Xalqaro hayot
Falastin vatanparvarlaridan dunyoga 3 ta muhim xabar
Birinchidan, 7 oktyabrʻ hujumining meʻʻmorlaridan biri Yahyo Sinvarning hali hamon Gʻazoning turli qismida samarali kurash olib borayotganiga dalolat qiladi. Urush boshlanganiga bir yilga yaqinlashayotganiga qaramay, Isroil oʻzi va homiysi boʻlgan AQShning barcha ilgʻor harbiy, razvedka va josuslik qurollari bilan ham uni qoʻlga olib, oʻldira olmayapti. Bu Sinvar urush davrida HAMASni ichki va tashqi siyosatda boshqarishga qodir kuchli shaxs ekanini namoyon etadi – Xalqaro munosabatlar boʻyicha tadqiqotchi Mahmud Alluch maqolasida.
Davomini o'qish...96614.08.2024 17:27Britaniyada millatchilar etnik turkman ayoliga hujum qildi
Britaniyada “Pride of Britain” (“Britaniya faxri”) mukofotiga sazovor boʻlgan etnik turkman ayolga 20 yoshlar atrofidagi 3 yigit hujum qilib, kaltaklagan, uni haqoratlab, “musulmon yurtiga qaytib ketish”ni talab qilgan. Ishbilarmon ayol Maya Amangeldieva Turkmanistonda tugʻilgan, biroq uzoq yillardan beri Britaniyada yashaydi.
Davomini o'qish...61914.08.2024 16:34The Economist: Vashington uchta yadroviy mojaro roʻy berishidan qoʻrqmoqda
Pentagon Rossiyaning NATO davlatiga hujum qilib, Amerikani Evropa himoyasiga tortishi, soʻngra Xitoy Vashingtonning chalgʻishidan foydalangan holda Tayvanga bostirib kirishi hamda shu vaqtda Shimoliy Koreya Janubiy Koreyaga hujum qilishi bilan bogʻliq ehtimoliy voqealar rivojini modellashtirmoqda. Shu munosabat bilan AQSh prezidenti Jo Bayden maʻʻmuriyati "oʻn yillik chuqur qisqartirishlardan" soʻng shay holatga keltirilgan yadroviy kuchlarni koʻpaytirishga tayyorgarlik koʻra boshladi.
Davomini o'qish...60914.08.2024 15:38Bombalanayotgan Gʻazo: 313-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 313 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Davomini o'qish...62414.08.2024 14:06AQSh Isroiga 20 mlrd dollardan ziyodga qurol-yarogʻ va harbiy texnikalar sotishni maʻʻqulladi
AQSh Davlat departamenti Isroilga 19 mlrd dollarlik F-15 samolyotlari va jihozlarini, shuningdek, taxminan 774 mln dollarlik tank oʻq-dorilari va 583 mln dollarlik harbiy mashinalarni sotishni maʻʻqulladi. Boeing kompaniyasi F-15 qiruvchilarini bir necha yil davomida ishlab chiqarib, etkazib beradi. Tank oʻq-dorilari esa zudlik bilan topshiriladi.
Davomini o'qish...60414.08.2024 10:30Putin: Rossiya doim Isroil-Falastin mojarosini tinch yoʻl bilan hal etish tarafdori boʻlib kelgan
Falastin rahbari Mahmud Abbos Rossiyaga tashrif buyurib, RF prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashdi. Vladimir Putin uchrashuv chogʻida mintaqada uzoq muddatli, ishonchli, barqaror tinchlikni taʻʻminlash uchun BMTning barcha qarorlarini amalga oshirish va birinchi navbatda, toʻlaqonli Falastin davlatini yaratish zarurligini taʻʻkidladi. Oʻz navbatida, Mahmud Abbos Rossiya har doim qonun tarafida, haqiqat tarafida ekanligini va “Falastin xalqining eng aziz doʻstlaridan biri” ekanini aytdi.
Davomini o'qish...52914.08.2024 09:58Zelenskiy: Ukraina Rossiyaning Kursk viloyatidagi 74 ta aholi manzilini nazoratga oldi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ukrain qoʻshinlari Rossiyaning Kursk viloyati hududidagi operatsiyasi davom etayotgani, 6 avgustdan buyon RF hududidagi 74 ta aholi manzilini oʻz nazoratiga olganini maʻʻlum qildi. Ukrain armiyasi maʻʻlumotlariga koʻra, soʻnggi 24 soat ichida Ukraina qurolli kuchlari turli yoʻnalishlarda 1 kilometrdan 3 kilometrgacha oldinga siljigan.
Davomini o'qish...62014.08.2024 07:15Soxta yangiliklar zamonida tanqidiy fikr yuritish
Bugun dunyoning turli burchaklarida fitnalar, axborot urushlari avj olmoqda. Bunday murakkab sharoitda eng toʻgʻri yoʻl – axborotlarga nisbatan tanqidiy yondashish, maʻʻlumot manbalarini oʻrganish, bir gap bilan aytganda, axborot savodxonligiga erishishdir. Muqaddas dinimiz Islom avvalboshdan – hadis va oyatlar orqali dezinformatsiyaga qarshi kurashga oʻrgatgan. Biroq bu boradagi bilimlar bugunchalik dolzarb ahamiyat kasb etmagan.
Davomini o'qish...70613.08.2024 17:38Bangladeshning sobiq bosh vaziriga nisbatan qotillik boʻyicha ish qoʻzgʻatildi
Bangladeshning sobiq bosh vaziri Shayx Hasina va 6 nafar sobiq amaldorlarga nisbatan namoyishlar vaqtida Dakkada oziq-ovqat doʻkoni egasining oʻlimida ayblanib jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Mamlakatda Hasina maʻʻmuriyatining davlat xizmatiga kvota ajratish qaroriga qarshi namoyishlarda 600 ga yaqin fuqaro halok boʻlgan.
Davomini o'qish...57713.08.2024 16:43Pokiston Afgʻonistonning chegaradagi qishloqlariga hujumi uyushtirdi: 2 kishi halok boʻldi
Pokiston harbiylari Afgʻonistonning chegaradon Torxam shahrini minomyotlar bilan oʻqqa tutdi. Natijada ona va uning bolasi halok boʻldi, yana bir kishi jarohatlandi. Hujumga javoban “Tolibon” ham Pokistonning chegaradagi postlarini bombardimon qildi.
Davomini o'qish...61313.08.2024 14:39