Bombalanayotgan Gʻazo: 257-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 257 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
▪️ Bosqinchilar
Rafahdagi Nusayrat lageri, Dayr al-Balah va qochqinlar joylashgan chodirlarga hujum qilib, oʻnlab odamlarni
oʻldirdi. Urush
boshlanganidan buyon 37372 kishi shahid boʻldi.
▪️ Gʻarbiy
Sohilda Jenin va Qalqilyada qarshilik jangchilari bosqinchilar bilan jangga
kirishdi. 4 falastinlik shahid boʻldi.
▪️ Nuseyrat
yana yonmoqda: Shu soatlarda kuchli havo hujumlari, tutunli bombalar va turar-joy
binolariga uchuvchisiz samolyotlar hujumlari uyushtirilmoqda.
▪️ Kamal Advan kasalxonasining
akusherlik boʻlimi mudiri Iyad al-Rantisi va uning hamkasbi Adnan al-Barsha hibsga
olinganlaridan bir hafta oʻtib ishgʻol qamoqxonasida oʻldirilgan. Bosqinchilar
qoʻlida 310 shifokor asirga olingan.
▪️ Axios: Oq uy Isroil bilan Eron boʻyicha yuqori darajadagi
uchrashuvni bekor qildi.
▪️Edvard Snouden: Netanyaxuning Baydenni tanqid qilgan
videosi Tramp reklamalari haqida gapiradi.
▪️AQSh maxsus elchisi: Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatish Livan bilan
chegaradagi keskinlashuvga chek qoʻyishga olib keladi.
▪️Gʻazo hukumati: AQSh gumanitar yordam etkazilishining oldini
olishda ishtirok etmoqda.