20.06.2024 10:57

Iordaniyadagi AQSh harbiylari soni rekord miqdorga etdi

AQShning Iordaniyadagi harbiy kontingenti soni soʻnggi 20 yil ichida – sionistlar homiysi Iroqqa bostirib kirganidan beri eng yuqori darajaga etdi. Bu haqda TRT telekanali xabar berdi.

Qayd etilishicha, AQSh prezidenti Jo Bayden 7 iyunʻ kuni Kongressga Vashington Hoshimiylar qirolligi boshqaruvi ostidagi Iordaniyaga 3813 askarini joylashtirganini aytdi – bu dekabrʻ oyiga nisbatan qariyb 20 foizga koʻp.

Rasmiy maʻʻlumotlarga koʻra, AQShning Iordaniyadagi qoʻshinlari  sonining koʻpayishi Isroilning Gʻazodagi qirgʻini fonida yuz bermoqda, bu oʻz-oʻzidan mamlakatni AQSh va Eron oʻrtasidagi toʻqnashuvlar nuqtasiga aylantirishi mumkin.

Misol uchun, yanvarʻ oyida Iroqdan kelgan Eron tarafdorlari uchuvchisiz samolyotining Iordaniyadagi Tower 22 Amerika harbiy bazasiga hujumi natijasida uchta amerikalik askar halok boʻlgan va kamida 40 kishi jarohat olgan edi.

AQSh davlat kotibi Entoni Blinken oʻsha paytda yaqin Sharq kamida 1973 yildan beri eng "xavfli" nuqtaga aylanib borayotgani haqida jar solgandi.

Bunga javoban AQSh Iroq va Suriyadagi 85 ta obʻʻektga zarba berdi – ular Eron tarafdorlari va Eron inqilobiy gvardiyasiga tegishli ekani aytilgan.

Bundan tashqari Iordaniya Buyuk Britaniya, Frantsiya va AQSh bilan birgalikda Eronning Isroilga qarata otilgan snaryadlarini urib tushirishga yordam berganida ham jahon hamjamiyatining diqqat markazida boʻlgan edi.

Shuningdek, Iordaniya Misrdan keyin Isroil bilan tinchlik shartnomasini imzolagan ikkinchi davlat boʻldi. Qirollik uzoq vaqtdan beri AQSh uchun IShIDga qarshi kurashish va mintaqadagi manfaatlarni taʻʻminlash uchun barqaror tramplin vazifasini bajargan. Muvaffaq-Salti aviabazasi Amerika dronlari va qiruvchi samolyotlari uchun qarorgoh hisoblanadi.

Iordaniyada kamida 3000 nafar amerikalik harbiy xizmat qiladi hamda ular mamlakatning koʻplab harbiy obʻʻektlariga "toʻsiqsiz kirish" imkoniga ega.

Mavzuga aloqador