24.05.2024 14:28

Fatvo: Isroil va Amerika tovarlarini boykot qilish vojib!

Dunyoning koʻzga koʻringan ulamolari kelishgan holda Isroil va Amerika tovarlarini boykot qilish vojibligi toʻgʻrisida fatvo berdi.

Fatvoda, jumladan, shunday deyiladi:

Amerika mahsulotlarini sotib olish orqali uning rivojiga hissa qoʻshish ham Isroil mahsulotlarini sotib olish kabi taqiqlanadi.

Bugun Amerika ikkinchi Isroildir!

Agar AQShning sionistik tashkilotlarni toʻliq qoʻllab-quvvatlashi va tarafkashligi boʻlmaganida, Isroil mintaqada tajovuzni davom ettira olmagan boʻlardi. Amerikaning mablagʻi, qudrati va «veto»si koʻmagida Isroil xohlagan ishini qilmoqda.

Muqobili boʻlaturib, Isroil yoki Amerika mahsuotlarini sotib oladigan har bir musulmon harom ishga, ochiq-oydin gunohga qoʻl urgan, Alloh huzurida baxtsizlik, odamlar orasida esa sharmandalilik yukini zimmasiga olgan boʻladi.

Isroil oʻtgan salkam 80 yil davomida falastinliklarga mislsiz zulm oʻtkazib kelmoqda, ularni muttasil uy-joyidan mahrum qilib, erlarini egallab olmoqda, oʻzlarini qirgʻin qilmoqda. Bu zulmlar 2023 yilning 7 oktyabridan keyin yanada dahshatli tus oldi. Shu voqealardan hozirgacha 35 mingdan ziyod aholi qurbon boʻldi, ularning aksari bolalar va ayollardir. 85 mingdan ortiq kishi yaralandi. Hatto yuzlab bemorlar va minglab tinch aholi panoh topgan kasalxonalar ham bosqinchi Isroil kuchlari tarafidan ayovsiz bombalanmoqda. Gʻazo butunlay vayron qilindi. Xalqaro hamjamiyat bu qatliomni qoralashdan nariga oʻtolmadi. AQSh boshchiligidagi birlashgan Gʻarb Isroilni ochiq-oydin qoʻllab-quvvatlamoqda. Musulmon davlatlari rahbarlari esa bu dahshatni jimgina, hatto xotirjam kuzatmoqda.

Butun bu ishlarni inobatga olgan holda, Butunjahon ulamolari ittifoqi sobiq raisi, shayx Yusuf Qarzoviy rahimahullohning yigirma yillar oldin chiqargan ushbu fatvolarini eʻʻlon qilamiz:

ISROIL VA AMERIKA TOVARLARINI BOYKOT QILISh VOJIBLIGI TOʻGʻRISIDA

FATVO

Allohga hamd, Rasulullohga, u kishinining oilalari, sahobalari va hidoyatga ergashganlarga salavotu salomlar boʻlsin.

Ammo baʻʻd. Qurʻʻon, Sunnat va ijmo bilan sobit boʻlgan hukm shuki, Islom yurtini Islom dushmanlari bosqinidan va bosqinchilardan ozod qilish, himoyalash uchun birinchi navbatda bosib olingan mamlakat xalqi, soʻng atrofdagi musulmonlarga jihod uzil-kesil vojibdir. Agar ular qarshi tura olmasalar, bu barcha musulmonlar uchun vojibga aylanadi.

Xoʻsh, bu bostirib kirilgan Islom diyori musulmonlar uchun birinchi qibla, Isro va Meʻʻroj hamda Alloh taolo atrofini barakali qilib qoʻygan Aqso masjidi zamini boʻlsa-chi? Agar uning bosqinchilari musulmonlarga eng ashaddiy dushman boʻlsalar-chi? Agar bu bosqinchilarga bugungi kunda er yuzidagi eng qudratli davlatlar koʻmak berayotgan boʻlsa-chi? Amerika Qoʻshma Shtatlari va butun dunyodagi yahudiylar qoʻllab-quvvatlayotgan bosqinchilar boʻlsa-chi?

