Tolibon Afgʻonistonning sobiq hukumatiga sodiq elchixonalari bilan aloqalarini uzdi
Tolibon hukumati Kobul Gʻarb mamlakatlaridagi Afgʻonistonning sobiq maʻʻmuriyatiga sodiq qolayotgan bir qator elchixonalari bilan konsullik aloqalarini uzganini maʻʻlum qildi.
Tolibon
2021 yili Afgʻoniston boshqaruvini qoʻlga olgach, ayoim xorijiy vakolatxonalarda
xizmat qilayotgan diplomatlar sobiq hukumatga xizmat qilishda davom etishga vaʻʻda
berib, noaniq vaziyatga tushib qolgandi.
Hozircha
hech bir davlat Tolibon hukumatini rasman tan olgani yoʻq, biroq soʻnggi uch yil
ichida Kobul rasmiylari qoʻshni ayrim elchixonalarga oʻz elchilarini tayinladi.
Ammo
seshanba kuni Afgʻoniston Tashqi ishlar vazirligi Kobulning yangi hukumati talablariga
mos kelmaydigan ishonchnomalar, pasport va vizalar uchun “masʻʻul emasligini” maʻʻlum
qildi.
Xususan,
mamlakatning London va Berlindagi, shuningdek Belʻgiya, Shveytsariya, Avstriya, Frantsiya,
Italiya, Gretsiya, Polʻsha,
Shvetsiya, Norvegiya, Kanada va Avstraliya kabi mamlakatlardagi elchixonalari bilan aloqalar rasman uzilgan.
“Tashqi ishlar vazirligi bir necha bor Afgʻonistonning Evropa
mamlakatlaridagi siyosiy va konsullik vakolatxonalarini Kobul bilan aloqa
oʻrnatishga chaqirgan, — deyiladi bayonotda.
—Afsuski, aksariyat missiyalarning harakatlari
oʻzboshimchalik bilan, muvofiqlashtirilmasdan va mavjud umumeʻʻtirof etilgan tamoyillarni aniq
buzgan holda amalga oshirilmoqda".
Bayonotda
aytilishicha, xorijda yashayotgan afgʻonlar Afgʻoniston Islom Amirligi bilan bogʻliq
missiyalar bilan shugʻullanishlari kerak.
Ayni
paytda Pokiston, Xitoy va Rossiyadagi Afgʻoniston elchixonalari Tolibon hukumati
buyrugʻi bilan faoliyat yuritmoqda.
Kobul
bilan aloqasi uzilgan elchixonalar ogʻir moliyaviy ahvolga tushib qolgan, ular
asosan konsullik yigʻimlariga ishonib, xodimlarning maoshi, ijara haqi va
toʻlovlarni toʻlashmoqda. Ushbu daromadlarsiz ularning faoliyat yuritishi qiyin
boʻladi.