalik tashkilotlarida oʻzlariga yaqin boʻlgan
maslakdoshlarini qoʻyish orqali oʻzlarining aksilinqilobiy maqsadlarini amalga
oshirishga harakat qilganlar.
Markaziy Osiyodagi Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi
(BDSB) Muxtor vakili qoshidagi Alohida kengashining 1931 yil 23 sentyabrdagi
qaroriga koʻra:
1899 yilda Toshkent shahrida tugʻilgan, millati oʻzbek,
SSRI fuqarosi, maʻʻmumotli, oilali, muqaddam sudlangan, Toshkent shahrida yashagan
Fuzailov Sagdulla;
1897 yilda Toshkent shahrida tugʻilgan, millati oʻzbek,
SSRI fuqarosi, maʻʻmumoti oliy, oilali, sobiq tadbirkor, Toshkent shahrida yashagan
Arifxodjaev Ilxam;
1911 yilda Toshkent shahrida tugʻilgan, millati oʻzbek,
SSRI fuqarosi, maʻʻmumotli, sobiq tadbirkor, muqaddam sudlangan, Toshkent shahrida
yashagan Ziyaxodjaev Madjid;
1911 yilda Toshkent shahrida tugʻilgan, millati oʻzbek,
SSRI fuqarosi, maʻʻmumotli, Toshkent shahrida yashagan Ziyaxodjaev Xamid;
1911 yilda Toshkent shahrida tugʻilgan, millati oʻzbek,
SSRI fuqarosi, maʻʻmumotli, Toshkent shahrida yashagan Axmedov Djura Oʻzbekiston SSR
Jinoyat kodeksining 67-moddasi (yashirin kontrrevolyutsion tashkilotni tuzish) bilan
aybdor deb topilib, S.Fuzailov, I.Arifxodjaevlar 3 yil muddatga ozodlikdan
mahrum qilish jazosi tayinlangan (kontslagerʻ) hamda M.Ziyaxodjaev, X.Ziyaxodjaev,
D.Axmedovlarga dastlabki tergov davomida qamoqda boʻlishgani sababli, jazodan
ozod etilgan.
Markaziy Osiyodagi Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi
Muxtor vakili qoshidagi Alohida kengashining qaroriga koʻra, yuqorida nomlari qayd
etilgan shaxslar 1930 yilda «EKFB» (Ekapchilar Birligi) kontrrevolyutsion
tashkilotiga aʻʻzo boʻlib, sovet hukumatiga qarshi yashirin ravishda faoliyat olib
borishgan.
Markaziy Osiyodagi Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi
(BDSB) Muxtor vakili qoshidagi Uchlik kengashining 1930 yil 5 maydagi qaroriga
koʻra:
1872 yilda Qoraqalpogʻiston avtonom viloyati, Kipchoq
tumanida tugʻilgan, millati qozoq, SSRI fuqarosi, maʻʻlumotga ega emas, oilali, 2
nafar farzandi bor, Qoraqalpogʻiston avtonom viloyati, Kipchoq tumani №9-sonli
ovulda yashagan Tyuraxodja Kalimbetov;
1872 yilda Qoraqalpogʻiston avtonom viloyati, Kipchak
tumanida tugʻilgan, millati qozoq, SSRI fuqarosi, maʻʻlumotga ega emas, oilali,
molboqar, Qoraqalpogʻiston avtonom viloyati, Kipchoq tumani №9-sonli ovulda yashagan
Shila Davlet;
1905 yilda Qoraqalpogʻiston avtonom viloyati, Kipchoq
tumanida tugʻilgan, millati qozoq, SSRI fuqarosi, maʻʻlumotga ega emas, oilali,
dehqon, Qoraqalpogʻiston avtonom viloyati, Kipchoq tumani №9-sonli ovulda yashagan
Nasratdin Sadulla;
1860 yilda Qoraqalpogʻiston avtonom viloyati, Kipchoq
tumanida tugʻilgan, millati qozoq, SSRI fuqarosi, maʻʻlumotga ega emas, oilali,
dehqon, Qoraqalpogʻiston avtonom viloyati, Kipchoq tumani №9-sonli ovulda yashagan
Akmamet Sadubay Ishan;
1867 yilda Qoraqalpogʻiston avtonom viloyati, Kipchoq
tumanida tugʻilgan, millati qoraqalpoq, SSRI fuqarosi, maʻʻlumotga ega emas,
oilali, dehqon, Qoraqalpogʻiston avtonom viloyati, Kipchoq tumani №9-sonli ovulda
yashagan Sara Xodjakeev;
1964 yilda Qoraqalpogʻiston avtonom viloyati, Kipchoq
tumanida tugʻilgan, millati qozoq, SSRI fuqarosi, maʻʻlumotga ega emas, oilali,
diniy va dehqonchilik faoliyati bilan shugʻullangan, Qoraqalpogʻiston avtonom
viloyati, Kipchoq tumani №9-sonli ovulda yashagan Bekmanov Adabay;
1900 yilda Qoraqalpogʻiston avtonom viloyati, Kipchoq
