Bombalanayotgan Gʻazo: 246-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo
sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 246 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo
sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir
boʻlgan asosiy voqealar.
Bosqinchilar Burij lageri, Rafah va Shayx Radvan
hududiga hujum qildi. Bir kunda 54 kishi halok boʻldi. Urush boshlanganidan beri
jami 36 731 kishi shahid boʻldi.
▪️Gʻarbiy Sohilda bosqinchilar Xalil, Nablus, Jenin, Tulkarm va Erixonga bostirib kirishdi. Bir falastinlik halok boʻldi, 9 nafari yaralandi.
▪️Gʻazo
qarshilik jangchilari: Biz Nitsapim oʻqida bosqinchilarning pozitsiyasiga zarba
berdik.
▪️Husiylar Qizil dengizda ikkita Elbella va AAL GENOA kemalariga hujum qilishdi. Husiylarning hujumlari tufayli Osiyodan Buyuk Britaniyaga bitta konteynerni tashish narxi 2500 dollardan 7500 dollargacha oshdi.
▪️Xalqaro Amnistiya: Isroilni sharmandalar roʻyxatiga kiritish toʻliq oqlangan qadamdir.
▪️Gʻazo Sogʻliqni saqlash vazirligi: Gʻazoning 3000 dan ortiq bolasi bosqinchilarning hujumlari natijasida oyoq-qoʻllaridan ayrildi.
▪️Ommaviy ishgʻol: Armiya zaxirasi WhatsApp orqali Gʻazodagi urush uchun koʻngillilarni qidirishni boshladi.