Gʻazoda halok boʻlganlar soni qanday hisoblanmoqda?
2023 yil 7 oktbyardan buyon Isroilning Gʻazoga er, havo va suvdan uyushtirgan hujumlari natijasida 39 000 dan ortiq falastinlik, asosan ayollar va bolalar halok boʻldi, qariyb 91 ming kishi jarohatlandi. Yana oʻn minglab falastinliklar vayronalar ostida qolmoqda.
Halok boʻlganlar soni qanday hisoblanadi?
Urushning dastlabki oylarida halok boʻlganlar soni
faqatgina kasalxonalarga kelgan jasadlarni sanash hamda qurbonlarning ismi va
pasport raqamlarini oʻz ichiga olgan maʻʻlumotlar orqali hisoblangan.
Mojaro davom etar ekan, kasalxona va oʻlikxonalarning
aksari ishdan chiqqani sababli, rasmiylar boshqa usullarni ham qoʻllashga majbur
boʻlishdi.
May oyidan boshlab Sogʻliqni saqlash vazirligi tanib
boʻlmaydigan jasadlarni ham umumiy halok boʻlganlar soniga qoʻshib, oʻlganlar
miqdorini yangilab bordi.
Shuningdek, oila aʻʻzolar tomonidan onlayn tarzda xabar qilingan
oʻlimlarni ham hisobga olish boshlandi.
Halok boʻlganlar soni toʻliqmi?
Sogʻliqni saqlash vazirligi maʻʻlumotlariga koʻra,
raqamlar qurbonlarning barchasini aks ettirmaydi, chunki juda koʻpchilik hali
vayronalar ostida yotibdi. May oyining oʻzida taxminan 10 000 ta oʻlim hisobga
qoʻshilmagan.
«The Lancet» tibbiyot jurnali 5 iyulda uchta
akademikning maktubini eʻʻlon qildi, unda kasallik kabi omillar tufayli kelib
chiqqan bilvosita oʻlimlar rasmiy taxminlardan bir necha barobar yuqori va ehtimol,
186 000 dan yuqori boʻlishi mumkinligi taʻʻkidlangan edi.
BMTning inson huquqlari boʻyicha idorasi va Yel jamoat
salomatligi maktabining Gumanitar tadqiqotlar laboratoriyasi ham haqiqiy
raqamlar eʻʻlon qilinganidan ancha yuqori ekanligini maʻʻlum qildi, ammo ular ham
haqiqiy raqamlarning miqdorini bilmaydi.
Halok boʻlganlar soni qanchalik ishonchli?
Urushdan avval Gʻazo aholisi statistikasi va sogʻliqni
saqlash maʻʻlumotlar tizimlari Yaqin Sharqning koʻplab mamlakatlarinikiga qaraganda
ancha kuchli va aniq ishlar edi, deydi jamoat salomatligi mutaxassislari “Reyters”ga.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti muntazam ravishda
vazirlikning halok boʻlganlar soni haqidagi raqamlaridan iqtibos keltiradi va
manba sifatida aynan vazirlikni koʻrsatadi, Jahon Sogʻliqni Saqlash Tashkiloti esa
ularga bu borada toʻliq ishonch bildirgan.
Urush boshida, AQSh prezidenti Jo Bayden halok boʻlganlar
soni haqidagi raqamlarga shubha bildirganidan soʻng Gʻazo Sogʻliqni saqlash
vazirligi oʻsha paytgacha roʻyxatga olingan 7 028 ta oʻlimning batafsil roʻyxatini
eʻʻlon qildi. 24 iyulda esa iyunʻ oyining oxirigacha aniqlangan 28 185 ta
qurbonning ismlaridan iborat yangi roʻyxatni eʻʻlon qildi.
Falastin Sogʻliqni Saqlash vazirligi mojaroning
aksariyat qismida halok boʻlganlarning taxminan 70 foizi ayollar va bolalar
ekanligini taxmin qilmoqda.