Rossiya prezidenti Vladimir Putin 26—27 may kunlari Oʻzbekistonga tashrif buyuradi. Rossiya etakchisi bugun va ertaga Belarusda boʻlib, soʻngra Oʻzbekistonga keladi. Toshkentda tomonlar bir nechta qoʻshma hujjatlar imzolashni rejalashtirmoqda.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 26—27 may kunlari dam olish kunlari Oʻzbekistonga tashrif buyuradi, deb xabar berdi davlat rahbari yordamchisi Yuriy Ushakov. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev fevralʻ oyi oxirida rossiyalik hamkasbini respublikaga taklif qilgan edi.

“Hozircha aytishim mumkinki, bugun va ertaga Belarusga, yakshanba va dushanba kunlari esa Oʻzbekistonga tashrif boʻladi”, — dedi Ushakov («Interfaks»dan iqtibos keltirgan holda). Uning qoʻshimcha qilishicha, tomonlar bir nechta qoʻshma hujjatlar imzolashni rejalashtirmoqda.

Putin beshinchi prezidentlik davridagi ilk xorijiy tashrifini Xitoyga qildi. U 16 may kuni Pekinga etib keldi va Xitoy rahbari Si Tszinpin bilan avval cheklangan, soʻngra kengaytirilgan tarkibda muzokaralar oʻtkazdi. Putin tashrif buyuradigan ikkinchi davlat sifatida Belarusni tanladi; u 23 may kuni kechqurun u erga boradi.

Rossiya prezidentining Oʻzbekistonga tashrifi masalasi Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev bilan 21 may kuni telefon orqali muloqotda ham muhokama qilingan edi.

Mavzuga aloqador