23.05.2024 15:33

Numan Kurtulmush: Turk dunyosi yangi kuch markaziga aylanadi


Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi Numan Kurtulmush Oʻzbekistonga tashrifi ajdodlar diyorida ekani uchun qulaylik hissi bilan kechayotganini maʻʻlum qildi. U Turk dunyosining birligi va rivojlanishi tinchlik va barqarorlikka hissa qoʻshishini taʻʻkidladi. “Turk dunyosining salohiyati, jumladan inson resurslari va tabiiy boyliklari, chuqur tarixiy va madaniy aloqalari kelajakda yangi kuch markaziga aylanishiga imkon beradi”, - dedi Kurtulmush.
Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi Numan Kurtulmush Oʻzbekistonga tashrifi ajdodlar diyorida ekani uchun qulaylik hissi bilan kechayotgani va delegatsiyasiga koʻrsatilgan samimiy mehmondoʻstlik uchun minnatdorlik bildirdi. Shuningdek Turk dunyosining birligi va rivojlanishining tinchlik va barqarorlikka hissa qoʻshishini taʻʻkidladi.
Turkiya parlamenti rahbari samarali muzokaralar haqida soʻzlab berdi, unda Turkiya va Oʻzbekiston munosabatlarini mustahkamlashga qaratilgan qadamlar muhokama qilindi.
U Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon va Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev oʻrtasidagi qardoshlik munosabatlari tufayli boshlangan bu qadamlar parlament tomonidan qoʻllab-quvvatlanishi muhimligini taʻʻkidladi.
Kurtulmush Oʻzbekistondagi islohotlarning muvaffaqiyatiga umid bildirdi, uning soʻzlariga koʻra, ilm-fan, sanʻʻat, madaniyat, adabiyot, texnologiya va innovatsiya sohalarida kuchli davlat barpo etilishiga olib keladi.  U Turkiya va Oʻzbekiston uzoq masofalarga qaramasdan yaqin hamkorlikni davom ettirishini, bu esa parlament diplomatiyasi tomonidan qoʻllab-quvvatlanishini taʻʻkidladi.
Shuningdek, Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasidagi munosabatlarni mustahkamlash xalqaro sohada har ikki davlatga ham manfaat keltirishi taʻʻkidlandi.  
“Turk dunyosining salohiyati, jumladan inson resurslari va tabiiy boyliklari, chuqur tarixiy va madaniy aloqalari kelajakda yangi kuch markaziga aylanishiga imkon beradi”, - dedi Kurtulmush.
Parlamentlar oʻrtasida ishchi guruh tashkil etilishi haqidagi savolga Turkiya parlamenti kelgusidagi qadamlarni muhokama qilish uchun ham Qonunchilik Majlisiga, ham Senatga vakillar tayinlashini aytdi. Uning qayd etishicha, 2017 yilda imzolangan shartnoma yangilanadi va uch parlament raislari kelgusi hamkorlikni muhokama qilish va qaror qabul qilish uchun uchrashadilar.
Eslatib oʻtamiz, Kurtulmush Qozogʻistonga tashrifi chogʻida turkiy xalqlar dunyo tinchligining kafolati ekanini taʻʻkidlagan edi.
“Turk dunyosining kuchayib borayotganidan hech kim tashvishlanmasin va oʻzini noqulay his qilmasin. Bu mintaqada asrlar davomida turli etnik va milliy guruhlar bilan tinch-totuv yashab kelayotgan turkiy jamoalar dunyo tinchligining kafolatidir”, - dedi u qozogʻistonlik talabalar bilan uchrashuvda.

Mavzuga aloqador