Dunyoning koʻzga koʻringan ulamolari kelishgan holda Isroil va Amerika tovarlarini boykot qilish vojibligi toʻgʻrisida fatvo berdi. Fatvoda, jumladan, shunday deyiladi: Amerika mahsulotlarini sotib olish orqali uning rivojiga hissa qoʻshish ham Isroil mahsulotlarini sotib olish kabi taqiqlanadi. Bugun Amerika ikkinchi Isroildir! Agar AQShning sionistik tashkilotlarni toʻliq qoʻllab-quvvatlashi va tarafkashligi boʻlmaganida, Isroil mintaqada tajovuzni davom ettira olmagan boʻlardi. Amerikaning mablagʻi, qudrati va «veto»si koʻmagida Isroil xohlagan ishini qilmoqda. Muqobili boʻlaturib, Isroil yoki Amerika mahsuotlarini sotib oladigan har bir musulmon harom ishga, ochiq-oydin gunohga qoʻl urgan, Alloh huzurida baxtsizlik, odamlar orasida esa sharmandalilik yukini zimmasiga olgan boʻladi.