Mirziyoev va Toqaev Transkaspiy yoʻlagi va Transafgʻon temir yoʻlini muhokama qildi
Shavkat Mirziyoev va Qosim-Jomart Toqaev Ostonada yuk tashish hajmini oshirish uchun sharoitlar yaratish, avtomobilʻ va temir yoʻllarini qurish hamda modernizatsiya qilishni jadallashtirishni muhokama qildi. Transkaspiy yoʻlagi va «Shimol-Janub» koridoridan samarali foydalanish hamda chegarada yangi oʻtkazish punktlarini ochish masalalari ham koʻrib chiqildi.
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev va Qozogʻiston prezidenti
Qosim-Jomart Toqaev Ostonada
Ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda boʻlib oʻtgan
muzokaralar yakunlariga izoh berdi, deb xabar qildi Oʻzbekiston rahbari matbuot
xizmati.
«Biz koʻp qirrali munosabatlarimizda yangi sahifa ochdik —
Davlatlararo oliy kengashning birinchi majlisini oʻtkazdik. Ushbu format davlatlararo
hamkorlikning eng yuqori darajasining ifodasi boʻlib, mamlakatlarimiz va
xalqlarimizning yaqin aloqalari, ularning barcha yoʻnalishlarda hamkorlikni
mustahkamlashga qatʻʻiy intilishini yaqqol namoyon etadi», — dedi Oʻzbekiston
prezidenti.
Muzokaralar chogʻida parlamentlarning ikki palatasi ishtirokida
Parlamentlararo forum tashkil etish masalasi koʻrib chiqildi.
Savdo, sanoat kooperatsiyasi, energetika, transport, qishloq va
suv xoʻjaligi, madaniyat sohalaridagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish boʻyicha aniq
kelishuvlarga erishildi. Yuk tashish hajmini oshirish uchun maksimal darajada qulay
shart-sharoitlarni yaratish, avtomobilʻ va temir yoʻllarni qurish va modernizatsiya
qilishni jadallashtirish boʻyicha aniq chora-tadbirlar muhokama qilindi.
«Biz Transkaspiy yoʻnalishi va „Shimol-Janub“ koridoridan
samarali foydalanish masalalarini koʻrib chiqdik, Transafgʻon temiryoʻli qurilishi
doirasida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashdik. Chegarada yangi
nazorat-oʻtkazish punktlarini ochish masalasi ishlab chiqildi», — dedi Qozogʻiston
prezidenti.
Yana bir strategik yoʻnalish — oziq-ovqat xavfsizligini
taʻʻminlash. Ikki mamlakat hududida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini etishtirish va
etkazib berish boʻyicha aniq kelishuvlarga erishildi.
Suvdan foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilish sohalarida
hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari belgilab olindi. Tomonlar transchegaraviy suv
resurslaridan birgalikda foydalanish masalalarida yaqin hamkorlikni davom
ettirishga kelishib oldi.
Yakunda Shavkat Mirziyoev davlat tashrifi yakunlari va erishilgan
kelishuvlar Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik,
strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini har tomonlama mustahkamlashga
xizmat qilishiga ishonch bildirdi.