18.06.2024 16:08

Isroil Livanga bostirib kirish bilan tahdid qilmoqda



Livandan davom etayotgan hujumlar Isroilni Hizbullohga qarshi quruqlikdan operatsiya boshlashga majbur qilyapti. Bu haqda oʻtgan hafta kuchli oʻqqa tutilgan Isroil armiyasi matbuot kotibi Danielʻ Hagari aytib oʻtdi. 

"Hizbullohning kuchayib borayotgan hujumi bizni Livan va butun mintaqa uchun halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin boʻlgan kengroq miqyosdagi eskalatsiyaga undayapti", degan Hagari.

May oyi boshidan beri Hizbulloh va Isroilning chegara boʻylab toʻqnashuvlari kuchaydi. Ishgʻolchi davlat oʻtgan hafta Livan guruhi qoʻmondonlaridan biri Tolib Abdullohni nishonga oldi va u jangovar harakatlar paytida sionistlar tomonidan oʻldirilgan Hizbullohning eng yuqori martabali amaldori hisoblanadi.

Bunga javoban Hizbulloh Isroil shimolida yirik raketa hujumi uyushtirdi – 12 iyunʻ kuni bosqinchilarni 200 dan ortiq raketalari bilan dovdiratib qoʻydi.

Shundan soʻng BMTning Livan boʻyicha maxsus koordinatori Janin Xennis-Plasshert va BMT tinchlikparvar kuchlari rahbari Arolʻdo Lazaro vaziyat keskinlashganidan "chuqur xavotirda" ekanliklarini bildirdi.

AQSh rasmiylari ham Isroil va Livan oʻrtasida keng koʻlamli urush boshlanishi ehtimolidan qoʻrqyapti. Jumladan, ikki tomonni murosaga chaqirish uchun AQSh prezidenti Jo Baydenning katta maslahatchisi Amos Xoxshteyn Bayrut va Telʻ-Aviv sari yoʻl oldi.

Mavzuga aloqador