Saudiya Arabistonida Haj vaqtida Iordaniyadan  kelgan 14 nafar ziyoratchi vafot etdi. Bu haqda "Yeni Şafak" gazetasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Iordaniya Tashqi ishlar vazirligi Makkadagi haj safari chogʻida “14 iordaniyalik ziyoratchi halok boʻlib, yana 17 nafari bedarak yoʻqolgani”ni maʻʻlum qilgan. Aksariyat hollarda ziyoratchilarning oʻlimi gʻayritabiiy issiqlik va suvsizlanish oqibatida yuz berayotgani aytilmoqda.

Avvalroq, Saudiya Arabistoni Milliy meteorologiya markazi rahbari Ayman Gʻulom “bu yilgi haj uchun kutilayotgan iqlim Makka va Madinadagi oʻrtacha harorat meʻʻyordan 1,5-2 darajaga [Tselʻsiy boʻyicha] koʻtarilishi”dan ogohlantirgandi. Oʻtgan yilgi Haj mavsumida 2 ming nafardan ortiq ziyoratchi issiq urishidan aziyat chekkan.

Saudiya Sogʻliqni saqlash vazirligi havo harorati keskin koʻtarilishi sabab ziyoratchilardan soat 11:00 dan 15:00 gacha ochiq havoda boʻlmaslikni soʻragan.

Mavzuga aloqador