02.07.2024 08:40
Dushman provakatorlari Turkiyani nishonga olmoqda – Faxriddin Altun
Turkiya prezidenti devonining Axborot-kommunikatsiya boshqarmasi rahbari, professor Faxriddin Altun mamlakatdagi suriyalik qochqinlar bilan bogʻliq vaziyat haqida bayonot berdi. Unga koʻra, hukumat mamlakatda salbiy muhit yaratish va jamiyatda qochqinlarga nisbatan keskinlikni kuchaytirishga urinishlarni diqqat bilan kuzatib bormoqda.
“Turkiyaga dushman unsurlar boshchiligidagi ayrim doiralar tomonidan jamoat tartibini buzishga qaratilgan provokatsion harakatlar kuzatilmoqda. Albatta ular qora niyatlariga eta olmaydi”, degan Altun.
Uning taʻʻkidlashicha, davlat idoralari ijtimoiy tarmoqlar va boshqa platformalarda dezinformatsiyaga qarshi kecha-yu kunduz ishlamoqda.
Altun fuqarolarni ehtiyot boʻlishga va asossiz xabarlar taʻʻsiriga tushmaslikka chaqirgan. U kontentni tarqatishda notoʻgʻri maʻʻlumotlarning koʻlami va ehtimolini hisobga olish muhimligini aytib oʻtgan.
Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon qochqinlarga nisbatan ksenofobiya va nafrat uygʻotayotganlarni qoralagan edi.
Erdoʻgʻon Kayseridagi soʻnggi tartibsizliklarni “muxolifatning zaharli bayonotlari” bilan bogʻlab, vandalizm va zoʻravonlikni qabul qilib boʻlmasligini, shuningdek, uning partiyasi oʻz siyosatida kamsitish yoki nafrat soʻzlariga hech qachon toqat qilmasligini aytgan.