23.07.2024 13:35

Efiopiyadagi koʻchkida kamida 157 kishi halok boʻldi

Efiopiya janubida kuchli yogʻingarchiliklar sababli roʻy bergan koʻchkilarda halok boʻlganlar soni kamida 157 nafarga etdi. 21 iyulʻ kuni roʻy bergan koʻchkidan halok boʻlganlarni qutqarishga yigʻilganlarning koʻpchiligi ikkinchi koʻchki ostida qolib halok boʻlgan. Qurbonlar orasida ayollar va bolalar bor.

Efiopiya janubida sodir boʻlgan koʻchkilar oqibatida ikki qishloqdan kamida 157 kishi halok boʻldi. Koʻchkilar 21 iyulʻ kuni kechqurun va 22 iyulʻ kuni ertalab Gofa zonasining olis togʻli hududida kuchli yomgʻirdan keyin sodir boʻlgan.

Mahalliy hokimiyat vakillarining maʻʻlum qilishicha, omon qolganlarni qidirish davom etmoqda, biroq qurbonlar soni yanada ortishi mumkin.

Gofa zonasi bosh maʻʻmuri Meskir Mitku qurbonlar orasida ayollar, bolalar va politsiyachilar borligini aytdi.

“[Dushanba kuni] ertalab mahalliy aholi, jumladan politsiyachilar birinchi koʻchkidan jabrlanganlarni qutqarish uchun maydonga yigʻildi. Soat 10:00 atrofida ikkinchi koʻchki sodir boʻlgan va u erda yigʻilganlar ham halok boʻlgan”, — dedi u.

Gofa - Janubiy Efiopiya shtatining bir qismi, poytaxt Addis-Abebadan taxminan 320 km janubi-gʻarbda joylashgan.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi (OChA) maʻʻlumotlariga koʻra, janubiy Efiopiya soʻnggi oylarda kuchli yomgʻir va toshqinlardan ayniqsa jabr koʻrgan hududlardan biridir.

Mavzuga aloqador