24.05.2024 09:19

Angliyada hijobli musulmon ayol mer boʻldi


Angliyada birinchi marta musulmon ayol Sandvell qishlogʻi meri lavozimini egalladi, deb yozadi IslamNews YahooNews’ga tayanib. Kengash aʻʻzosi Saida Xatun 2024-25 yillarda Sandvell meri lavozimini egalladi, uning qasamyod qilish marosimi shu hafta boshida boʻlib oʻtdi.

Hijobli bangladeshlik musulmon ayol Saida Xatun ilk bor 1999 yilda Sandvell shahar kengashiga saylangan. Keyin u Midlands mintaqasida bunday lavozimga saylangan birinchi Bangladesh ayoliga aylandi.

2004 yilda u oʻz shahriga qilgan xizmatlari uchun mukofot bilan taqdirlangan. Qasamyod qabul qilish marosimida Saida Xatun hijobli musulmon ayol boʻlib, shahar hokimi lavozimini egallash oʻzi uchun katta sharaf ekanini aytdi.