18.06.2024 13:30
689

Bombalanayotgan Gʻazo: 256-kunning asosiy voqealari

Bombalanayotgan Gʻazo: 256-kunning asosiy voqealari

Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 256 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

Bosqinchilar Nuseyrat va Burij lagerlaridagi turar-joy binolariga hujum qilib, yarmi bolalar boʻlgan 17 kishini oʻldirgan. Urush boshlanganidan buyon 37347 kishi shahid boʻldi.

 

Gʻarbiy Sohilda bosqinchilar Nablus, Erixo, Ramallah, Tulkarm, Xalil, Qalqilya va Baytlahmga hujum qilmoqda. Oʻnlab falastinliklar hibsga olindi. Ularni maktabga olib ketishdi, u erda hamon hibsda va soʻroq qilinmoqda. Hibsga olinganlar orasida bolalar ham bor.

 

Al-Qassam jangchilari Rafah hududida bosqinchilar bilan shiddatli jangga kirishdi. Bosqinchilar Rafah markaziga kirib borishga harakat qilmoqda.

 

Gʻazo hukumati: Isroil tajovuzi natijasida Gʻazoda halok boʻlgan jurnalistlar soni 151 kishiga etdi.

 

UNRVA rahbari: Gʻarbiy Sohilda qandaydir jimjit urush davom etmoqda va agar Gʻazodagi urush boʻlmaganida bunga koʻproq eʻʻtibor berilgan boʻlardi.

 

Associated Press: Gʻazo oilalari Isroil havo hujumlari natijasida kamida 25 aʻʻzosini yoʻqotgan 60 ta holatni topdik. Isroilning baʻʻzi hujumlari bir oilaning toʻrt avlodining hayotiga zomin boʻldi.

 

Mavzuga aloqador