Xalqaro hayot

  • 24 yil deganda Shimoliy Koreyaga borgan Putin Kim bilan nimalarga kelishdi?

    18 iyunʻ kuni tunda Rossiya prezidenti Vladimir Putin davlat tashrifi bilan Shimoliy Koreyaga bordi. Uni aeroportda shaxsan KXDR davlat rahbari Kim Chen In kutib oldi. Ertasi kuni Putin va Kim ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish toʻgʻrisidagi bitimni imzolashdi. Ushbu hujjat ishtirokchilardan biriga tajovuz sodir boʻlgan taqdirda oʻzaro yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.

    Davomini o'qish...
    887
    19.06.2024 15:53
  • Bombalanayotgan Gʻazo: 257-kunning asosiy voqealari

    Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 257 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

    Davomini o'qish...
    670
    19.06.2024 14:29
  • Bayden yarim million muhojirga fuqarolik bermoqchi

    AQSh prezidenti Jo Bayden amerikaliklar bilan turmush qurgan muhojirlarga fuqarolik berish jarayonini osonlashtiruvchi yangi qoidalarni eʻʻlon qildi. Unga koʻra, ariza berish jarayoni doirasida mamlakatni tark etish talabi bekor qilinadi. Ushbu engillik ortidan kamida 500 ming muhojir AQSh fuqaroligini olishi kutilmoqda.

    Davomini o'qish...
    705
    19.06.2024 11:40
  • Qozogʻiston Ukraina boʻyicha tinchlik sammitiga bormagani sababini aytdi

    Qozogʻiston TIV vakili Oybek Smadiyarovning maʻʻlum qilishicha, qoʻshni davlat xalqaro tadbirlar jadvali tigʻizligi sabab Shveytsariyada boʻlib oʻtgan tinchlik sammitida ishtirok etolmagan. U rasmiy Ostonaning yakuniy deklaratsiyaga qoʻshilish imkoniyatlari haqidagi savolga javob bera turib, "sammitda ishtirok etmagani uchun, bu borada hech nima deya olmasligi"ni qoʻshimcha qilgan. Maʻʻlumot uchun, Shveytsariyaning Byurgenstok shahrida boʻlib oʻtgan sammitda 90 dan ortiq davlat va toʻrtta tashkilot vakillari ishtirok etdi. Kommyunikeni 92 davlatdan 80 tasi imzoladi. Sammitda Xitoy va Rossiya vakillari ham qatnashmadi.

    Davomini o'qish...
    915
    19.06.2024 10:01
  • Saudiyada Haj vaqtida 14 ziyoratchi halok boʻldi

    Iordaniya TIV Haj safari chogʻida “14 nafar mamlakat fuqarosi halok boʻlib, yana 17 nafari bedarak yoʻqolgani”ni maʻʻlum qildi. Ularning oʻlimi gʻayritabiiy jazirama va suvsizlanish oqibatida yuz bergani aytilmoqda. Maʻʻlumot uchun, bu yilgi haj uchun kutilayotgan iqlim Makka va Madinadagi oʻrtacha harorat meʻʻyoridan 1,5-2 darajaga [Tselʻsiy boʻyicha] balandroq boʻlishi prognoz qilingan edi. Saudiya Sogʻliqni saqlash vazirligi havo harorati keskin koʻtarilishi sabab ziyoratchilardan soat 11:00 dan 15:00 gacha ochiq havoda boʻlmaslikni soʻragan.

    Davomini o'qish...
    696
    19.06.2024 08:52
  • Maxfiy uchrashuv: arab davlatlari Isroilni himoya qiladigan boʻldi

    Oʻtgan hafta AQSh Gʻazoda davom etayotgan genotsid fonida Isroil va arab generallari bilan yashirin uchrashgani maʻʻlum boʻldi. Unda Iordaniya, Misr, Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Bahrayn, BAA generallari, shuningdek, AQSh Markaziy qoʻmondonligi (CENTCOM) qoʻmondoni Maykl Kurilla hamda bosqinchi davlat shtab boshligʻi Gertsi Xalevi ishtirok etgan. Arab davlatlari razvedka maʻʻlumotlarini almashish hamda Isroilga qarata otilgan raketa va dronlarni urib tushirish vazifasini olgan.

    Davomini o'qish...
    1868
    19.06.2024 07:10
  • Isroil Livanga bostirib kirish bilan tahdid qilmoqda

    Oʻtgan hafta kuchli oʻqqa tutilgan Isroil armiyasi matbuot kotibi Danielʻ Hagari Isroil Hizbullohga qarshi quruqlikdan hujum boshlashi mumkinligini aytib chiqdi. Uning iddaosicha, qarshilik harakatining kuchayib borayotgan hujumi sionistlarni shunga "majbur qilyapti". Maʻʻlumot uchun, oldinroq ishgʻolchi davlat Livan guruhi qoʻmondonlaridan biri Tolib Abdullohni oʻldirgandi. Qarshilik harakati bunga javoban bosqinchilarga qarata 200 dan ortiq raketa uchirdi.

    Davomini o'qish...
    911
    18.06.2024 16:08
  • Rossiya Qozogʻistonda rus maktablarini quradi

    Rossiya Qozogʻistonda rus maktablarini qurish boʻyicha kelishuvga erishdi. RF Davlat dumasi raisining birinchi oʻrinbosari Aleksandr Jukovga koʻra, mamlakatda uchta maktab qurilishi boʻyicha loyiha tasdiqlangan. Maʻʻlumot uchun, joriy yilning fevralida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Federal Majlisga qilgan murojaatida xorijda rus tilini targʻib qilishni kuchaytirishni buyurgandi.

    Davomini o'qish...
    810
    18.06.2024 15:00
  • Bombalanayotgan Gʻazo: 256-kunning asosiy voqealari

    Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 256 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

    Davomini o'qish...
    688
    18.06.2024 13:30
  • Isroil bosh vaziri harbiy hukumatni tarqatib yubordi

    Isroil bosh vaziri Binʻyamin Netanʻyaxu HAMAS qarshilik harakatining sionistlarga hujumidan soʻng tuzilgan harbiy vazirlar mahkamasini tarqatib yubordi. Tegishli qaror Isroil sobiq mudofaa vaziri Benni Gants harbiy vazirlar mahkamasidan isteʻʻfoga chiqishini eʻʻlon qilganidan keyin qabul qilingan. Uning ortidan Isroil mudofaa kuchlari bosh shtabi sobiq boshligʻi Gadi Ayzenkot ham harbiylar kabinetini tark etgan.

    Davomini o'qish...
    729
    18.06.2024 09:27