Misrda 60 million kishi har kuni “Qurʻʻon radiosi”ni tinglaydi
Misrda “Qurʻʻon radiosi” ishga tushirilganiga 90 yil toʻldi. Mamlakatning 90 millionlik musulmon aholisidan 60 millioni ushbu radioni har kuni tinglashi maʻʻlum qilindi.
Misr
aholisining 60 foizi har kuni Quran Radio radiostantsiyasi dasturlarini
tinglaydi. Bu haqda Quran Radio radiostantsiyasi rahbari Muhammad Nur ushbu
radiostantsiya yaratilganining 90 yilligiga bagʻishlangan dasturdagi nutqida maʻʻlum
qildi.
Unga
koʻra, har kuni 60 millionga yaqin odam Qurʻʻon radiosini tinglaydi, deb xabar
beradi Youm7sayti.
U Qurʻʻon
radiosi oʻz chiqishini yaxshilash boʻyicha soʻnggi paytlarda amalga oshirgan rejalariga
toʻxtalib, texnik infratuzilmani rivojlantirish, dasturlarni diversifikatsiya qilish
va yosh hofizi Qurʻʻonlarni jalb qilish moʻljallanayotganini taʻʻkidladi.
Muhammad
Nurning qayd etishicha, ilk bor «Qurʻʻon radiosi” ishga tushirilganda 12 yosh qori uning
safiga qoʻshilib, Qurʻʻon oʻqishgan.
“Qurʻʻon
radiosi” Qurʻʻon tilovati buzilishining oldini olish va mashhur qorilar tomonidan
Qurʻʻonni toʻgʻri tilovat qilish maqsadida tashkil etilgan.
Qurʻʻon
radiosi yaratilganidan beri Misr xalqi, shuningdek, dunyoning boshqa mamlakatlari
orasida katta shuhrat qozondi.