tumanida tugʻilgan, millati qozoq, SSRI fuqarosi, maʻʻlumotga ega emas, oilali,
dehqon, Qoraqalpogʻiston avtonom viloyati, Kipchoq tumani №8-sonli ovulda yashagan
Naizeev Djamil;
1895 yilda Qoraqalpogʻiston avtonom viloyati, Kipchoq
tumanida tugʻilgan, millati qozoq, SSRI fuqarosi, maʻʻlumotga ega emas, oilali,
dehqon, Qoraqalpogʻiston avtonom viloyati, Kipchoq tumani №8-sonli ovulda yashagan
Daumbetov Seitnazar;
1894 yilda Qoraqalpogʻiston avtonom viloyati, Kipchoq
tumanida tugʻilgan, millati qozoq, SSRI fuqarosi, maʻʻlumotga ega emas, oilali,
dehqon, Qoraqalpogʻiston avtonom viloyati, Kipchoq tumani №8-sonli ovulda yashagan
Yusup Axun Xodjaev;
1902 yilda Qoraqalpogʻiston avtonom viloyati, Kipchoq
tumanida tugʻilgan, millati qozoq, SSRI fuqarosi, maʻʻlumotga ega emas, oilali,
dehqon, Qoraqalpogʻiston avtonom viloyati, Kipchoq tumani №9-sonli ovulda yashagan
Pirnazar Kaatan;
1885 yilda Qoraqalpogʻiston avtonom viloyati, Kipchoq
tumanida tugʻilgan, millati qozoq, SSRI fuqarosi, maʻʻlumotli, oilali, dehqon,
Qoraqalpogʻiston avtonom viloyati, Kipchoq tumani №9-sonli ovulda yashagan Biyxodja
Kalimbetov;
1897 yilda Qoraqalpogʻiston avtonom viloyati, Kipchoq
tumanida tugʻilgan, millati qozoq, SSRI fuqarosi, maʻʻlumotga ega emas, oilali,
dehqon, Qoraqalpogʻiston avtonom viloyati, Kipchoq tumani №9-sonli ovulda yashagan
Djababergen Kadirbergenov;
1898 yilda Qoraqalpogʻiston avtonom viloyati, Kipchoq
tumanida tugʻilgan, millati qozoq, SSRI fuqarosi, maʻʻlumotga ega emas, oilali,
dehqon, Qoraqalpogʻiston avtonom viloyati, Kipchoq tumani №9-sonli ovulda yashagan
Musa Kadirbergenov;
1911 yilda Qoraqalpogʻiston avtonom viloyati, Kipchoq
tumanida tugʻilgan, millati qozoq, SSRI fuqarosi, maʻʻlumotga ega emas, oilali,
dehqon, Qoraqalpogʻiston avtonom viloyati, Kipchoq tumani №9-sonli ovulda yashagan
Gaib Shardjanov;
1904 yilda Qoraqalpogʻiston avtonom viloyati, Kipchoq
tumanida tugʻilgan, millati qozoq, SSRI fuqarosi, maʻʻlumotga ega emas, oilali,
dehqon, Qoraqalpogʻiston avtonom viloyati, Kipchoq tumani №9-sonli ovulda yashagan
Abaydulla Raushanov;
1882 yilda Qoraqalpogʻiston avtonom viloyati, Kipchoq
tumanida tugʻilgan, millati qoraqalpoq, SSRI fuqarosi, maʻʻlumotga ega emas,
oilali, dehqon, Qoraqalpogʻiston avtonom viloyati, Kipchoq tumani №9-sonli ovulda
yashagan Bekbergen Toshanov RSFSR Jinoyat kodeksining 58.8 va 58.11-moddalari
(kontr-revolyutsiya maqsadlarida terrorchilik aktini sodir etish, ishchilar sinfi va
revolyutsion harakatlarga faol qarshi kurashish) bilan aybdor deb topilib, mol-mulki
konfiskatsiya qilingan holda Sh. Davlet, T.Kalimbetov, S.Xodjakeevlarga otuv,
S.Nasradin, B.Kadimbetov, D.Kadirbergenov, M.Kadirbergenov, G. Sharjanov,
S.Akmamet, A.Bekmanov, D.Nayzeev, S.Daumbetov, Yu.Xodjaev, K.Pirnazar,
A.Raushanov, B.Toshanovlar turli yillarga ozodlikdan mahrum qilish jazosi
tayinlangan.
Markaziy Osiyodagi Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi
(BDSB) Muxtor vakili qoshidagi Uchlik kengash qaroriga koʻra, T.Kalimbetov va
boshqalar yillar davomida Qoraqalpogʻiston avtonom viloyati, Kipchoq tumanida
kontrevolyutsiyaviy sovet ittifoqiga qarshi faoliyat olib boruvchi terroristik guruh
tuzib, uning faoliyatiga rahbarlik qilish hamda Turkiston SSR va Qoraqalpogʻiston
avtonom viloyati hududidagi Djunaidxon boshchiligidagi boshqa isyonchi guruhlar bilan
aloqa qilish hamda Qipchoq tumanidagi №9-sonli ovuldagi sovet hokimiyatini qurol
bilan agʻdarib oʻzini-oʻzi Xon deb eʻʻlon qilishga urunishda ayblanishgan.