10.06.2024 08:34

HAMAS Isroil armiyasi 3 nafar isroillik asirni oʻldirganini maʻʻlum qildi

Gʻazoda AQSh maxsus qoʻshinlari boshchiligida amalga oshirilgan qutqaruv operatsiyasi davomida HAMAS qoʻlidagi uch asir, ulardan biri Amerika fuqaroligiga ega, halok boʻldi. Mazkur qatliomda 274 nafar tinch aholi vakili qurbon boʻldi, 698 kishi jarohatlandi.

 

Shanba kuni Gʻazo sektori markazidagi Nusayrat qochqinlar lagerida Isroil armiyasi tomonidan AQShning “Delʻta” maxsus qoʻshinlari boshchiligida Britaniya razvedkasi koʻmagida oʻtkazilgan “asirlarni ozod qilish operatsiyasi” chogʻida HAMAS qoʻlidagi uch asir halok boʻldi. Bu haqda HAMAS oʻzining Telegram-kanalida xabar qildi.

Bayonotga koʻra, halok boʻlganlar orasida AQSh fuqarosi ham bor.

Harakat Isroil qamoqxonalaridagi falastinlik mahbuslarni ozod qilmaguncha, isroillik mahbuslar ozod qilinmasligini taʻʻkidladi.

Isroil armiyasi avvalroq Gʻazo sektorining ikki hududida oʻtkazilgan «operatsiya» natijasida toʻrt nafar isroillik mahbus ozod etilganini eʻʻlon qilgan edi.

Isroil armiyasining bir kun avval harbiy samolyot va artilleriya yordamida Nusayrat qochqinlar lageriga uyushtirgan yirik hujumi qurbonlari soni 274 kishiga etdi, 698 dan ortiq kishi jarohat oldi. Bu haqda 9 iyunʻ, yakshanba kuni Falastinning Gʻazo sektoridagi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati maʻʻlum qildi.

Isroilning Gʻazo sektorida 2023 yil 7 oktyabrdan beri davom etgan tajovuzi natijasida halok boʻlgan falastinliklar soni 37 ming 84 nafarga etdi, yana 83 ming 309 nafari yaralandi. Bu haqda avvalroq Gʻazo Sogʻliqni saqlash vazirligi maʻʻlum qilgan.

Isroil hujumlari qurbonlari orasida 15 517 bola va 10 279 ayol bor. Anklavning 84 494 nafar aholisi jarohatlangan.

Vazirlik maʻʻlumotlariga koʻra, halok boʻlganlarning jasadlari hamon vayron boʻlgan binolar vayronalari ostida va yoʻl chetlarida qolmoqda. Tez yordam va fuqaro mudofaa guruhlari Isroil kuchlarining toʻsiqlari tufayli ularga etib bora olmayapti.

Mavzuga aloqador