Bugungi jihod muqaddas zaminimizni oʻzlashtirgan, xalqini oʻz uy-joyidan haydab chiqargan, qonini toʻkkan, muqaddas joylarni vayron qilgan, xonadonlarini kultepaga aylantirgan, ekinlarini payhon qilgan, u erga vayronagarchilik keltirganlarga qarshidir. Bu jihod Sharqu Gʻarbdagi musulmon ummati uchun farzlarning farzi va eng avval bajarilishi kerak boʻlgan vojibdir!

Musulmonlar oralaridagi eng zaif qatlamning rioyasini qilishadi, ularga mador boʻlishadi. Ular bir butun ummatdir. Ularni eʻʻtiqod birligi, shariat birligi, qibla birligi, dard va umid birligi birlashtirgan.

Alloh taolo aytganidek: “Albatta, sizlarning ummatingiz bir ummatdir” (Anbiyo surasi, 92-oyat);

“Moʻminlar, hech shak-shubhasiz, ogʻa-inilardir ” (Hujurot surasi, 10-oyat).

Hadisi sharifda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Musulmon musulmonning birodaridir, unga zulm qilmaydi, xiyonat qilmaydi va uni tashlab  qoʻymaydi”, deb marhamat qiladilar.

Bugun muqaddas Quddus va barakotli Falastin zaminida birodarlarimiz va jigarlarimiz boshlariga tushayotgan musibatlarga qaramay, Alloh yoʻlida mardlarcha kurashayotganlari, jon fido qilayotganlarini koʻrib turibmiz. Biz musulmonlar hamma joyda ularga bor kuchimiz bilan yordam berishimiz lozim. Zero, Alloh taolo shundaf buyuradi:

“Agar ular din yoʻlida sizlardan yordam soʻrasalar, yordam qilish zimmangizdadir” (Anfol surasi, 72-oyat);

“Yaxshilik va taqvo yoʻlida hamkorlik qiling, gunoh va haddan oshish yoʻlida hamkorlik qilmang!” (Moida surasi, 2-oyat).

Shuning uchun ham birodarlarimiz dushmanlarining mollarini sotib olish bilan ularga zarar bermaslik bizning burchimiz. Chunki bu gunoh va dushmanchilikka yordam boʻlib, dushmanlardan mahsulot sotib olish ularni kuchaytiradi.

Muqaddas zaminda turgan birodarlarimizni qoʻlimizdan kelgancha qoʻllashimiz lozim boʻlganidek, dushmanlarini zaiflashtirishga harakat qilish ham vazifamizdir. Agar yovni zaiflashtirishga faqat boykot qilish orqali erishish mumkin boʻlsa, u holda “farzni tugal bajarishga olib boradigan ish ham farzdir” qoidasiga koʻra, boykotga qatʻʻiy rioya qilishimiz darkor.

Ummatimiz – Islom ummati: “Amerikaga yoʻq!” deyish vaqti keldi.

Amerika mahsulotlarini sotib olish orqali uning rivojiga hissa qoʻshish ham Isroil mahsulotlarini sotib olish kabi taqiqlanadi.

Bugun Amerika ikkinchi Isroildir!

Agar AQShning sionistik tashkilotlarni toʻliq qoʻllab-quvvatlashi va tarafkashligi boʻlmaganida, Isroil mintaqada tajovuzni davom ettira olmagan boʻlardi. Amerikaning mablagʻi, qudrati va «veto»si koʻmagida Isroil xohlagan ishini qilmoqda.

Amerika bu ishini oʻnlab yillar davomida amalga oshirib kelmoqda. U oʻzining nohaq, noxolis tutumiga norozilik sifatida Islom olamidan hech qanday qarshi choralar ham, jazo ham koʻrmadi.

Bizning musulmon ummati «Amerikaga, uning shirkatlariga va mollariga yoʻq!» deydigan vaqt keldi. Vaziyat shundayki, ular bozorlarimizni egallagan. Biz allaqachon Amerika mahsulotlarini isteʻʻmol qilishga oʻrganib boʻlganmiz.

Ali roziyallohu anhu aytdi: «Uch narsa sizning dushmaningizdir: dushmaningiz, dushmaningizning doʻsti va doʻstingizning dushmani». Bugun Amerika dushmanimizning eng asosiy doʻstidir.

Bugungi kunda butun dunyodagi Islom ummatining soni bir yarim milliarddan oshadi. Ular boykot qilish orqali Amerika va uning kompaniyalariga ulkan zarar keltirishi mumkin. Bu vaziyatda musulmonlarga dinlari buyurgan, Parvardigorlari vojib qilgan narsa shudir.

