24.07.2024 07:49

Isroil Falastindagi 9 oylik qatliom urushida nimalarni yoʻqotdi?

Isroilning Falastinda 2023 yil 7 oktyabrdan buyon davom ettirayotgan qirgʻinbarot urushida nimalarni yoʻqotdi? Urushdan aziyat chekayotgan, qurbon berayotganlar faqat Falastin tomonimi – 9 oyda Isroilning yoʻqotishlari.

▪️Oktyabrdan dekabrgacha deyarli yarim million isroillik yahudiy davlatini tark etdi.

▪️Isroilning rasmiy maʻʻlumotlariga koʻra, 2023 yil 7 oktyabrda boshlangan Gʻazo mojarosidan buyon kamida 683 nafar isroillik askar halok boʻlgan va 4100 dan ortigi yaralangan.

▪️Isroil yalpi ichki mahsuloti (YaIM) 2023 yilning oktyabrʻ oyidan dekabrigacha qariyb 20 foizga qisqardi.

▪️Taxminan 46 000 Isroil korxonasi yopildi. 2024 yil oxirigacha Isroilning yana 60 ming korxonasi yopilishi mumkin.

▪️2023 yilning oxirgi choragida Isroildan tovar va xizmatlar eksporti 18 foizga qisqardi. Yil davomida eksport 2,2 foizga kamaydi. Joriy yilning birinchi choragida eksport hajmi oʻtgan chorakka nisbatan 5,5 foizga, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan esa 26 foizga kamaydi.

▪️2024 yilda Isroil byudjeti taqchilligi YaIMning 6,6 foizini, qarz esa YaIMning 67 foizini tashkil qilishi kutilmoqda.

▪️Isroilda turizm ham amalda toʻxtadi. Kelgan sayyohlar soni 76 foizga kamaydi.

▪️Isroilning urushdan oldingi eng gavjum porti boʻlgan Eylat porti Yaman husiylarining Qizil dengizdagi hujumlari natijasida tijorat faoliyati yoʻqligi sababli bankrot deb eʻʻlon qilindi.

▪️Iqtisodchilar Isroilda chuqur iqtisodiy inqiroz yoki hatto qulashi haqida ogohlantirmoqda va baʻʻzi xalqaro kredit reyting kompaniyalari allaqachon mamlakat reytingini va iqtisodiy oʻsish prognozini pasaytirgan.

Va bular faqat kichik bir qism...

Mavzuga aloqador