24.05.2024 14:46

“MDH davlatlari munosabatlariga putur etkazish”. Bortnikov - “Krokus Siti Xoll” fojiasidan maqsad haqida



FSB rahbari Aleksandr Bortnikov “Krokus Siti Xoll”da qoʻporuvchilik harakatini amalga oshirishdan koʻzlangan maqsadlardan biri MDH davlatlari oʻrtasidagi munosabatlarga putur etkazish ekanini maʻʻlum qildi. Uning fikricha, ushbu teraktga buyurtma berganlar diniy va milliy omillardan foydalangan.

Rossiya Federal xavfsizlik boshqarmasi (FSB) rahbari Aleksandr Bortnikov 2024 yil 22 mart kuni Moskva viloyatidagi “Krokus Siti Xoll” ishbilarmonlik markazida sodir boʻlgan qoʻporuvchilik harakatini amalga oshirishdan koʻzlangan maqsadlardan biri MDH davlatlari oʻrtasidagi munosabatlarga putur etkazish ekanini maʻʻlum qildi. Bu haqda Gazeta.ru xabar bermoqda. 

“Ishonchimiz komilki, ushbu teraktga buyruq berganlarning maqsadlaridan biri diniy va milliy omillardan foydalangan holda MDH davlatlari munosabatlariga putur etkazishdir”, — dedi u.

Bortnikovning soʻzlariga koʻra, Moskvaning geosiyosiy raqiblari shu orqali Rossiyada shakllangan “oʻziga xos millatlararo va dinlararo muvozanatni buzish” uchun dinlararo va millatlararo nizo urugʻlantirishga uringan.

FSB rahbarining aytishicha, shu kungacha huquq-tartibot idoralari xodimlari “Krokus Siti Xoll”ga uyushtirilgan hujumga aloqadorlikda ayblanib, 20 dan ortiq odamni, bevosita jinoyatchilar va ularning sheriklarini hibsga olgan.

Mavzuga aloqador