19.06.2024 07:10

Maxfiy uchrashuv: arab davlatlari Isroilni himoya qiladigan boʻldi



Oʻtgan hafta AQSh Gʻazoda davom etayotgan genotsid fonida Isroil va arab generallari bilan yashirin uchrashgani maʻʻlum boʻldi. Bu haqda "Axios" nashri oʻzining yuqori martabali manbalariga tayanib, xabar berdi.

Qayd etilishicha, yigʻilishda Iordaniya, Misr, Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Bahrayn, va Birlashgan Arab Amirliklari generallari, shuningdek, AQSh Markaziy qoʻmondonligi (CENTCOM) qoʻmondoni Maykl Kurilla hamda bosqinchi davlat shtab boshligʻi  Gertsi Xalevi ishtirok etgan.

Yigʻilishda Isroilga tashqi hujum boʻlgan taqdirda besh arab davlati Isroil va AQSh bilan razvedka maʻʻlumotlarini almashishga soʻz bergan. Ular bunday vaziyatda Isroilni ogohlantirish va himoya qilish vazifasini olgan.

"Iordaniya hamda Saudiyaga berilgan topshiriqlar sirasiga Eron, Iroq va Yamandan sionistlarga qarata otilgan raketa va dronlarni urib tushirish ham kiradi", degan AQSh rasmiylari nashrga.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Isroil Livanga bostirib kirish bilan tahdid qilgan edi.

Mavzuga aloqador