Bombalanayotgan Gʻazo: 314-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 314 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
◾️Bosqinchilar Gʻazo markazi va
Nuseyrat lageri Xon Yunisga hujum qildi. 24 soat ichida 35 kishi shahid boʻldi. Urush
boshlanganidan buyon halok
boʻlgani rasman roʻyxatga olingan gʻazoliklar soni 39 965 nafarga etdi,
ularning 16 mingdan ziyodi - bolalar, 92 294 kishi jarohatlandi.
◾️Gʻarbiy Sohilda ishgʻolchilar Balat lageriga
bostirib kirdi. 2 kishi halok boʻldi, 5 kishi yaralandi. Xalilda fashistlar
falastinliklarni ommaviy
hibsga oldi. Nablusda esa
paygʻambar Yusufning qabriga bostirib kirishdi.
◾️Hizbulloh Beyt Xilel va Kiryat
Shmonadagi Isroil kazarmalariga Katyusha raketalarini uchirdi.
◾️Al-Qassam brigadalari Rafahdagi Indoneziya kasalxonasidagi bosqinchilarga hujum
qildi.
◾️BMT: Gʻarbiy Sohilda yaralangan
bolalar soni ortdi. 7 oktyabrdan buyon 1411 nafar bola bosqinchilar qoʻlidan oʻq
jarohati olgan.
◾️Isroil havo kuchlarining Livan
janubidagi Merk-Uyun shahriga uyushtirgan zarbasi oqibatida 2 kishi halok boʻldi, 4
kishi yaralandi.
◾️Kolumbiya universiteti
prezidenti Gʻazodagi urush yuzasidan bir necha oy davom etgan talabalar
noroziliklaridan soʻng isteʻʻfoga chiqdi.
◾️Avstraliyada taniqli pianinochi
Jeyson Gillxem 11 avgust
kuni Gʻazo sektorida jurnalistlarning oʻldirilishini qoralagani sababli Melʻburn simfonik orkestri (MSO)
uning boʻlajak
kontsertini bekor qildi.