-
Avstraliyada islomofobiyaga asoslangan ogʻzaki haqorat, qoʻrqitish, tahdid, zoʻravonlik va jismoniy kuch ishlatish koʻrinishidagi jinoyatlar soni 7 oktyabrdan buyon 39 baravarga oshgan. Falastin mustaqilligi tarafdori boʻlgan nomusulmon fuqarolarga ham tahdidlar kuzatilmoqda.
-
Misrda “Qurʻʻon radiosi” ishga tushirilganiga 90 yil toʻldi. Mamlakatning 90 millionlik musulmon aholisidan 60 millioni ushbu radioni har kuni tinglashi maʻʻlum qilindi.
-
Malʻdiv orollari hukumati 2 iyunʻ kuni sionistlarning falastinliklarga nisbatan genotsidi tobora avj olayotgani fonida Isroil fuqarolarining mamlakatga kirishini taqiqladi. Oʻzining plyajlari va hashamatli kurortlari bilan mashhur boʻlgan kichik Osiyo davlati isroilliklar uchun "eshigini yopgan" oʻndan ortiq mamlakatlar qatoriga qoʻshildi. Qaysi davlatlar isroilliklarga oʻz hududiga kirishni taqiqlagan?
-
Gʻazoda AQSh maxsus qoʻshinlari boshchiligida amalga oshirilgan qutqaruv operatsiyasi davomida HAMAS qoʻlidagi uch asir, ulardan biri Amerika fuqaroligiga ega, halok boʻldi. Mazkur qatliomda 274 nafar tinch aholi vakili qurbon boʻldi, 698 kishi jarohatlandi.
-
Isroil armiyasi Bosh shtabining sobiq rahbari, general-leytenant Gadi Ayzenkot, “Maxane Mamlaxti” partiyasi etakchisi Beni Gants hamda Gʻazodagi diviziya qoʻmondoni Avi Rozenfelʻd Netanyaxu hukumatini tark etdi. Ular bosh vazirni Isroilning strategik holati va milliy xavfsizligiga zarar etkazayotganlikda ayblab, Jo Bayden tomonidan ilgari surilgan sulh taklifini qabul qilishga chaqirishdi.
-
Nusayratdagi qatliom va 4 nafar isroillik garovga olinganlarning ozod etilishi AQSh va Isroilning muvaffaqiyatsizligidir. "Bolʻshoy Blijniy Voston" buning sababini tushuntirib berdi. Amerika "Delʻta" maxsus kuchlari – isroillik mahbuslarni asosiy ozod qilganlar – "gumanitar yordam" etkazib berish uchun Shtatlar tomonidan qurilgan bandargohdan kirib keldi. Fuqarolik kiyimidagi amerikalik jangarilar gumanitar yordam mashinalarida suzuvchi bandargohdan Nuseyrat lageriga yoʻl oldi. Qochqinlar lageriga etib kelgach, mashinalaridan tushib, oʻsha paytda koʻchada boʻlgan barcha tinch aholiga qarata oʻt ochdi. Aynan oʻsha daqiqalarda 80 ga yaqin odam halok boʻldi. Shundan soʻng, ishgʻol qiluvchi Isroil samolyotlari yongʻin kamarini vujudga keltirishi natijasida odamlar boʻlgan bir nechta turar-joy binolari bombardimon qilindi. Ushbu terrorchilik operatsiyasi davomida jami oʻlgan va yaralanganlar soni 600 dan ortiq kishini tashkil etadi. Ularning yarmi bolalar va ayollardir. Bosqinchilar bu qatliomni 4 nafar isroillik mahbusning ozod etilgani sababli muvaffaqiyat sifatida namoyish qilmoqda. Ammo evakuatsiya vaqtida hatto mahbuslar boʻlgan mashina ham toʻxtab qoldi. Shuning uchun ularni Isroilga olib borish uchun 3 ta otryad yuborildi, aviatsiya va razvedka, xuddi "Yulduz jangi" maxsus operatsiyasi kabi jalb qilindi. Ishgʻolchilar mahbuslarning qaerda ekanligi haqida bir oy oldin maʻʻlumotga ega boʻlgan, biroq Netanyaxu undan Isroil BMTning "sharmandalik roʻyxati"ga kiritilgan sharmandali kunlarida foydalanishga qaror qildi. Falastin qarshilik kuchlariga koʻra, mahbuslarning joylashuvi koordinatalari aʻʻzolari soni Gʻazoda 70 mingdan ortiqni tashkil etuvchi Fath kuchlari tomonidan berilgan. Operatsiyada Britaniya razvedkasi ham qatnashib, bosqinchilarni razvedka maʻʻlumotlari bilan taʻʻminladi. 4 mahbus ozod qilinganiga qaramay, HAMAS qoʻlidagi asirga olingan bosqinchilar sonidan tobora ortib bormoqda, chunki qarshilik jangchilariga yangi - bosqinchilarni avvallari boʻlganidek yoʻq qilish emas, balki qoʻlga olish topshirigʻi berilgan. Sanjar Said, [09.06.2024 15:11] Isroil 7 oktyabrdpn buyon ilk bor 4 nafar asirni ozod qildi. Bunga AQShning "Delʻta" maxsus guruhi, Britaniya razvedkasi hamda, AFalastin qarshilik kuchlariga koʻra, Fathning sotqinligi, shuningdek, 600 dan ortiq tinch aholi, ularning yarmidan koʻpi ayollar va bolalarni oʻldirish va jarohatlash evaziga erishdi.
-
Shavkat Mirziyoev Rejep Tayyib Erdoʻgʻan bilan uchrashuvda Gʻarb davlatlarining Falastinga nisbatan munosabatlarini tanqid qildi.
-
“Ozodlik”da kuni kecha shu mavzuda koʻrsatuv chiqdi. Albatta, ular mavzuni oʻzlarining maqsad-muddaolaridan kelib chiqib yoritishgan. Shuning uchun koʻrsatuvda madrasa tizimini zimdan qoralashga, kamsitishga urinish, mavjud vaziyatni achinarli, hatto tahlikali deb baholashga moyillik, rasmiylarning eʻʻtiborini jalb etishni koʻzlangani seziladi. Zero, Qirgʻizistonning yangi rahbariyati barcha sohalar qatori diniy sohani ham qatʻʻiy nazoratga olishni koʻzlayotgani sir emas. Buni mamlakatda 16 yoshgacha diniy taʻʻlim olishini taʻʻqiqlash masalasi koʻrib chiqilayotganidan ham bilish mumkin. Bu borada qoʻshnilaridan oʻrnak olishayotgan boʻlsa, ehtimol.
-
Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Undagi roʻza tutilgan har bir kun bir yilning roʻzasiga, undagi har bir kecha qadr kechasiga teng boʻladi".(Imom Termiziy Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan. 758-hadis)
-
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 246 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.