09.06.2024 13:20

Oʻzbekiston mustaqil va ozod Falastin davlatini qurish tarafdori

Shavkat Mirziyoev Rejep Tayyib Erdoʻgʻan bilan uchrashuvda Gʻarb davlatlarining Falastinga nisbatan munosabatlarini tanqid qildi.

Prezident 8 oydan beri davom etayotgan urushda 40 mingdan ziyod aholi, ayniqsa, ayollar va bolalar vafot etayotganini taʻʻkidladi.

"Biz Gʻarb davlatlarining ushbu fojiaga munosabatidan juda xavotirdamiz. Amalda ikki tomonlama standartlar mavjud", dedi prezident.

Mirziyoevning taʻʻkidlashicha demokratiya va inson huquqlarini keng targʻib qiluvchi va himoya qiluvchi etakchi rivojlangan davlatlar qotillik va vahshiyliklarga koʻz yumadi.

"Barqaror va uzoq muddatli tinchlikka erishish uchun mustaqil va ozod Falastin davlati tashkil etilishi shart, dedi Shavkat Mirziyoev.

Mavzuga aloqador