24.05.2024 10:13
BMT 1995 yilda Srebrenitsadagi voqealarni genotsid deb tan oldi
BMT Bosh Assambleyasi 1995 yilda Srebrenitsadagi voqealarni genotsid deb tan olish va 11 iyulni Bosniyalik musulmonlar genotsidi qurbonlarini xotirlash kuni sifatida belgilash haqidagi rezolyutsiyani qabul qildi. Bosniya serblari qoʻshinlari BMT tomonidan “xavfsiz hudud” deb belgilangan Srebrenitsaga hujum qilganidan soʻng boshlangan genotsidda 8000 dan ortiq bosniyalik halok boʻldi. Ularning jasadlari mamlakatning 570 ta turli hududidan topilgan va qidiruv ishlari bugungi kungacha davom etmoqda.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 1995 yil 11 iyulda Bosniya va Gertsegovinaning Srebrenitsa shahrida sodir boʻlgan genotsidni xalqaro xotira kuni sifatida nishonlash toʻgʻrisidagi rezolyutsiyani qabul qildi. “1995 yildagi Srebrenitsa genotsidini xalqaro xotirlash va mulohaza qilish kuni” qarori loyihasini 84 nafar vakil yoqlab, 19 nafari qarshi ovoz bergan boʻlsa, 68 nafar vakil betaraf qoldi.
Bosniya va Gertsegovina, Germaniya va Ruanda tomonidan taqdim etilgan qonun loyihasiga qarshi ovoz bergan davlatlar qatorida Serbiyadan tashqari Xitoy, Rossiya, Suriya, Shimoliy Koreya, Vengriya va Belarus ham bor edi. Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich BMT Bosh Assambleyasida ovoz berishdan oldin vakillarni rezolyutsiyaga qarshi ovoz berishga taklif qildi.
Vuchichning taʻʻkidlashicha, bu qaror "Pandoraning qutisini ochadi". Srebrenitsa qonun loyihasidan keyin BMT Bosh Assambleyasi shunga oʻxshash oʻnlab qonun loyihalarini baholashi kerak boʻlishini iddao qilgan Serbiya rahbari qonun loyihasining tinchlikka hissa qoʻshmasligini aytdi.
Rezolyutsiyada ham Srebrenitsa genotsidining inkor etilishi soʻzsiz qoralanadi va aʻʻzo davlatlarni genotsidning inkor etilishi va buzib koʻrsatilishining oldini olishga chaqiriladi. Rezolyutsiya matnida, shuningdek, BMT Bosh kotibidan genotsidning 30 yilligini nishonlashni boshlash va “Genotsid va BMT Srebrenitsa” nomli axborot dasturini yaratishga chaqiriladi.
1995 yil 11 iyulda, Bosniya serblari qoʻshinlari BMT tomonidan “xavfsiz hudud” deb belgilangan Srebrenitsaga hujum qilganidan soʻng boshlangan genotsidda 8000 dan ortiq bosniyalik halok boʻldi. Ularning jasadlari mamlakatning 570 ta turli hududidan topilgan va qidiruv ishlari bugungi kungacha davom etmoqda.