Britaniya armiyasi rahbari uch yil ichida urushga tayyorgarlik koʻrishga chaqirdi
Britaniya Qurolli Kuchlari qoʻmondoni general Roland Uoker kelgusi uch yil ichida urushga tayyorgarlik koʻrish, 2027 yilgacha britan armiyasining jangovar qobiliyatini ikki barobarga oshirish zarurligini taʻʻkidladi. Uning fikricha, Rossiya, Eron va Xitoy Britaniyaga xavf tugʻdirishi mumkin. “Urush muqarrar emas, ammo mojaroga tayyorgarlik koʻrish va uning oldini olish uchun vaqt etarli”, dedi qoʻmondon.
Britaniya
armiyasi uch yil ichida urushga tayyor boʻlishi kerak. BBC xabariga koʻra, bu
haqda qurolli kuchlar qoʻmondoni general ser Roland Uoker bayonot bergan.
Uning fikricha, urush muqarrar emas, ammo armiya mojaroga
tayyorgarlik koʻrishi va
uning oldini olishi uchun "etarli vaqt" bor. Qoʻmondon 2027 yilgacha
armiyaning jangovar qobiliyatini ikki baravarga, oʻn yillik
oxirigacha esa uch
baravar oshirishni tayyorgarlikning asosi deb atadi.
Britaniya
yaqin yillarda duch keladigan asosiy tahdidlar qatorida mojaro oqibati qanday
boʻlishidan qatʻʻi nazar, Ukrainani qoʻllab-quvvatlagani uchun Gʻarb davlatlaridan oʻch
olishni istashi mumkin boʻlgan «gʻazablangan» Rossiya ham bor.
“Bu qanday tugashi muhim emas. Oʻylaymanki, Rossiya bu urushdan
kuchsizroq, xolisona yoki mutlaqo chiqadi, lekin, baribir, oʻta xavfli boʻlib qoladi va Ukrainaga
qilgan yordamimiz uchun qandaydir qasos olishga intiladi”, — dedi general.
U, shuningdek, Xitoy Tayvan ustidan nazoratni qoʻlga kiritishni
maqsad qilgani va Eron yadro quroliga ega boʻlishga intilayotgani haqida ogohlantirdi.
Uning soʻzlariga koʻra, bu davlatlar oʻzaro biznes aloqalarini oʻrnatgan, qurol va
texnologiyalar almashgan.
Uoker, shuningdek, rasmiylardan qoʻshimcha mablagʻ talab qilib, armiyani modernizatsiya
qilish va sunʻʻiy intellekt kabi yangi texnologiyalarga eʻʻtibor qaratishga chaqirdi.
Unga koʻra, Britaniya armiyasi oʻzidan uch baravar kattaroq dushmanni yoʻq qila olishi
kerak.
Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligining soʻnggi maʻʻlumotlariga
koʻra, Britaniya armiyasining muntazam kuchlarida 75 325 kishi bor. Britaniya mudofaa
departamenti rahbari Jon Xili qurolli kuchlarning hozirgi holatini «vayrona» deb
taʻʻrifladi.
Amerika urushni oʻrganish instituti (ISW) maʻʻlumotlariga
koʻra, Putin uzoq muddatda NATO bilan keng koʻlamli urushga hozirlik koʻrmoqda.
Tahlilchilarning fikricha, qoʻshinlar sonining koʻpayishi, harbiy iqtisodiyotga oʻtish
va Rossiyaning harbiy-maʻʻmuriy boʻlinishini isloh qilish bunga dalolat qiladi. Xususan, mamlakatda gʻarbiy
yoʻnalishda kuchlarni jamlashga qodir boʻlgan Moskva va Leningrad harbiy okruglari
qayta tiklangan.
Avvalroq Pentagon rahbari Lloyd Ostin Ukrainaning magʻlubiyati
Rossiya va NATO oʻrtasida urushga olib kelishidan ogohlantirgan hamda Putin “qoʻshnilarining suveren
hududini tortib olishga” urinishda «toʻxtamasligini» taʻʻkidlagan edi. Britaniya,
Daniya, Norvegiya, Niderlandiya, Shvetsiya, Germaniya, Chexiya, Belʻgiya va Estoniya armiya
qoʻmondonlari hamda
mudofaa vazirlari ham bu fikrga qoʻshilishdi.
Putinning oʻzi bu kabi bayonotlarni «bemaʻʻnilik» deb atadi.
"Bu Rossiya yoʻnalishidagi notoʻgʻri siyosatni oqlash yoʻlidagi shunchaki soʻz", deb, Rossiyaning NATOga qarshi
kurashda "hech qanday asosi va manfaatdorligi" yoʻqligini taʻʻkidladi.