30.07.2024 10:40
Tojikiston ulamolari “qora rangdan saqlanishga” chaqirdi
Tojikiston Islom markazi Ulamolar kengashi tor qora kiyim kiyishni taqiqlovchi fatvo chiqardi.
Tojikiston aholisi tor qora kiyim kiymasliklari kerak. Bu haqda Tojikiston Islom markazi Ulamolar kengashi tomonidan 26 iyulʻ kuni chiqarilgan “Milliy kiyim toʻgʻrisida” fatvoda aytilgan. Hujjatga koʻra, fatvo berishda ulamolar hanafiy huquqiy mazhabi qoidalariga tayangan.
“Dinimiz nuqtai nazaridan qora rang majburiy boʻlmagani, milliy xususiyatlarimiz va geografik sharoitimizga ham toʻgʻri kelmagani sababli ayollarning tor va qora kiyimlari, shoyi va tana aʻʻzolarini koʻrsatadigan boshqa liboslarni kiyishlari tavsiya etilmaydi”, deyiladi fatvoda.
Ulamolarga koʻra, ayollar "tojik ayollari qadimdan kiyib kelgan" roʻmol, koʻylak va shalvarlarni kiyib yurishlari lozim.
“Jamiyat barqarorligi va xavfsizligini himoya qilish, diniy va milliy odob-axloq meʻʻyorlarini hurmat qilish maqsadida aholi madaniyatimiz, dinimiz va millatimizga yot, axloqqa toʻgʻri kelmaydigan, gʻarazli maqsadlarda targʻib qilinadigan har qanday kiyim kiyishdan oʻzini tiyishi lozim”, — deyiladi fatvoda.
Tojikiston ulamolari islomda kiyimning bichimi yoki rangi boʻyicha hech qanday cheklovlar yoʻqligini taʻʻkidlamoqda. Turli xil rangdagi va rang kombinatsiyasidagi kiyimlarni kiyish maqbuldir, ammo "qora rangdan qochish kerak". Bundan tashqari, tor yoki ochiq kiyim kiyish ham tavsiya etilmaydi.
Avvalroq mamlakat prezidenti Emomali Rahmon satr va hijob – musulmon ayollar uchun bosh va boʻynini yopuvchi roʻmolni tojiklar uchun begona, deb atagan edi. Iyunʻ oyida esa Tojikiston prezidenti islomiy bayramlarda “begona kiyimlar” kiyishni va bolalarning bayramlarni nishonlashlarini taqiqlovchi qonunlarni imzolagan edi.
Maʻʻlumot uchun, Tojikistonda qora rangli diniy liboslarni olib kirish, sotish va jamoat joylarida kiyish uchun jarima belgilangan. Taqiqni buzgan shaxslar 7920 somoniy yoki 733 dollar, mansabdor shaxslar esa 39600 somoniy yoki 3668 dollar jarimaga tortilishi mumkin.