Afgʻonistonda yarim yilda 292 kishi minalardan jarohatlandi, ularning aksariyati – bolalar
Yanvarʻ-iyunʻ oylarida Afgʻonistonda 292 nafar tinch aholi mina va urush davridagi oʻq-dorilar portlashidan jarohat oldi, ulardan 256 nafari bolalardir. BMT maʻʻlumotlariga koʻra, barcha portlashlarning yarmi bolalar oʻynayotgan paytda sodir boʻlgan, yana 15 foizi metallolom yigʻish vaqtida roʻy bergan.
Yanvarʻ-iyunʻ
oylarida Afgʻonistonda 292 nafar tinch aholi mina va urush davridagi oʻq-dorilar
portlashidan jarohat oldi, ulardan 256 nafari bolalardir. Bu haqda BMTning
Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi (OCHA) X sahifasida xabar berdi.
BMT
maʻʻlumotlariga koʻra, barcha portlashlarning yarmi bolalar oʻynayotgan paytda sodir
boʻlgan, yana 15 foizi metallolom yigʻish vaqtida roʻy bergan. Olti oy davomida 211
oʻgʻil, 45 qiz, 29 erkak va 7 ayol baxtsiz hodisalar qurboni boʻldi.
Eng koʻp hodisalar
Qandahor, Hirot, Gʻazna, Kobul va Nangarhor viloyatlarida qayd etilgan.
Mamlakatning ushbu besh viloyatida 51 kishi halok boʻlgan va 67 kishi jarohatlangan.
43 yillik
fuqarolar urushi davomida oʻn minglab afgʻon tinch aholi oʻq-dorilar portlashi
oqibatida halok boʻldi yoki jarohatlandi. OCHA hisob-kitoblariga koʻra, birgina
1989 yildan beri 45 ming afgʻon yoki har oy 110 kishi minalar va boshqa urush
qoldiqlari qurboni boʻlgan.