23.07.2024 15:35

Qozogʻiston va Ozarbayjon harbiy razvedka sohasida hamkorlikni kengaytirmoqchi

Qozogʻiston va Ozarbayjon hukumatlari oʻrtasida harbiy razvedka sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim tasdiqlanishi kutilmoqda. Ushbu hujjatda mudofaa, terroristik va ekstremistik tashkilotlar, oʻzaro manfaatli harbiy-siyosiy voqealar yoʻnalishlarida harbiy razvedka maʻʻlumotlarini oʻzaro almashish, qoʻshma jangovar tayyorgarlik tadbirlarini oʻtkazish va boshqalar belgilangan.

Ochiq yuridik hujjat loyihalari portalida Qozogʻiston va Ozarbayjon hukumatlari oʻrtasida harbiy razvedka sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimni tasdiqlash toʻgʻrisidagi qaror loyihasi eʻʻlon qilindi, deb yozadi Tengrinews.kz.

Tomonlar quyidagi shakllarda hamkorlik qilishga kelishib olgan:

vakolatli organlar rahbarlarining rasmiy tashriflari va ekspertlarning amaliy uchrashuvlari;

mudofaa, terroristik va ekstremistik tashkilotlar, oʻzaro manfaatli harbiy-siyosiy voqealar yoʻnalishlarida harbiy razvedka maʻʻlumotlarini oʻzaro almashish;

tomonlarning vakolatli organlarining shaxsiy tarkibi uchun tomonlar davlatlari hududlarida qoʻshma jangovar tayyorgarlik tadbirlarini oʻtkazish;

hamkorlikning boshqa shakllari.

«Maxfiy maʻʻlumotlarni almashish, foydalanish va himoya qilish maxfiy maʻʻlumotlarni oʻzaro himoya qilish toʻgʻrisidagi alohida xalqaro shartnoma asosida amalga oshiriladi, tomonlar ushbu shartnoma boʻyicha hamkorlik paytida olingan maʻʻlumotlardan uni taqdim etgan tomonning zarariga foydalanmaydilar”, deyiladi hujjatda.

Shuningdek, imzolangan shartnoma boʻyicha mamlakatlar almashadigan maʻʻlumotlar tegishli maʻʻlumotlarni taqdim etuvchi tomonning yozma roziligisiz oshkor etilishi, taqdim etilishi yoki uchinchi shaxsga berilishi mumkin emasligi taʻʻkidlangan.

“Tomonlar boshqa tomonga qarshi qaratilgan harbiy razvedka faoliyatini amalga oshirmaydi”, — deyiladi hujjatda.

Bitim tomonlardan birining “mustaqilligi, suvereniteti, hududiy yaxlitligi, jamoat tartibi yoki milliy xavfsizligiga tahdid” yuzaga kelgan taqdirda toʻxtatilishi mumkin. Agar bu sodir boʻlsa, boshqa tomon diplomatik kanallar orqali yozma ravishda xabardor qilinishi kerak.

Shartnoma 5 yilga tuzilgan.

Mavzuga aloqador