15.08.2024 16:36

Shveytsariyada Sudanda tinchlik oʻrnatish boʻyicha muzokaralar boshlandi

Shveytsariyadagi nomaʻʻlum joyda yopiq eshiklar ortida AQSh shafeligida Sudan hukumatining ishtirokisiz ushbu mamlakatda tinchlik oʻrnatish boʻyicha 10 kunlik muzokaralar boshlandi. Muzokaralarda Saudiya Arabistoni, AQSh, Shveytsariya, BAA, Misr, Afrika Ittifoqi va BMT vakillari qatnashmoqda.

Shveytsariyadagi nomaʻʻlum joyda yopiq eshiklar ortida AQSh shafeligida Sudan hukumatining ishtirokisiz ushbu mamlakatda tinchlik oʻrnatish boʻyicha muzokaralar boshlandi. Muzokaralarni AQShning Sudan boʻyicha maxsus vakili Tom Perriello olib bormoqda, u sessiya ochilishidan keyin "qurollarni oʻchirish vaqti keldi", dedi.

10 kungacha davom etishi mumkin boʻlgan muzokaralar Shveytsariyadagi nomaʻʻlum joyda yopiq eshiklar ortida boʻlib oʻtmoqda. Unda ishtirok etayotgan Saudiya Arabistoni, AQSh, Shveytsariya, Birlashgan Arab Amirliklari, Misr, Afrika Ittifoqi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti vakillari muzokaralarning birinchi kunida qoʻshma bayonot eʻʻlon qildi. Bayonotda diplomatik saʻʻy-harakatlar Sudanda oʻt ochishni toʻxtatishga erishish va gumanitar yordam etkazilishini osonlashtirishga qaratilgani qayd etildi. Shuningdek, hujjatda ushbu saʻʻy-harakatlar "Jiddadagi oldingi muzokaralar natijalari, boshqa saʻʻy-harakatlar va xalqaro insonparvarlik huquqiga mos kelishi" taʻʻkidlandi.

Muzokaralarda Tezkor qoʻllab-quvvatlash kuchlari (RSF) delegatsiyasi ishtirok etar ekan, Sudan Qurolli Kuchlari (SAF) Vashington tomonidan tashkil etilgan formatdan norozi.

"Bizning maqsadimiz – harbiy harakatlarni toʻxtatish, gumanitar yordam olish imkoniyatini yaxshilash va aniq natijalarga olib keladigan ijro mexanizmlarini oʻrnatish uchun oldinga siljish", dedi Perriello.

2023 yil aprelʻ oyidan beri general Abdulfattoh Al-Burxon qoʻmondonligidagi Sudan armiyasi va uning sobiq oʻrinbosari Muhammad Hamdan Dagalo boshchiligidagi harbiylashtirilgan Tezkor qoʻllab-quvvatlash kuchlari (RSF) oʻrtasida urush davom etmoqda. Shafqatsiz mojaro dunyodagi eng dahshatli gumanitar inqirozlardan birini keltirib chiqardi.

Janglar natijasida mamlakatdagi har besh kishidan biri oʻz uyini tashlab ketishga majbur boʻldi, oʻn minglab odamlar halok boʻldi. Butun mamlakat boʻylab 25 milliondan ortiq odam - aholining yarmidan koʻpi keskin ochlikka duch kelmoqda.

“Chegara bilmas shifokorlar” (MSF) tibbiy xayriya tashkilotining Sudan dasturi rahbari Vittorio Oppizzi har ikki tomon ham xalqaro huquqni buzgan holda insonparvarlik yordamini manipulyatsiya qilayotganini bildirdi.

Mavzuga aloqador