Muqobili boʻlaturib, Isroil yoki Amerika mahsuotlarini sotib oladigan har bir musulmon harom ishga, ochiq-oydin gunohga qoʻl urgan, Alloh huzurida baxtsizlik, odamlar orasida esa sharmandalilik yukini zimmasiga olgan boʻladi.

Isroil yoki Amerika ichida yashayotgan musulmon birodarlar esa ular bilan muomala qilishga, tovar-mahsulotlarini sotib olishga majbur. Alloh hech kimga koʻtarganidan ortigʻini yuklamaydi, zaruratli hollarning oʻz hukmlari boʻladi. Ammo bunday holda ham eng zaruriy ehtiyojni qondirar darajasidan ortiq sotib olmaslik lozim.

Alloh taolo: “Bas, kuchlaringiz etganicha Allohdan qoʻrqinglar”, deb ogohlantiradi (Tagʻobun surasi, 16-oyat).

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Agar sizlarni biror narsaga buyursam, qoʻlingizdan kelganicha bajaring”.

Qoʻshma Shtatlar ichidagi musulmonlar oʻzlariga nisbatan adovati ozroq, nisbatan sionizmga kamroq tarafdor boʻlgan kompaniyalar bilan oldi-berdi qilishi va sionizmga moyil boʻlgan kompaniyalarni iloji boricha boykot qilishi kerak.

Xuddi shuningdek, arablar va musulmonlar, qaerda boʻlishidan qatʻʻi nazar, sionistlarga qarashli va Isroilni qoʻllab-quvvatlovchi Marks&Spayser va shunga oʻxshash firma hamda kompaniyalar; Isroilni qoʻllab-quvvatlovchi har qanday davlat bilan aloqani uzishi zarur.

Boykot qadimda ham, hozir ham urushning samarali qurolidir. Mushriklar uni hijratdan oldingi davrda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi va sallam va u zotning sahobalariga qarshi qoʻllashdi. Bu esa ularga qattiq ziyon etkazdiki, daraxt barglarini eyishgacha bordilar.

Ayrim sahobalar bu usuldan hijratdan keyin mushriklarga qarshi kurashda foydalanishgan. Tarjimai hol kitoblarida rivoyat qilinganidek, Sumoma ibn Usol Hanafiy roziyallohu anhu Islomni qabul qilib, keyin umra qilish uchun Makkaga bordi. «Diningdan voz kechdingmi?» deb soʻrashdi. «Yoʻq, lekin men eng yaxshi din boʻlmish Muhammadning diniga ergashdim. Allohga qasamki, to Rasululloh ruxsat bermagunicha Yamomadan birorta don ham sizga etib kelmaydi», dedi u. Yamomaga borgach, odamlarni Makkaga biror narsa olib borishdan man qildi. Shunda Makka mushriklari Rasulullohga xat yozishdi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam javob xati yozib, aloqalarni tiklashga buyurdilar.

Zamonaviy davrda ham xalqlar mustamlakachilardan ozod boʻlish uchun olib borgan janglarida boykot qurolidan samarali foydalanganini koʻrishimiz mumkin. Chunonchi, bu ishda eng koʻzga koʻringan shaxslardan Mahatma Gandi hind xalqini Britaniya tovarlarini boykot qilishga chaqirgan va bu hol ozodlik urushiga sezilarli ijobiy taʻʻsir koʻrsatgan.

Boykot oddiy xalq qoʻlidagi quroldir. Bu qurolni dinimiz va ummatimiz dushmanlariga qarshi kurashda ishlataylik, toki birodarlarimiz biz tirik ekanimizni, bu ummat oʻlmaganini va inshaalloh, oʻlmasligini his qilishsin.

Yana boykotning iqtisodiy jihatdan tashqari boshqa maqsadlari ham bor. Shu bilan birga, u millatning oʻziga foydasi boʻlmagan, bilʻʻaks zarar keltiruvchi narsalarga qaramlikdan qutulishi va oʻzgalar didiga qullikdan ozod boʻlishining yangicha tarbiya uslubidir.

Boykot bu Islom millatining birligi, har kuni fidoyilik qilayotgan birodarlarimizga xiyonat qilmasligimiz va dushmanlari foydasiga hissa qoʻshmasligimiz haqidagi bayonotdir.

