Bombalanayotgan Gʻazo: 298-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 298 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar Xon Yunis va Gʻazo shahriga hujum
qildi. Urush boshlanganidan buyon 39363 kishi shahid boʻldi. 90 923 kishi
jarohatlandi.
▪️Isroil ishgʻol kuchlari, kecha kechqurun va seshanba
kuni ertalab ishgʻol qilingan Gʻarbiy Sohilning turli hududlaridan kamida 15 nafar
falastinlikni qoʻlga oldi. Gʻarbiy Sohildagi hibsga olinganlar soni 2023
yil 7 oktyabrdan boshlab taxminan 9870 ga oshdi.
▪️Hizbulloh Kiryat Shmona aholi
punktlariga Katyusha raketa hujumlarini uyushtirdi, yongʻin 6 soatdan koʻproq vaqt
davomida oʻchirildi.
▪️Isroil ishgʻol kuchlari Xon Yunis sharqidan olib chiqib ketilgandan keyin aholi oʻz uylari va ularning
vayronalariga qaytishni boshladi.
▪️1200
nafar bosqinchi Sde Teman qamoqxonasida falastinlik mahbuslarni qiynoqqa solish
va zoʻrlashda gumon qilinayotgan 9 nafar isroillik nazoratchi hibsga olingan Beyt
Lid bazasiga bostirib kirib, mahbuslar ozod etilishini talab qildi.
▪️HAMAS: Sde Teyman qamoqxonasida mahbuslarga nisbatan sodir etilayotgan
shafqatsiz qonunbuzarliklar insoniy qadriyatlarga qarshi boʻlgan qallob
bosqinchilarning tabiatini tasdiqlaydi.
▪️Bosqinchi armiya Beyt Lid bazasini himoya qilish uchun Nahal
brigadasini Gʻazodan olib chiqdi.
▪️Gʻazo Sogʻliqni saqlash vazirligi Falastin anklavida
poliomielit epidemiyasi haqida eʻʻlon qildi.
▪️HAMAS
siyosiy byurosi raisi Ismoil Haniya boshchiligidagi harakatning yuqori martabali delegatsiyasi
Eronning yangi
prezidenti Masʻʻud Pezshkyanning inauguratsiya marosimida ishtirok etish uchun ushbu mamlakatga tashrif buyurdi.