Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 307 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

▪️Bosqinchilar Jabaliya lageri, Xon Yunis va Gʻazo markazidagi uylar va odamlar boʻlgan chodirlarga hujum qildi. 24 soat ichida 27 kishi shahid boʻldi. 

 ▪️Gʻarbiy Sohilda ishgʻolchilar Balat, Nablus, Jenin va Xalil lagerlariga bostirib kirdi. 4 kishi jarohatlangan.

 ▪️Al-Qassam brigadalari Xon Yunis shahri sharqida piyoda ishgʻol otryadini yoʻq qildi. 

 ▪️Husiylar Qizil dengizda 3 ta kemaga hujum qilishdi: AQShning ikkita USS Cole va USS Lassen esminetslari va Contship Ono savdo kemasiga.

 ▪️Turkiya Janubiy Afrika Respublikasining Xalqaro sudga kiritgan Isroilning Gʻazo aholisini genotsid qilishiga qarshi daʻʻvosiga rasman qoʻshildi.

 ▪️Britaniya tashqi ishlar vaziri Gʻazo boʻyicha: Tinch aholini ataylab ochlikdan oʻldirish urush jinoyati hisoblanadi.

 ▪️Gʻazo urushi boshlanganidan buyon Evropaning 605 shahrida Falastinni qoʻllab-quvvatlovchi 22 ming namoyish boʻlib oʻtdi.

Mavzuga aloqador