-
Eronning yangi saylangan prezidenti Masʻʻud Pezeshkiyanning innaguguratsiya marosimida ishtirok etish uchun Tehronga borgan HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniyaga suiqasd uyushtirildi. Haniya va uning bir tan soqchisi halok boʻldi.
-
Xalqimiz orasida qadimdan “Shohi Zinda” – “Tirik shoh” degan nom bilan mashhur boʻlgan Qusam ibn Abbos tarixning toʻzonli sahifalari oralarida qolgan, hayot yoʻli haqida koʻp ham maʻʻlumot mavjud boʻlmagan sahobiydir. Holbuki, u paygʻambar(s.a.v.)ning yaqinlaridan boʻlib, qabri bizning zaminimizda, Samarqandda joylashganligi koʻpchilikka maʻʻlum. Shuning uchun ham xalq orasida bu zot bilan bogʻliq afsonalar yuradi. Shu sababli biz bugungi maqolada mazkur sahobiy haqida manbalardagi bor fikrlar va dalillar asosida baholi qudrat maʻʻlumot berishni lozim topdik.
-
Urushning dastlabki oylarida halok boʻlganlar soni faqatgina kasalxonalarga kelgan jasadlarni sanash hamda qurbonlarning ismi va pasport raqamlarini oʻz ichiga olgan maʻʻlumotlar orqali hisoblangan. Mojaro davom etar ekan, kasalxona va oʻlikxonalarning aksari ishdan chiqqani sababli, rasmiylar boshqa usullarni ham qoʻllashga majbur boʻlishdi.
-
Tolibon hukumati Afgʻonistonning Gʻarb mamlakatlaridagi sobiq maʻʻmuriyatga sodiq qolayotgan bir qator elchixonalari bilan konsullik aloqalarini uzganini maʻʻlum qildi. Hozircha hech bir davlat 2021 yildan buyon mamlakatni boshqarib kelayotgan Tolibon hukumatini rasman tan olgani yoʻq, biroq soʻnggi uch yil ichida Kobul ayrim qoʻshni davlatlardagi elchixonalarga oʻz elchilarini tayinladi.
-
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 298 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
-
Qirgʻiziston va Tojikiston davlat chegarasidagi 90 foizdan ortiq bahsli uchastkalar boʻyicha kelishuvga erishdi. Qirgʻiz-Tojik davlat chegarasining umumiy uzunligi 972 kilometrni tashkil qiladi
-
Hizbulloh Livanning togʻli hududidan muvaffaqiyatli foydalangan holda qarshilik jangchilariga Isroil havo hujumlaridan yashirinishga yordam beruvchi tunnellar tarmogʻini yaratdi. Isteʻʻfodagi brigada generali Fadi Dovudning soʻzlariga koʻra, tunnellardan boshpana sifatida foydalanish va eng kutilmagan joylarda er ostidan hujum qilish ehtimoli "dushmanning barcha harbiy ustunliklarini nolga tushiradi".
-
Tojikiston Islom markazi ulamolar kengashi ayollarning tor qora liboslarni kiyshlarini taqiqlovchi fatvo chiqardi. “Jamiyat barqarorligi va xavfsizligini himoya qilish, diniy va milliy odob-axloq meʻʻyorlarini hurmat qilish maqsadida aholi madaniyatimiz, dinimiz va millatimizga yot, axloqqa toʻgʻri kelmaydigan, gʻarazli maqsadlarda targʻib qilinadigan har qanday kiyim kiyishdan oʻzini tiyishi lozim”, — deyiladi fatvoda.
-
Rossiya Davlat dumasi deputatlari RF fuqaroligini olgan xorijliklar uchun harbiy xizmat muddatini uzaytirish hamda chaqiruv yoshini oshirish taklifini ilgari surdi. Ayni paytda Rossiya Qurolli kuchlari safida xizmat qilish muddati bir yil, eng yuqori chaqiruv yoshi esa 30 yoshni tashkil etadi.
-
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻonning turk qoʻshinlari Qorabogʻ va Liviyaga kirgani kabi Isroilga ham hujum qilishi haqidagi bayonoti, isroillik tahlilchilar fikricha, xavotirli vaziyatni yuzaga keltirdi. Birinchi navbatda Turkiya ichida Isroilga qarshi choralarni kuchaytirish boʻyicha kuchli ichki bosim mavjudligi tilga olindi.