Boykot bu birodarlarimiz tomonidan paygʻambarlar yurtida, ribotda va jihodda amalga oshirilayotgan ijobiy qarshilik harakatiga qoʻshilgan salbiy qarshilik koʻrsatish printsipidir.

Agar Er yuzidagi har bir yahudiy oʻzini qoʻlidan kelganicha Isroilni qoʻllab-quvvatlovchi, himoya qiluvchi askar deb bilsa, er yuzidagi har bir musulmon Aqsoni ozod qilish va uning xalqiga qoʻlidan kelganicha jon va mol bilan, hech boʻlmaganda dushmanlarning mollarini boykot qilish bilan yordam beruvchi askar ekanini bilishi lozimdir.

Alloh taolo Anfol surasida bunday ogohlantiradi: “Kufr keltirganlar bir-birlariga doʻstdirlar, agar buni qilmasangiz, er yuzida fitna va katta fasod boʻlur” (73-oyat).

Agar isteʻʻmolchining yahudiy va Amerika tovarlarini sotib olishi harom va gunohi kabira boʻlsa, undan foyda olish uchun sotib olgan savdogarlar hamda ularni shirkatlariga agent qilib olganlarning ishlari haromroq, oʻzlari esa koʻproq gunohkordir.

Butun er yuzidagi Islom ummati oʻzining mavjud ekanini, muqaddas dargohlari uchun gʻayurligini isbotlashi, doʻsti va dushmanidan keladigan foyda yoki zararni bilishi talab etiladi. Ojizlik va umidsizlikka taslim boʻlib, zoʻraki sionizm yuklagan nohaqlikni qabul qilishi joiz emas. Alloh taolo Muhammad surasida: “Bas, boʻsh kelmanglar va oʻzingiz ustun boʻla turib, yarashga chaqirmanglar. Alloh siz bilan va hargiz qilgan amallaringizni kamaytirmas” (35-oyat), deb marhamat qiladi.

Bu masalada uy bekasi boʻlgan opa-singillarimiz va qizlarimizning oʻrni kattaroq, balki erkaklarning rolidan ham muhimroq. Chunki xoʻjalik ishlarini nazorat qiluvchi, zarur mahsulot va asbob-uskunalarni xarid qiluvchilar ayollardir.

Oʻgʻil-qizlarga yoʻl-yoʻriq koʻrsatish, ularga jihodiy ruhni singdirish, oʻz xalqi va uning muammolariga, dushmanlariga qarshi, ayniqsa, boykot maydonida nimalar qilish kerakligini anglatishda eng muhim pozitsiyaga egadirlar.

Farzandlar bundan xabardor boʻlishsa, unga ishtiyoq va kuch-gʻayrat bilan amal qiladilar, keyinchalik yoʻlboshchiga aylanishadi.

Shu oʻrinda biz Alloh taologa iymon keltirgan barchani, nasroniylar va boshqalarni, butun axloqiy qadriyatlarni eʻʻzozlovchilarni, dunyodagi barcha hur va sharafli insonlarni yonimizda turishga, botilga qarshi haqiqatni, adolatsizlikka qarshi adolatni qoʻllab-quvvatlashga, mazlumlarga yordam berishga, Alloh muqaddas qilgan dargohlarni, har kuni oʻldirilayotgan, mayib-majruh boʻlayotgan ayollar va bolalarni himoya qilishga chaqiramiz.

Shuningdek, arab va musulmon mamlakatlari hamda butun dunyo aholisini falastinliklarni adolatli ishlarida qoʻllab-quvvatlashga, yovlariga gʻazab qilishga, ularning manfaatlarini payhon etuvchi shafqatsiz qoʻporuvchiliklarga qarshi norozilik bildirishga chaqiramiz.

«Ayting: “(Xohlagan) amalni qilinglar. Bas, Alloh, Uning paygʻambari va moʻminlar qilgan amallaringizni koʻrib turar va yaqinda gʻaybu shahodatni (yaʻʻni, yashirin va oshkor narsalarning barchasini) bilguvchi Zotga qaytarilursizlar. Bas, U zot sizlarga qilib oʻtgan amallaringizning xabarini berur”» (Tavba surasi, 105-oyat).

Mavzuga aloqador