10.06.2024 09:29

Qaysi davlatlar isroilliklarga oʻz hududiga kirishni taqiqladi?

Malʻdiv orollari hukumati 2 iyunʻ kuni sionistlarning falastinliklarga nisbatan genotsidi tobora avj olayotgani fonida Isroil fuqarolarining mamlakatga kirishini taqiqladi. Oʻzining plyajlari va hashamatli kurortlari bilan mashhur boʻlgan kichik Osiyo davlati isroilliklar uchun "eshigini yopgan" oʻndan ortiq mamlakatlar qatoriga qoʻshildi. Qaysi davlatlar isroilliklarga oʻz hududiga kirishni taqiqlagan?

2 iyunʻ kuni Malʻdiv orollari hukumati sionistlarning falastinliklarga nisbatan genotsidi tobora avj olayotgani fonida Isroil fuqarolarining mamlakatga kirishini taqiqladi. Bu haqdagi Vazirlar Mahkamasi qarori Isroil fuqarolarining Malʻdivga kirishini taqiqlash boʻyicha zarur qonunlarga oʻzgartirishlar kiritish, hukumat tarkibida bu harakatlarni nazorat qiluvchi qoʻmita tashkil etishni oʻz ichiga oladi.

Ayni paytda bosqinchi davlat pasporti egalari ushbu dam olish hududlariga sayohat qilish imkoniyatidan mahrum boʻlishdi. Oʻzining plyajlari va hashamatli kurortlari bilan mashhur boʻlgan kichik Osiyo davlati isroilliklar uchun "eshigini yopgan" oʻndan ortiq mamlakatlar qatoriga qoʻshildi: Jazoir, Suriya, Eron, Pokiston, Iroq, Bangladesh, Quvayt, Livan, Yaman, Ummon,  Bruney, Liviya, Malayziya hamda Saudiya Arabistoni mazkur roʻyxatdan joy olgan.

Qayd etilishicha, Malʻdiv orollari prezidenti  Muhammad Muizzu falastinliklarning ehtiyojlarini baholash uchun maxsus vakil tayinlamoqda va BMTning falastinlik qochqinlarga yordam koʻrsatish agentligi koʻmagida mablagʻ yigʻish kampaniyasini tashkil etmoqda.

Birdamlik bildirish maqsadida “Malʻdivliklar Falastin bilan birga” mitingini oʻtkazish ham rejalashtirilgan. Isroil-Falastin mojarosini hal qilishni tezlashtirish uchun Malʻdiv boshqa musulmon davlatlari bilan muzokaralar olib bormoqchi.

Ushbu yangilikdan ranjigan bosqinchi davlatga xayrixoh ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ham jim turgani yoʻq – ular safdoshlarini Malʻdiv orollarini boykot qilishga chaqiryapti.

Oʻz navbatida Malʻdiv orollariga har yili milliondan ortiq sayyoh keladi. Oxirgi maʻʻlumotlarga koʻra, ushbu hududda dam olishni istagan isroilliklar soni 15 mingga yaqinni tashkil etgan.

Avvalroq, BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish ham Isroilni konflikt zonalarida bolalarga ataylab zarar etkazuvchi va oʻlimiga sabab boʻluvchi davlatlarning qora roʻyxatiga kiritishini maʻʻlum qilgandi. Guterrish Isroilning AQShdagi mudofaa attashesi general mayor Hiday Zilbermanga tegishli ogohlantirishni etkazgan. Agar shunday boʻlsa yahudiy davlati IShID, “Al Qoida” kabi guruhlar kiritilgan qora roʻyxatdan joy olishi mumkin. 26 iyunʻ kuni muhokama qilinishi rejalashtirilgan BMT xavfsizlik kengashi aʻʻzolariga tarqatiladigan hisobotda bu aks etishi kutilmoqda. Isroil esa qora roʻyxatga kirish mamlakatga  qarshi qurol embargosiga olib kelishi mumkinligidan xavotirda.

Shunga qaramay AQSh boshchiligidagi yirik tashkilotlar Gʻazoda koʻp sonli murgʻak bolalarning qotiliga aylangan Isroilga qarshi jiddiy chora koʻrishga oshiqmayapti. AQSh ham sionistlarga falastinliklarning qonini toʻkish uchun etarlicha qurol berishda davom etmoqda. Davlat kotibi Entoni Blinkenning fikricha, qirgʻinbarot urushni toʻxtatib, sulhga erishishga toʻsqinlik qilayotgan "yagona aybdor" – Falastinning HAMAS harakati.

Bayden maʻʻmuriyati TsAXAL minglab falastinliklarni oʻldirsa ham Quddusning asl egalariga nisbatan Telʻ-Aviv tomonidan biror bir genotsid sodir etilayotganini koʻrmayotganini taʻʻkidlamoqda. Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini qoralayotgan Amerika Yaqin Sharqdagi xunrezliklarni dastaklash bilan birga oqlashga ham urinmoqda.

Katta davlatlarning qoʻllovini olayotgan yahudiy davlati esa kun sayin haddidan oshib, oldinroq tinch aholini oʻldirayotganini rad etib kelgan boʻlsa, endi biroz "kulgu" bilan tan ham olmoqda. Misol uchun, Isroil bosh vaziri Binʻyamin Netanʻyaxu TsAXAL Gʻazodagi Rafah shahrida noharbiy binoga zarba berganini tan oldi. Xabaringiz bor, bu zarba oqibatida qochqinlar lagerida yongʻin chiqqan va kamida 45 kishi halok boʻlgandi.  U mamlakat parlamentidagi chiqishi chogʻida buni "ayanchli xato", deb atagan.

"Tinch aholi vakillariga zarar etkazmaslik boʻyicha qilayotgan ishlarimizga qaramay, kecha tunda ayanchli xato sodir boʻldi", degan Netanʻyaxu.

Tahlilchilarning fikricha, Isroil etakchisining "mardonavor" tan olishiga raketa zarbasi oqibatida falastinliklar yashayotgan chodirlar yonayotgani tasvirlangan kadrlarning tarqalishi ham sabab boʻlgan. Chunki TsAXAL Netanʻyaxuning chiqishidan oldin zarba aniq razvedka maʻʻlumotiga asoslanib berilgani, bu HAMAS obʻʻekti ekani haqida bayonot bergandi.

Mavzuga aloqador