24.05.2024 11:17
Germaniya Netanyaxuni hibsga olishga tayyor
Germaniya Isroil bosh vaziri Benʻyamin Netanyaxuni Xalqaro Jinoyat Sudi (XJS) Gʻazo sektoridagi oʻn minglab falastinliklarning oʻlimiga sabab boʻlgan qonli urushdagi jinoyatlari uchun hibsga olish uchun order berganidan keyin Germaniya hududiga kelsa, hibsga olishini bildirdi.
Kantsler Olaf Sholtsning soʻzlariga koʻra, Berlin «albatta» XJSning potentsial buyrugʻini bajaradi, chunki u sudning «asosiy» tarafdori va "qonunni hurmat qiladi".
XJS prokurori Karim Xon shu hafta Netanyaxu, mudofaa vaziri Yoav Galant hamda HAMAS etakchilarini Gʻazo sektoridagi etti oylik urush davomida urush jinoyatlari va insoniyatga qarshi jinoyatlar uchun hibsga olish uchun order soʻragan.
Berlinning Isroil va HAMASga qarshi ayblovlarni "tenglashtirishning nojoʻyaligi" haqidagi tanqidiga qaramay, Germaniya Tashqi ishlar vazirligi XJS mustaqilligi va tartib-qoidalariga hurmatni eʻʻlon qildi. Muxolifatdagi SDU partiyasi hukumatning pozitsiyasini «janjal» deb qoraladi.
Taʻʻkidlash joizki, ayni paytda Germaniya Isroilni ashaddiy qoʻllab-quvvatlab, uni qurol-yarogʻ bilan taʻʻminlamoqda va mamlakatdagi falastinliklarning faolligini bostirmoqda.