08.06.2024 16:34
Gʻanimat fursatlar ichidamiz: Zulhijjaning ilk oʻn kunligi haqida...
Gʻanimat fursatlar ichidamiz
Zulhijjaning ilk oʻn kunligi haqida...
Zulhijja harom oylarning biri boʻlib, uning avvalgi oʻn kunligida ulkan fazilat bor. Unda eng ahamiyatli boʻlgan haj amallari va Arofatda turishdek eng ulugʻ rukn bor. Alloh taolo Qurʻʻoni Karimda uning fazilatini bayon qilish uchun qasam ichib aytadi: "Fajrga qasam va oʻn kechaga qasam".
Nabiy sollallohu alayhi vasallam uning fazilatini taʻʻkidlab: "Alloh taologa eng mahbub boʻladigan amallar mana shu kunlardadir" deganlar. (Imom Buxoriy Ibn Abbos roziyalllohu anhudan rivoyat qilgan. 969-hadis)
Bu oyda qilinadigan amallar quyidagilar:
1. Jismdagi barcha aʻʻzolar magʻfirat qilinishi uchun qurbonlik qilishni iroda qilgan kishiga sochni qisqartirish va tirnoqlarni olishni tark qilish.
Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Agar oʻn (kunlik) kirsa, qurbonlik qilishni iroda qilgan kishi sochini qisqartirmasdan va tirnogʻini olmasdan qurbonlik qiladi". (Imom Muslim Salama roziyallohu anhodan rivoyat qilgan. 1977-hadis)
2. Qurʻʻon qiroati va koʻp zikr bilan mashgʻul boʻlish.
Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Unda (zul hijjaning avvalgi oʻn kunligida) tahlil, takbir va hamd aytishni koʻpaytiringlar".(Imom Ahmad Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilgan. 5446-hadis)
3. Uning avvalgi toʻqqiz kunida roʻza tutish.
Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Undagi roʻza tutilgan har bir kun bir yilning roʻzasiga, undagi har bir kecha qadr kechasiga teng boʻladi".(Imom Termiziy Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan. 758-hadis)
4. Bu oyning toʻqqizinchi kuni roʻza tutishning fazilati taʻʻkidlangan.
Chunki u Arafa kunidir. Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan bu kunning roʻzasi haqida soʻradilar. Shunda u zot sollallohu alayhi vasallam: "Oldingi va kelasi yillarga kafforat boʻladi", dedilar. (Imom Muslim Abu Qatoda Ansoriy roziyallohu anhudan rivoyat qilgan. 1162-hadis)
5. Oʻninchi kuni roʻza tutilmaydi.
Chunki u Qurbon hayiti kunidir. Undagi eng afzal amallar: takbir aytish, qurbonlik qilish, sadaqa qilish, yaqinlarga silai rahm qilish...
Kimki Baytullohni sevsa, unga shavqi boʻlsa-yu, hojilar qatorida boʻlmasa, unga biz zikr qilgan toat va ibodatlar bilan mashgʻul boʻlishi evaz boʻladi.
Allohim, bizga Baytingning hojilari ajrlari mislidek ajr yozgin va bizni solihlarninn daʻʻvatlariga sherik qilgin. Omin!
Doktor Muhammad Darvesh