Xalqaro hayot
Misr Gʻazo sektoriga tinchlikparvar kuchlarini yuborishga tayyor
Rasmiy Qohira Isroil armiyasi oʻz qoʻshinlarini toʻliq olib chiqib ketishi sharti bilan Gʻazo sektoriga kiradigan BMT boshchiligidagi arab kuchlari kontingentiga oʻz harbiylarini qoʻshishga tayyor.
Davomini o'qish...79221.06.2024 09:31Mashhur MMA jangchisi Jeff Monson Islomni qabul qildi
Asosan musulmonlar yashaydigan davlatlarda islomiy qadriyatlar taqiqlanayotgan bir paytda, Islom dinidagi goʻzal odatlardan taʻʻsirlangan MMA jangchisi Jeff Monson musulmon boʻldi. Monson shahodat kalimasini aytishidan oldin nega bunday qarorga kelganini tushuntirdi. Uning aytishicha, jangchi butun umri davomida Xudoni izlagan, koʻp sayohatlar qilgan, turli diniy taʻʻlimotlarni oʻrgangan. Nihoyat Islom diniga duch kelgach, Haqni topganini anglagan. Shuningdek, Monson yovuz dushman bilan kurashayotgan falastinliklarning bardoshiga qoyil qolganini ham yashirmagan.
Davomini o'qish...564221.06.2024 08:54Tojikistonda hijob va bolalarning hayit bayramlarini nishonlashi taqiqlandi
Tojkiston parlamentining yuqori palatasi qonunchilikka hijob hamda Islomning ikki bayrami – Ramazon va Qurbon hayitlarida bolalarning “Idgardak”anʻʻanaviy bolalar sayllarini nishonlashni taqiqlovchi tuzatishlarni maʻʻqulladi.
Davomini o'qish...173121.06.2024 07:33Shimoliy Koreyada Putinning vazirlari muzokaralar zalidan "haydaldi"
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Pxenʻyanga tashrifi chogʻida hamrohlik qilgan delegatsiya aʻʻzolari muzokaralar xonasidan chiqarib yuborildi. Rossiyalik mulozimlar zalga Shimoliy Koreya etakchisi Kim Chen Indan oldin kirgani KXDR protokol xizmatini gʻazablantirgan. Shimoliy Koreya davlat matbuoti va Rossiya kanallari orqali jonli efirda namoyish etilgan kutilmagan vaziyatdan soʻng, tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, bosh vazir oʻrinbosarlari, mudofaa, sogʻliqni saqlash vazirlari va Roskosmos rahbari zaldan chiqib ketishga majbur boʻlgan.
Davomini o'qish...129820.06.2024 16:10Bombalanayotgan Gʻazo: 258-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 258 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Davomini o'qish...70620.06.2024 14:51Demokratiya niqobi yirtilmoqda: Frantsiyada jurnalist hibsga olindi
Islomga qarshi qaratilgan hujumlarni erkinlikka yoʻyadigan Frantsiyada Exxelia kompaniyasi binosi oldida Isroilga qurol sotishga qarshi namoyishni yoritayotgan jurnalist hibsga olindi. Bu ham etmaganidek, xabar manbalarini himoya qilish uchun politsiyaga telefon parolini aytmagani uchun jurnalistning qamoq muddati uzaytirilgan.
Davomini o'qish...72420.06.2024 14:09Husiylar rus koʻmiri ortilgan yuk kemasini choʻktirib yuborgani aytilmoqda
Husiylar Gretsiyaga tegishli rus koʻmiri ortilgan Tutor yuk kemasini Qizil dengizda choʻktirib yubordi. Bu haqda Buyuk Britaniya dengiz savdo idorasi maʻʻlum qildi. 82 ming tonnagacha yuk tashishga qodir kema Rossiyaning Ustʻ-Luga portidan (Leningrad viloyati) Iordaniyaga qarab suzayotgan boʻlgan.
Davomini o'qish...99320.06.2024 12:21Iordaniyadagi AQSh harbiylari soni rekord miqdorga etdi
AQSh Iordaniyaga 3813 askarini joylashtirdi – bu dekabrʻ oyiga nisbatan qariyb 20 foizga koʻp. Amerika askarlari sonining ortishi Isroilning Gʻazodagi qirgʻini fonida yuz bermoqda. Taʻʻkidlanishicha, bu Iordaniyani AQSh va Eron oʻrtasidagi toʻqnashuvlar nuqtasiga aylantirishi mumkin. Amerikalik harbiylar mamlakatdagi harbiy obʻʻektlarga toʻsiqsiz kirish imkoniga ega.
Davomini o'qish...104220.06.2024 10:57Britaniya Gʻazodagi qatliom sabab Isroilga qurol sotishni keskin kamaytirdi
Gʻazodagi qatliomdan soʻng Buyuk Britaniya Isroilga qurol sotishni keskin kamaytirdi. Qayd etilishicha, qurol eksporti boʻyicha berilgan ruxsatnomalarning soni urushdan oldingi koʻrsatkichga nisbatan 95 foizga tushgan. Shunga qaramay, tashqi siyosatda oʻzining ayyorona harakatlari bilan mashhur boʻlgan qirollik Gʻazo sektorida qirgʻinbarot urush boshlanganidan beri yahudiy davlatiga 100 dan ortiq qurol eksporti litsenziyasini tasdiqlagan.
Davomini o'qish...75320.06.2024 08:31Dunyoga hukmronlik vasvasasi: derjavalar yadroviy qurolga koʻproq pul sarflay boshladi
Yadro qurollaridan voz kechish boʻyicha xalqaro kampaniya (ICAN) hisobotida keltirilishicha, 2023 yilda 2022 yilga nisbatan global yadro quroli xarajatlari 10 milliard evroga oshgan. Jumladan, toʻqqizta yadroviy derjava 2023 yilda oʻz arsenallariga jami 85,4 milliard evro sarflagan. Bu mablagʻning 51,5 mlrd dollari AQSh hissasiga toʻgʻri kelmoqda. Ikkinchi oʻrinni Xitoy (11,8 mlrd dollar), uchinchi oʻrinni esa Rossiya (8,3 mlrd dollar) band qilib turibdi
Davomini o'qish...70719.06.2024 17:21