Livandagi soʻnggi vaziyat qanday?
Isroil Livanga quruqlikdan va havodan hujumlar uyushtirmoqda. Soʻnggi 24 soat ichida Isroil hujumlari natijasida 95 kishi halok boʻldi, 172 kishi jarohatlandi. Hizbulloh ham javob zarbalarini berdi – muhim xabarlar.
Isroil
armiyasi Livanga hujumlarini davom ettirmoqda. Livan janubidagi qishloq va
shaharlar, shuningdek, Bekaa, Baalbek va poytaxt Bayrutga hujumlar uyushtirdi.
Soʻnggi 24 soat ichida 95 kishi halok boʻlgan, 172 kishi jarohatlangan.
Kecha
tunda TsAXALning 98-diviziya boʻlinmalari, 7-brigada kommandoslari, desantchilari
va zirhli texnikalari Livan hududiga bostirib kirdi.
Mahalliy
OAV xabariga koʻra, Isroil zirhli kuchlari va Hizbulloh boʻlinmalari oʻrtasida
shiddatli otishmalar davom etmoqda.
Livan
armiyasi va BMT tinchlikparvar kuchlari Isroil bilan chegaradagi bir qancha
pozitsiyalaridan qoʻshinlarini olib chiqishni boshladi.
Livandagi
Hizbulloh harakati Isroil tomon 40 dan ortiq raketa uchirdi.
The
Jerusalem Post gazetasi 25 sentyabrʻ kuni Livan Isroilning “vaʻʻda qilingan
erlari”ning bir qismi ekani haqidagi maqolani chop etib, keyin tezda oʻchirib
tashladi. Mazkur maqola jamoatchilik oʻrtasida bahs-munozaralarga sabab boʻldi.
Koʻpchilik nashrni diniy asoslar niqobi ostida ekspansionistik gʻoyalarni targʻib
qilishda aybladi.
Amerikalik
senator Mark Kelli Isroil oʻtgan hafta Bayrutda Hizbulloh etakchisi Hasan
Nasrullohni oʻldirish uchun qoʻllagan 900 kilogrammli bombalar Amerikada ishlab
chiqarilgan boshqariladigan qurollar ekanini taʻʻkidladi. JDAM navigatsiya tizimiga
ega MK-84 aqlli bombalari Isroil tomonidan tinch aholi nishonlariga, jumladan,
Gʻazodagi 500 ga yaqin odam halok boʻlgan Al-Ahli Baptistlar kasalxonasiga va
falastinlik qochqinlar lagerlariga hujumlarda ishlatilgan.
30
sentyabrʻ kuni kechqurun TsAXAL Livan bilan chegaradagi uchta – Metula, Misgav-Am va
Kfar-Giladi aholi punkti atrofidagi hududni yopiq harbiy zona deb eʻʻlon qildi. Ushbu
hududga kirish taqiqlangan.