30.07.2024 09:24

Rossiya fuqaroligini olganlar uchun harbiy xizmat muddati oshirilishi mumkin

Rossiya Davlat dumasi deputatlari RF fuqaroligini olgan xorijliklar uchun harbiy xizmat muddatini uzaytirish hamda chaqiruv yoshini oshirish taklifini ilgari surdi. Ayni paytda Rossiya Qurolli kuchlari safida xizmat qilish muddati bir yil, eng yuqori chaqiruv yoshi esa 30 yoshni tashkil etadi.

Davlat dumasi Rossiya pasportini olgan xorijliklarning harbiy xizmat muddatini oshirish tashabbusini ilgari surdi.

Davlat dumasi Rossiya pasportini olgan xorijliklarning harbiy xizmat muddatini oshirish tashabbusini ilgari surdi, deb xabar berdi lenta.ru nashri. Shuningdek, yangi fuqarolar uchun chaqiruv yoshini uzaytirish ham taklif qilinmoqda.

Davlat Dumasi matbuot xizmati Rossiya fuqaroligini olganlar uchun chaqiruv yoshini qanchaga oshirish taklif qilinayotganiga aniqlik kiritmadi. Avvalroq LDPR va “Yagona Rossiya” partiyasidan bir guruh deputatlar fuqarolikka ega boʻlganlar uchun harbiy xizmatga chaqirilish yoshini 50 yoshga koʻtarishni taklif qilgan edi, biroq tanqidlardan soʻng Davlat Dumasi spikeri Vyacheslav Volodin qonun loyihasini parlamentdan qaytarib oldi.

Rossiya qonunchiligiga koʻra, Rossiya fuqaroligini olgan chet el fuqarosi yashash joyida roʻyxatdan oʻtgan kundan boshlab ikki hafta ichida harbiy xizmatga roʻyxatdan oʻtishi kerak.

Rossiya fuqarolari uchun harbiy xizmatga chaqirilishning maksimal yoshi 30 yosh. 2008 yildan beri Rossiya Federatsiyasi fuqarolari uchun armiyadagi harbiy xizmat muddati 12 oy.

Iyunʻ oyida Rossiya Tergov qoʻmitasi rahbari Aleksandr Bastrikin RF pasportini olgan 10 mingga yaqin muhojir Ukrainadagi “harbiy maxsus operatsiya” zonasiga joʻnatilganini maʻʻlum qilgan edi. Uning taʻʻkidlashicha, migrantlarni mehnatga jalb qilishda milliy xavfsizlik masalalari eʻʻtiborga olinishi kerak.

Deputatlar tegishli tuzatishlarni 4 avgustda yakunlanadigan bahorgi sessiya yakuniga qadar koʻrib chiqishni rejalashtirmoqda.

Mavzuga aloqador