15.08.2024 08:43
486
Tailand bosh vaziri muqaddam sudlangan shaxsni ishga olgani uchun lavozimidan ozod qilindi
Tailand Konstitutsiyaviy sudi mamlakat bosh vaziri Settha Thavisinni Vazirlar Mahkamasi xodimlari axloq kodeksini buzganlikda aybdor deb topdi, deya xabar qildi Bangkok Post.
Thavisinni ishdan boʻshatish toʻgʻrisidagi qarorga toʻqqiz sudʻyadan 5 nafari yoqlab ovoz berdi, 4 nafari qarshi chiqdi. Bosh vazir bilan birga uning kabineti ham isteʻʻfoga chiqadigan boʻldi.
Bir yildan kamroq vaqt davomida ishlagan siyosatchi ustidan Tailand parlamentining 40 nafar sobiq senatoridan iborat guruh shikoyat kiritdi.
Shikoyatda Thavisin joriy yil bahorida 2008 yilda korruptsiya ishi boʻyicha olti oyga qamalgan advokat Pichit Chuenbanni bosh vazir idorasi vaziri lavozimiga tayinlagani keltirilgan.
Tergov maʻʻlumotlariga koʻra, oʻshanda Chuenban ikki hamkasbi bilan birga Oliy sud xodimlari tushlik qutisiga 2 mln bat (57 ming dollar atrofida) solib, ularga pora bermoqchi boʻlgan. Bu uchovlon Tailand sobiq bosh vaziri Taksin Chinavat va uning rafiqasi manfaatlariga xizmat qilishgan.
Chuenban tayinlanganidan uch haftadan soʻng isteʻʻfoga chiqqan. Sobiq bosh vazir tadbirkor boʻlgani uchun vazirlik lavozimlariga tayinlovni tartibga soluvchi qoidalarni yaxshi bilmasligini taʻʻkidlagan. Biroq sud Chuenban ishi yaxshigina shov-shuv boʻlgani sababli bu bahonani qabul qilmadi.
Parlament yangi bosh vazirni saylagunga qadar uning vazifalarini bosh vazir oʻrinbosari Pumtam Vechayachay bajaradi.