20.06.2024 14:09
725

Demokratiya niqobi yirtilmoqda: Frantsiyada jurnalist hibsga olindi

Demokratiya niqobi yirtilmoqda: Frantsiyada jurnalist hibsga olindi

Frantsiyada jurnalist Exxelia kompaniyasi binosi oldida Isroilga qurol sotishga qarshi namoyishni yoritish asnosida qoʻlga olindi. Bu haqda Yeni Şafak nashri xabar berdi.

Nashr manbalarining tasdiqlashicha, jurnalist politsiyaga xabar manbalarini himoya qilish uchun telefon parolini aytishdan bosh tortgani uchun uning qamoq muddati uzaytirilgan.

Chegara bilmas muxbirlar tashkiloti oʻzini erkinlik himoyachisi deb ataydigan mamlakatda axborot manbalari maxfiyligi buzilayotganidan xavotir bildirgan hamda hukumatdan jurnalistni ozod qilishni soʻragan.

Bundan tashqari, frantsuzlarning  "Blast" gazetasi jurnalistning hibsga olinishini “axborot olish erkinligiga nisbatan uyushtirilayotgan adolatsizlarcha hujum”, deb atagan.

Eslatib oʻtamiz, 2016 yilda gʻazolik oila  Exxelia'ga qarshi sudga murojaat qilib, kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan komponentlar sionistlar tomonidan uchirilayotgan raketalarda qoʻllanilayotganini aytib chiqqan edi.  Ular frantsuz kompaniyasini ishgʻolchilarning qotillik va urush jinoyatlariga sheriklikda ayblashgan.

Mavzuga aloqador