07.05.2024 10:00

HAMAS Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatish shartlarini qabul qildi

Gʻazodagi HAMAS raisi oʻrinbosari Xalil al-Hayya Misrdagi vositachilar tomonidan taqdim qilingan takliflarni ochiqladi. Unga koʻra:

▪️Taqdim etilgan taklifning har biri 42 kun davom etadigan 3 bosqichni oʻz ichiga oladi.

▪️Taklif Gʻazo sektoridan qoʻshinlarni toʻliq olib chiqish, koʻchirilganlarni qaytarish va asirlarni almashishni oʻz ichiga oladi.

▪️Taklifning birinchi bosqichida ishgʻolchilar Gʻazo sektori ichidagi chegaraga tutash hududlarga chekinadilar.

▪️Birinchi bosqichda koʻchirilganlarni qaytarish va bir nechta mahbuslarni almashish kiradi

▪️Ikkinchi bosqichda taklif harbiy va dushmanlik amaliyotlarini butunlay toʻxtatish toʻgʻrisida aniq eʻʻlon qilishni oʻz ichiga oladi.

▪️Biz vositachilarga oʻt ochishni toʻliq toʻxtatish taklifi boʻyicha oʻz pozitsiyamiz haqida maʻʻlum qildik.

▪️Videochilar bizga AQSh prezidenti kelishuvning bajarilishini taʻʻminlash tarafdori ekanligini aniq aytishdi.

▪️Toʻp hozir Isroil maydonida.


Mavzuga aloqador