15.08.2024 12:38

Rossiyada ajralishlar soni nikohlar sonidan oshib ketdi

Rossiyada joriy yilning dastlabki uch oyida 145 mingta nikoh va 160 mingta ajralish qayd etildi. Mutaxassislarning taʻʻkidlashicha, ajralishlarga moddiy muammolar emas, koʻproq er-xotin oʻrtasida ruhiy rishtalarning zaifligi, bir-biriga moslashish va muzokara oʻtkazish qobiliyatining yoʻqligi sabab boʻlmoqda. Shuningdek, 30 yoshgacha turmush qurganlar orasida ajrashish kamligi kuzatilmoqda.

Rosstat maʻʻlumotlariga koʻra, joriy yilning yanvarʻ-mart oylarida Rossiyada 145 mingta nikoh va 160 mingta ajralish qayd etilgan. Rossiya nikoh instituti inqirozini boshdan kechirmoqda. Mamlakatda eʻʻlon qilingan “Oila yilida ajralishlar soni nikohlar sonidan 3 foizga oshdi, yaʻʻni bugungi kunda har 100 nikohga 103 ta ajralish toʻgʻri kelmoqda, deb yozdi “Nakanune” nashri. 

Mutaxassislarning fikricha, ajrashishlar sababi faqatgina moliyaviy muammolarda emas.  Ajralishlar sonining koʻpayishida er va xotin oʻrtasida ruhiy rishtalarning yoʻqligi, oilaning har bir aʻʻzosidagi psixologik muammolar va kelishib keta olmaslik kabilar moddiy muammolardan kam rolʻ oʻynamayapti. 

Psixolog Anna Zakaidzening taʻʻkidlashicha, bugungi kunda odamlar bir-birining kamchiliklariga chidashga tayyor emaslar. Chunki ularning aksariyati 30 yoshdan keyin turmush qurishadi. Bu davrda har kim oʻz shaxsiy odatlarini allaqachon shakllantirgan boʻlib, ruhiyati moslashuvchanlikni qabul qilmaydi, kelishib, tinch-totuv yashash uchun muhim hisoblangan muzokara olib borish, kelishib ketish kabilarga toqatsiz boʻladi. Mutaxassis keltirgan statistik maʻʻlumotlarga koʻra, 30 yoshgacha turmush qurganlarda keyinroq ajrashish ehtimoli pastroq boʻladi.

“Nima uchun ajralishlar sodir boʻladi?  Statistik maʻʻlumotlar oʻzgarmoqda, masalaning moliyaviy tomoni aslida birinchi oʻrinda emas, birinchi navbatda tushunmovchilik, odamlar bir-birini eshita olmaydi. Har bir inson psixologik bilimga ega boʻlishi kerak, yangi turmush qurganlar oila qurishdan oldin oʻtadigan kurslar boʻlishi kerak”, - deydi psixolog.  Toʻlov va imtiyozlar koʻrinishidagi davlat yordamining salbiy tomoni, ekspertning fikricha, odamlar nafaqa olish uchun turmush qurishadi. Bu nimaga olib keladi? “Hozir bizda 20-25 yil birga yashaganlar orasida ajralishlar koʻp. Bolalar ulgʻaygach, ularni boshqa hech narsa ushlab turmaydi.

Statistik maʻʻlumotlarga koʻra, oilalarning 35 foizi bolalar tufayli ajralishmaydi. Bu nikohni ushlab turadigan narsa. Bolalar uyadan uchib chiqqach, sheriklar endi ularni hech narsa bogʻlamasligini tushunib etishadi”, - deydi ekspert. 

Mavzuga aloqador