08.08.2024 17:20

Rossiyaning Kursk viloyatida uch kundirki janglar davom etmoqda

Rossiya Federatsiyasining Ukraina bilan chegaradosh Kursk viloyatida uch kundan buyon janglar davom etmoqda. Amerika urushni oʻrganish instituti (ISW) oʻz hisobotida yozishicha, turli manbalarga koʻra, Ukraina qoʻshinlari allaqachon Kursk viloyatida Rossiya ichkarisiga qarab 10 kilometr siljigan boʻlishi mumkin.

 

Kursk viloyatida uchinchi kundirki janglar davom etmoqda. Rossiya Mudofaa vazirligi 8 avgustga oʻtar kechasi va ertalab havo hujumidan mudofaa tizimlari Kursk viloyati osmonida oltita uchuvchisiz uchoq va beshta raketani yoʻq qilganini bildirdi. Vazirlik maʻʻlumotlariga koʻra, yana 14 ta dron Belgorod viloyati uzra urib tushirilgan.

Amerika urushni oʻrganish instituti (ISW) oʻz hisobotida yozishicha, turli manbalarga koʻra, Ukraina qoʻshinlari allaqachon Kursk viloyatida Rossiya ichkarisiga qarab 10 kilometr siljigan boʻlishi mumkin. RF Mudofaa vazirligiga aloqador "Rybarʻ" Telegram-kanali maʻʻlumotlariga koʻra, Ukraina harbiylari Sudjaning gʻarbiy yarmini egallab olgan va hozirda toʻgʻon hududi boʻylab jangovar aloqa chizigʻi oʻtmoqda (bu pasttekislik boʻlib, u orqali Sudja kichik daryosi oqib oʻtadi). Qayd etilishicha, Rossiya tomonidan bu hudud asosan “mahalliy militsiya boʻlinmalari” tomonidan himoya qilinadi.

Kanal, shuningdek, hozirda "Ukraina qoʻshinlari soni, yoʻnalishdagi harbiy texnika zaxiralari va dushmanning harbiy salohiyati tugamaganini" daʻʻvo qilmoqda. Rossiyaning "Dva mayora" telegram-kanalida "vaziyat murakkab" va dushman "ilgari taxmin qilinganidan koʻra kattaroq kuchlardan" foydalanayotgani yozildi.

Oʻz navbatida, Oq uy ukrainalik harbiylar bilan bogʻlanib, ularning Kursk viloyatiga hujumdagi maqsadlari haqida soʻrash niyatida, dedi Oq uy matbuot kotibi Karine Jan-Per.

"Biz ukrainalik harbiylardan maqsadlari haqida koʻproq bilishni soʻraymiz. Xususiyatlarga kelsak, ukrainaliklardan oʻzlarining harbiy amaliyotlari haqida gapirishlarini soʻragan boʻlardim", - dedi u. Uning qoʻshimcha qilishicha, Vashington Kievni qoʻllab-quvvatlashda davom etadi.

Eslatib oʻtamiz, Kursk viloyatida 6 avgust kuni ertalabdan beri janglar davom etmoqda. Ertasi kuni Rossiya Bosh shtabi rahbari Valeriy Gerasimov mintaqa ming nafargacha boʻlgan Ukraina kuchlari tomonidan hujumga uchraganini maʻʻlum qildi. 7 avgust kuni u Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Ukraina qoʻshinlarining mintaqada yurishi toʻxtatilgani haqida hisobot bergan. Biroq Telegram kanallar buning aksini daʻʻvo qilmoqda. Putin, oʻz navbatida, Kursk viloyatida sodir boʻlayotgan voqealarni “yana bir keng koʻlamli provokatsiya” deb atadi.

Hududda favqulodda holat eʻʻlon qilingan, mahalliy aholi evakuatsiya qilinmoqda. Sogʻliqni saqlash vazirligi maʻʻlumotlariga koʻra, hujum oqibatida 31 kishi tan jarohati olgan. Kursk hukumati besh kishining oʻlimi haqida xabar berdi.

Ukraina tomoni Kursk viloyatidagi voqealarga rasman izoh bermadi.

Mavzuga aloqador