Rossiya Qozogʻistonda rus maktablarini qurish boʻyicha kelishuvga erishdi. Bu haqda RF Davlat dumasi raisining birinchi oʻrinbosari Aleksandr Jukov maʻʻlum qildi.

“Biz Qozogʻistonda uchta rus tilidagi maktab qurish loyihasi boʻyicha kelishuvga erishdik. Shuningdek, biz Rossiya Federatsiyasi hududida taʻʻlimi qozoq tilida olib boriladigan maktablar barpo etilishiga ham qarshi emasmiz”, – degan Jukov.

Maʻʻlumot uchun, joriy yilning fevralida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Federal Majlisga qilgan murojaatida xorijda rus tilini targʻib qilishni kuchaytirishni buyurgandi. U hukumatga rus tili va Rossiya madaniyatini targʻib qilish sohasidagi dasturlarni moliyalashtirishni koʻpaytirish boʻyicha topshiriq bergan.

Bundan tashqari, Putin may oyidagi Oʻzbekistonga tashrifi davomida ham rus tili boʻyicha ishlarni faollashtirish masalasini koʻtargandi.

Mavzuga aloqador