Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 362 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

▪️Bosqinchilar Gʻazoning markazi va shimolidagi Nuseyrat lageriga hujum qildi. Isroilning soʻnggi 24 soat ichida uyushtirgan hujumlarida kamida 51 kishi halok boʻldi, 165 kishi yaralandi. Urush boshlangan 2023 yil 7 oktyabrdan buyon jami 41689 kishi halok boʻldi, kamida 96 625 kishi jarohatlangan.

▪️Bir necha soat ichida, kechasi fashistlar Gʻazodagi koʻchirilgan odamlar yashayotgan toʻrtta maktab, jumladan, 1948 yilda tashkil etilgan Al-Aman bolalar uyiga hujumlar uyushtirdi.

▪️Bosqinchilar Bayrutning janubiy chekka hududlariga ikki soat ichida 11 marta zarba berdi. Kun davomida 55 kishi halok boʻldi, 156 kishi jarohat oldi. 

▪️Eronning bosqinchilarga qarshi ommaviy hujumi 3 ta yirik havo bazasini: oʻnlab F-35 qiruvchi samolyotlari boʻlgan Nafatim, Hatzrim va Tel Nof havo bazalarini yoʻq qildi. Tel-Avivdagi Mossad shtab-kvartirasi, Metulladagi harbiy baza, Doviev kazarmasi, Shtoladagi harbiy shtab, Glilot harbiy bazasi va Battiste posyolkasidagi askarlar otryadiga ham zarbalar berildi.

▪️Bugun tongda Hizbulloh Livan bilan chegarada Isroil askarlari bilan jangga kirishdi. Bosqinchilar talafot koʻrdi va chekinishga majbur boʻldi.

▪️“Yafa operatsiyasi”. Kecha al-xalillik ikki yosh falastinlik bir askarni pichoqlab, uning qurollarini oʻgʻirlab, Tel-Avivdagi koʻchmanchilarga qarata oʻt ochgan. 7 koʻchmanchi halok boʻldi, 17 kishi yaralandi.

▪️Ishgʻolchilar vayronalar ostidan 26 nafar yaradorni olib chiqish uchun Xon-Yunisga yoʻl olgan Gʻazo fuqarolik mudofaasi kuchlariga qarata oʻt ochdi.

▪️Isroil TIV rahbari Israel Kats BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishni Isroilda persona non grata deb eʻʻlon qilish va uning mamlakatga kirishini taqiqlashni koʻzda tutgan qarorni imzoladi.

Mavzuga aloqador